Karlibayeva guljaxan ermekbayevna


Download 434.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi434.35 Kb.
#190457
1   2   3   4
Bog'liq
fizikani o'qitish

течение  всей  жизни» degan ibora, go‘yoki o‘ziga xos yangilik 

sifatida qabul qilinib, ushbu shiorni ko‘p vaqtlarda epigraf sifatida 

foydalanishmoqda. Vaholanki, bu kabi g‘oyalar taniqli mutafak-

kirlarimiz tomonidan bir necha yuz yillar oldin ta’lim jarayonida katta 

muvaffaqiyat bilan foydalanib kelingan. Demak, nafaqat ma’lumotlar 

hajmining vaqt o‘tishi bilan keskin ortishi va tez eskirib qolishi, balki 

komil inson bo‘lishi uchun ham o‘quvchi yoshlar butun hayoti 

davomida bilim olishlari, o‘z bilimlarini mudom boyitib borishlari, 

ularni yangilab turishlari mustaqil ta’lim olish malaka va ko‘nikmalari 

bilan belgilanadi. Fizika o‘qitish uslubiyotining samarali bo‘lishi 

nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak fizikani o‘quvchiga qayta 

o‘rgatish emas, balki o‘rgatishni uzul - kesil nihoyasiga to‘liq 

yetkazmaslikni, kelajakda uning yana davom ettirilishini afzal ko‘radi. 

Demak, fizika o‘qituvchisining uslubiy tayyorgarligi va o‘qitish 

uslubiyotining samaradorligida ushbu jihat ustuvor hisoblanadi. 

Globallashgan sharoitda o‘rganiladigan o‘quv uslubiy fanlarning  

o‘zaro aloqadorligi (hamkorligi) o‘ta zarur hisoblanadi. «Yolg‘iz 

otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas» 

deganlaridek, bugungi kunda ayni bir fan doirasida istalgan bir voqea 

yoki hodisani to‘laqonli tushuntirib berish imkoniyati ko‘p hollarda 

o‘z kuchini yo‘qotmoqda. Shu bois integrativ yondashuv zamonaviy 

ta’lim tizimida muhim rol o‘ynamoqda. Tabiatshunoslik fanining 

yuzaga kelishi konsepsiyasi ham ushbu yondashuv bilan tushuntiriladi 

desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qissadan hissa shuki, bakalavrlarning fizikadan 

chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari bilan birga ular fizika 

o‘qitish metodikasining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni o‘qitishda axborot 

hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirish, 

bakalavrlarning o‘quvchi yoshlar bilan ishlashi jarayonida ularning 

yetarli darajada bilim olishlariga qiziqish uyg‘otish yo‘llarini aniqlash, 

yoshlarga mustaqil bilim olishning samarali yo‘llarini o‘rgatish, 

shuningdek, fizik bilimlarni nazorat qilish va hisobga olish kabi 

ko‘plab masalalar uslubiy tayyorgarlikda o‘z aksini topishi lozim. 

Biz bu yerda bakalavr darajasidagi fizika o‘qituvchisining 

uslubiy tayyorgarligidagi o‘ziga xosliklarning ba’zi masalalariga 

to‘xtaldik xalos. Ma’ruza jarayonida fizika o‘qitish samaradorligini 



Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 

https://kitobxon.com/oz/asar/89

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 

https://kitobxon.com/uz/asar/89

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/89



Download 434.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling