Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet1/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Сахройи



KAROMATOV AKBAR

Sahroyi



«MALIK PRINT CO»
Toshkent – 2021
Karomatov Akbarning qalamiga mansub “Sahroyi” sarlavhasi ostidagi ilk kitobida, didaktik mazmundagi mavzular qalamga olinadi. Hikoyalarda esa hayotning turli ijtimoiy tomonlari yoritilib, she’rlar ham ijtimoiylik kasb etgan holda, to‘zg‘igan hislarning o‘zgacha psixologik ruhiyatini o‘zida aks ettiradi. Keltirilgan to‘rtliklarda esa hayotning turli nuqtalarini yoritadi.
SO‘Z BOSHI
Akbar Karomatning “Sahroyi” kitobi mutolaasida
Ustoz Ozod Sharafutdinov, Muhammad Yusufning bir to‘plamiga yozgan kirish maqolasida uning tanqidchilariga qarata “…. Muhammadni oddiy, sodda misralarda she’r yozishda ayblashadi. Qani, siz ham shunday yozib ko‘ring-chi?!”- deb murojaat qilgan edi. Darhaqiqat, borliqning buyukligi uning asl qiyofasida bo‘lsa, ijodning, badiiy tasvirning ham moʻjizasi uning sodda va odmiligida ko‘rinadi.
She’riy asarlar poetikasi badiiy tafakkurning ibtidosi sifatida har qanday ilmiy tadqiqot uchun birlamchi manba vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, aniq bir yosh, boshlovchi shoir ijodiy qadamlari misolida bunday kuzatuv nafaqat badiiy tafakkur, balki umuman badiiy san’at poetikasining muhim qirralarini yangilash yoki takomillashtirish uchun mavzu bo‘la oladi.
Yosh ijodkor Akbar Karomatovning “Sahroyi” deb nomlangan kitobidan hikoyalar, kichik janrdagi asarlar va she’rlar o‘rin olgan. Aytish mumkinki, ularda yosh ijodkor o‘zini o‘zbek lirikasining o‘ziga xos namunalarini yaratishga intilgan boshlovchi shoir, intiluvchan falsafiy qalb egasi hamda jamiyatning yangi manzaralarini qayd etishga uringan adib sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan. Kitobchaga mujassam qilingan mashqlarida muallif kundalik hayotdan olingan lavhalarning mavzularini to‘g‘ri tanlashga intilgan va ular dolzarb.
Shoir asarlari misolida badiiy ijodning alohida qirralarini uning o‘ziga xos tadqiqotlari doirasidagi tabiat va jamiyat manzaralarida kuzatamiz. Yosh ijodkor badiiy musavvirlikning ma’naviy bo‘yoqlarini so‘z orqali ochish uchun astoydil mehnat qilgan. Shoirning alohida ijodiy-lisoniy novatorligini namoyon qiluvchi o‘rinlar asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Akbarning “Oltin mo‘y”, “Xulosat-ul hayot”, “Shaharning ko‘chasi”, “Unutilgan qahramonlar” kabi jajji hikoyatlarida ham kundalik hayotdan olingan epizodlarning yosh inson qalbidagi o‘ziga xos in’ikosini kuzatish mumkin. Ularda inson baxti, fojiasi shu zamin, shu odamlar orasida ekanligini yorqin manzaralarda, kichik
lavhalarda atrofdagilarga izhor qilishga intiladi, muallif. Ayniqsa, tafakkur sarchashmalarida muallif o‘zining hayot va xayol tasavvurlariga erk beradi: ularni turli aforizmlarga joylash orqali ehtirosli qalbning iztirobli ishtiboqlarini ko‘rsatishga intiladi.
Uning falsafiy hikoyalarida ham badiiy tafakkurning o‘ziga xos qirralari odmi o‘zbekona so‘z va jumlalar bilan ochib berilgan. Ularning zamiriga badiiy mahorat orqali ulkan tasavvur dunyosining katta iqtiboslari singdirib yuborilgan.
“Farishta” hikoyasidagi tongning tasviri Akbarning yuksak musavvirlik mahoratidan darak beradi. Biz hikoya ibtidosida oddiygina bir tasvir orqali inson tashqi dunyosi uning qalb qiyofasining aksi ekanligini sezmay qolishimiz mumkin, biroq keyingi misralarda uning hayot tarzini real tasvirlarga o‘ralganligi o‘quvchini hushyor tortishga undaydi. Zotan, kichik asarlarda ulkan hayotiy aksessuarlar o‘zining real izohini topadi.
Har qanday jamiyatning naqadar adolatli ekanligi, uning insoniy qadriyatlar bilan sug‘orilganligi onalarga bo‘lgan munosabati orqali ochiladi, demoqchi bo‘ladi muallif. Binobarin, o‘zining bunday e’tiqodiy, falsafiy qarashlarini asarlari asosiga ham mujassam qilishga intiladi. Shu o‘rinda ulkan falsafiy muammolar zamiriga kirib borar ekan, nafs, xudbinlik borasida o‘z dunyoqarashini alohida misralarda, ulardagi yorqin so‘zlar in’ikosida yoritishga intiladi. Bu sarchashmalar bir qarashda shunchaki oddiy, yuzaki tasvirga o‘xshaydi; ammo qayta o‘qib ko‘rib, ulardagi munosabat tasviri, shunchaki oddiy mavjudlik qaydi bilan berilgan katta falsafiy borliqni ko‘rasiz. Zotan, bu oddiy qaydlar biz o‘quvchilarga borliq va jamiyatning ulkan mutanosib va nomutanosib falsafasini o‘zimizcha mushohada qilishga, ulardan o‘z holimizcha insoniy xulosalar chiqarishimizga undaydi. Balki xulosa shart ham emasdir, chunki biz bor xulosani qayd etib yuramiz, xolos.
Shoir o‘z she’rlarida borliq va jamiyatning nozik, ya’ni hamma ham ko‘ra olmaydigan, tushuna olmaydigan tomonlariga e’tibor qaratadi. Bu kabi ijodning yangi namunalari misolida uning o‘zbekona ruh, o‘zbekona ma’naviyat orqali vatanparvarlik motivlarini ham aks ettirishga uringanini kuzatish mumkin.
Biz shoir she’rlarining mundarijasi orqali uning ijodiy mahorat yo‘lidagi izlanishlarini, ijodiy dunyosidagi g‘oyalar evolyusiyasining dinamikasini kuzatamiz. Bu kabi ma’lumotlar, aytish mumkinki, shoir asarlaridagi xalqona ruh, milliy ong va milliy mentalitet doirasidagi donishmandlikning in’ikosi bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi kichik sarchashmalarda yosh shoir o‘zining psixobiografik xaritasini yaratishga ham intilgan.
Taqdim qilingan kitobchaning mundarijasi turli janrlardagi shoirning izlanishlarini aks ettiradi. Biz ularning bosqichlarini o‘rganish, qayd qilish va yoritish asnosida yangi bir ijodkor insonning adabiyot sahnasida qo‘yayotgan dastlabki qadamlariga guvoh bo‘lamiz. Albatta, bu kabi birinchi intilishlar o‘ziga xos kamchilikdan holi bo‘lmaydi. Ammo, bir kun kelib, u o‘sha biz kutgan ulkan bir ijodiy merosning egasiga aylanadi. Va biz uning ijodiy parvoziga havas ko‘zi bilan qaraymiz hamda uning yutuqlaridan quvonib, boshqalarga ko‘z-ko‘z qilamiz. Ilohim bizni shu kunlarga yetkazsin!
Muso Tojiboyev


Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling