Karmana tuman Alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan


Download 480.99 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi480.99 Kb.
#1412141
Bog'liq
ochiq dars eshitish Sadoqat


Karmana tuman
Alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan

  1. sonli maktab-internat eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish fani o`qituvchisi Jo`rayeva Sadoqatning 3-sinf o`quvchisi uchun bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi

17. 11. 2022 yil.


Fan nomi: Eshitishni idrokini rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish
Sinf: 3-“A”
O’quvchi: Davronov Shaxruz Eshitish darajasi: O`ng quloq-II dar. Chap quloq-III dar.
Mavzu: “S” va “Sh” tovushlarini farqlash
Darsning maqsad va vazifaliri.
Ta’limiy: O’quvchini tovushlarni to’g’ri va nuqsonsiz talaffuz qilishga o’rgatish. Doimiy talaffuz ko’nikmasi va malakasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Maktab jihozlarini asrab-avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchini lug’at boyligini rivojlantirish, so`zlarni ma’no jihatdan to`g’ri qo`llashga o’rgatish.
Korreksion: O’quvchini nutqiy nafasdan to’g’ri foydalanishga o’rgatish, ovoz tempini meyorida saqlash, nutqida uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish. Eshitish qobilyatini rivojlantirish.
Dars uslubi: o’rgatish, savol-javob, suhbat.
Dars jihozi: rangli rasmlar, tasmalar, ko’rgazmali albom.

K I R I SH

  1. Tashkiliy qism:

  • Salomlashish.

  • Hozir darsimiz nima?

  • Eshitish darsida nimani o’rganamiz?

  • Bugun nechanchi sana?

Talaffuz qismi:

Nafas-ovoz mashqlari.
Ta`limiy : O`quvchiga “S” va “Sh” tovushini farqlatish
Hozir sen bilan nafas ovoz mashqlarini bajaramiz.
Bir nafasda savollarga javob ber

  • Hozir qaysi fasl?

  • Hozir kuz fasli.

Kuz faslida qanday mevalar pishadi?



OLMA





UZUM


NOK
-Endi sabzavotlar nomini baland, past ovozda talaffuz qil.
-sabzi, PIYOZ, kartoshka .
-Qanday kasblarni bilasan?
-Shifokor, o`qituvchi, tikuvchi
-sen bilan o`tgan darsda “S” tovushini tuzatgan edik. Hozir “S” va “Sh” tovushini farqlaymiz.
S tovushini artikulyatsiyasi.

Mashq.So'zlarni S tovushi bilan aniq talaffuz qiling (bo'g'inda stress bilan).
Sobir, Sarvar, bolalar bog'chasi, salto, sambo, sana, chana, soda, soy, savat, bas.
Didaktik o`yin.
Bo`g`inlardan so`zlar yasaymiz.
Bu yerda “S” va “Sh” tovushi ishtirok etgan ochiq va yopiq bo`g`inlar va rasmlar berilgan. Shulardan mosini topib, rasmlarni nomlaymiz.

Sa-savat
So-Soliha
Su-sumalak
Si – sirli
Sa-Sha-
So- Sho-
Su-Shu-
S i-Shi-

Sholg`om, shakar, shirin, shuhrat, sho`r
O`zing “Sh” tovushi ishtirok etgan so`zlarni o`ylab top va yoz:
Shox, shabada, sho`rva, shom,
S hu so`zlar yordamida gaplar tuzamiz.
-Iltimos menga sho`rva bering.
Men xonamni shamollatdim.
ESHITISH qismi

“Tug`ilgan kun” mavzusiga oid lug`at so`zlarni eshitib, farqlash, savol-jabob tashkil etish.
1. Sening tug`ilgan kuning qachon?
-Mening tug`ilgan kunim 8- dekabr.
2. Sen nechanchi yilda tug`ilgansan?
3. Yoshing nechada?
4. Otangni ismi nima?
5. Onangni ismi nima?
6. Ukangni ismi nima?
7. Tug`ilgan kuningda senga nima sovg`a qilishdi?
Endi sen bilan xotirani mustahkamlash uchun “Nima yo`q ?” Oyinini o`ynaymiz.
Qaldirg`och, qalam, bulbul…




Download 480.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling