29
IV BOB. INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGINI BAHOLASH
4.1. Investitsiyaning qoplanish muddati
Investitsiyaning qoplanish muddati dastlabki investitsiyaning qoplanishi
mumkin bo’lgan kutilayotgan yillar soni sifatida aniqlanadi.
Investitsiyaning
qoplanish muddatini hisoblash algoritmi investitsiyadan ko’riladigan ya’ni ko’zda
tutilgan daromadlarning teng taqsimlanishiga bog’liq. Agar, daromad yillar
bo’yicha teng taqsimlangan bo’lsa qoplanish muddati bir xil vaqtdagi harajatlarni
yillik daromad miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Agar foyda bir tekis
taqsimlanmagan bo’lsa, qoplanish muddati to’g’ridan - to’g’ri investitsiya
kumulyativ daromadlar hisobiga qoplanishi mumkin bo’lgan yillar soni bo’yicha
hisoblanadi.
1-jadval
Hisoblash tartibini ko’rsatish uchun jadvaldagi
S va L loyihalari
ma’lumotlari foydalaniladi.
Yillar
S loyihasi
L loyihasi
0.
-10000
-10000
1.
5500
1600
3.
4500
1700
4.
2500
4500
5.
1000
5500
Misoldagi ma’lumotlarda ko’rinib turibdiki, har
bir loyihaning qoplanish
muddati har xil ko’rsatkichga ega. S loyihasi uchun qoplanish muddati 2,0 yilga
teng, L loyihasi uchun qoplanish muddati 3,6 yilga teng.
Agar kompaniyada qoplanish muddati ikki yilga cheklangan bo’lsa S
loyihasi qabul qilinadi. Agar loyihalar alternativ bo’lsa,
S loyihasi L loyihasiga
nisbatan ma’qul tushadi, chunki S loyihasi dastlabki investitsion harajatlarining
qoplanish muddati juda qisqa.
Do'stlaringiz bilan baham: