Karomatov akbar


HIKOYALAR … (UCH NUQTA)


Download 114.37 Kb.
bet2/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Сахройи

HIKOYALAR

(UCH NUQTA)
Bahor… Havo quyosh nuridan o‘zidagi qishgi yelvizakni sekin asta yo‘qotib bormoqda. Shundan bo‘lsa kerak quyosh osmonga parvoz qilib yuzingizga nur elaguncha sovuq keyin isib ketadi. Hozir esa sovuq, mashinani ichida bu sezilmaydi, ammo mashina derazalari tungi sovuq yelvizakdan so‘ng qizib tomchilarga aylangan bug‘dan xira. Mashina derazasi xira bo‘lsa-da, mashinaga o‘tirish uchun kelayotgan Sarvinozni ko‘rdim.
Shu payt mashina egasi ham kutib hunob bo‘lganmi yoki bizni tushungani uchunmi o‘rnashdi, hozirlandi. Mashina eshigi ochildi va Sarvinoz o‘tirdi. O‘rnashgan ekan shekilli, u o‘zini quchog‘imga tashladi. Men kecha uni yig‘laganini ko‘rib hozir yaxshi bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim, chunki uni ertalab shishgan yuzini yuvib “Ko‘zyoshini bas qil, bo‘lmasa kech qolamiz “ deb, uni xonasiga kuzatgandim. kiyimini almashtirganini sezmadim yo shuning uchun tez chiqdimi ekan. Uni boshi bag‘rimda, uning shishib ketgan ko‘zlarini sochlari to‘sib turardi. To‘zg‘igan sochlarini ro‘moli ostiga yashirdim. Uni yig‘laganiga juda achindim. U shafyordan iymanib yo iymanmasa ham ovozsiz ko‘zidan yosh to‘kardi. Qancha uni bag‘rimga bosib yupatmayin, u hech-hech o‘ziga kelmasdi. Har gal tasalli berishimdan so‘ng, jim bo‘lib gohida, -Men qanday yashayman deb, yig‘lardi va meni qattiq quchoqlardi. Men ham uni quchoqlardim.
Quyosh endi o‘z nuridan darak berayotganini, yo‘ldagi binolarga qarab turarjoyimizdan uncha uzoqlashmaganimizni anglardim. Uygacha yo‘l uzoq, agar Sarvinozni yupatmasam biror narsa bo‘lib qolishidan qo‘rqardim,chunki qiz uchun bunday ko‘rgulik og‘ir… ,chunki kim oq fotiha beradi… O‘zimni o‘nglab chuqur nafas olib,sekin havo sovuq bo‘lsada mashina derazalarini ochdim va sekin Sarvinozni turg‘azdim. U menga tez qaradi, ko‘zlari shishganligidan ko‘zyoshi yuzidan oqib og‘ziga kirardi. Tishlari tovushsiz tez-tez birbiriga tegardi. Kechagi dugonam bilan, oldimga o‘tirgan qiz ancha birbiriga o‘xshardi, ammo men bilgan Sarvinoz emas edi. Shunda o‘zimni o‘zim yomon ko‘rib ketdim, chunki men bir tomchi ham to‘kmadim,dugonam uchun. Shu payt derazadan kirgan sovuq havo ko‘zimga qattiq og‘riq berdi. Ko‘z yoshidan to‘lgan ko‘zimni beixtiyor artdim, shunda yig‘layotgan,ammo ko‘zyoshlari yuzida allanechuk boshqacha qurigan Sarvinozni ko‘rdim.
Uni yupatishning iloji bo‘lavyermagach, unga dalda bo‘lish uchun nimochiq mashina derazasiga yuzimni,anig‘irog‘i ko‘zimni tutdim. Shunda men va Sarvinoz ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladik, ammo men har safar shamol og‘ritgan ko‘zlarimni olib qochardim. Yig‘lashimiz ko‘pga cho‘zilmadi. Sarvinoz mendan yig‘lama deya iltimos qila boshladi. Men o‘zimni to‘xtatsamda,anchadan buyon og‘riyotgan ko‘zlarimni to‘xtata olmadim.
Yosh to‘xtamagach Sarvinozni yupatish uchun tosh qalbdan chiqmagan yoshni umringda bir marta ko‘zingga boqib yelib ketuvchi shamoldan istaganimga achindim. Sarvinozni yosh to‘la ko‘zimdan xira ko‘rardim. U endi meni yupatib yig‘lamas,faqat chuqur o‘ydan ko‘zini ham yummasdan jim bo‘lib qolgandi.Qo‘rquvdan qotib qolgan Sarvinoz- ning ko‘zidan,daraxtning yuqori shoxi singan kabi, ko‘zyoshi kipriklaridan sirg‘alib tushdi. Men u tomonga qaradim,ularning uylari, u yerdagi odamlarni ko‘rib men ham yig‘ladim va shunda tez kelganimizdan shamolga ko‘zimni ko‘p tutganimni va yig‘laganimda ko‘zyoshlarimning sovug‘ini o‘rnini ilig‘i egallaganini sezdim. Sarvinoz mashina to‘xtamasdan eshikni ochib, mashinani ko‘rib o‘rnidan turganlar orasidan ichkariga otildi. U kirgandan so‘ng izidan bordim.
Darvozadan kirganimda Sarvinozning ovozi o‘smir yigitning ovozi bilan qo‘shilib ketdi. Shundan so‘ng men nima bo‘lganini anglay olmadim. Birozdan so‘ng keksalar aralash chopon, do‘ppili odamlar Sarvinoz quchoqlab yig‘layotgan oq yuz, qora qosh endi mo‘ylovi ungan yigitni olib ketaboshladilar. Darvozadan chiqib ulgurishmagan edi hamki,Sarvinozga o‘xshash o‘rta yoshlar chamasi bir ayol Sarvinozni quchoqlab yig‘lardi,hech qachon bunchalik ezilib yig‘lagan insonni ko‘rmagandim, u ayolni ko‘rib turgan joyimda yig‘lab yubordim. Ular birgalashib odamlar boshi ustida g‘arib ketayotgan tobutga talpinishardi. Ular faqat “olib ketmanglar. Yo‘q, yo‘q olib ketmanglar’’, deb baqirishardi. Chorasiz qolib yig‘layotganidan ko‘zyoshlari shishib ketgan qovoqlardan oqib, og‘izlariga kirib ovozlari xirillab qolardi. Shundan so‘ng ovozlar odamlar uzoqlashishiga hamhona pasaya borardi, ammo ona va qizni ushlab turgan odamlar ularni ushlashga tirishardi. Ular ham begona emas, shekilli, ular ham achchiq iztirobda. Sarvinozni oldiga qolmasam bo‘lmasligi uchun shu yerda qoldim. Sarvinozni ertasi kechda yupatdim, yoki yumishlar sabablimi biroz o‘ziga kelib uxladi. Janozadan beri u-bu narsalarga dadam yordam berib kelyotgan ekan bugun uyga uzoq bo‘lsada shomda piyoda qaytdik. Yo‘lda sovuq shamol har tomondan meni tanidingmi degandek so‘roqlaydi. Ko‘zim esa bezovta qiladi tinmay yosh oqadi. Yo‘l esa tunda uzundan uzayib oxiri yo‘qday tuyiladi, yo‘lning o‘nqir –cho‘nqir joylarida oyoq chuqurga tushganda ko‘zyoshlarim muzlagan yerbag‘riga tushadi-yu, yo‘l yana tiniqlashadi.
Shu zaylda bir-ikki kun o‘tdi. Ko‘zim bezovta qilavergach, shifokorga bordim. U ko‘zimning shohpardasi yallig‘langanini va shaharga yo‘llanma berishini aytdi. Yana shaharga yo‘l oldik,ammo Sarvinoz endi mutlaqo boshqa, chunki o‘qish hayolidagi yoki otasini o‘ylayotgan qiz bilan emas endi hasta bo‘lsada ukasi va onasini boqqan otasining vazifasini bajarishi kerakligini o‘ylayotgan Sarvinoz edi. Biz o‘qishni bitirdik, ammo natijasiz dorilarni surtish bilan ko‘zimdan ayrildim. Shunda hatto allohning asrashiga iymon keltirgan va shuning uchun ham qadamlar zarbidan qo‘rqmaydigan jimitdak chumolilarni ko‘rishni, ularni tomosha qilishni sog‘indim! Juda ham sog‘indim! Yillar meni birma-bir tark etar, sovchilar esa meni ko‘zimni bilib, qaytib ketishardi. Ko‘p yillar o‘tdi balki menga vaqt shunday tuyulgandir, chunki quyoshni oxirgi marta faqat nurini ko‘zga ilganman xolos.Vaqtlar o‘tgandan so‘ng Sarvinozning ukasining to‘yida o‘sha Sarvinozni ko‘rdim. Chunki o‘sha o‘zini to‘xtata olmay yig‘laydigan qizda,to‘yda boshidan o‘tkazganlarini eslab, quchoqlab yig‘ladi. Menimcha yarim tunda qaytdik. Tongda esa bir mashina kelib to‘xtadi.Shunda mehmon kelgandi, shekilli tez-tez yurishyapti deb o‘ylagandim va hovliga chiqdim. Hovliga chiqqanimda chamamda oyim tengilar ayol bo‘lsa kerak,ovozidan o‘rta yashardek edi va shu yerda bir yigitning ham ovozi eshitildi. Ular quyuq so‘rashishdi va tanimaganim uchun uyga kirishga urindim lekin ular eshik to‘g‘risidan o‘tayotganda men ulgurmagan edim. Ular men bilan so‘rashishdi, orada onamni gaplaridan sovchi ekanliklarini anglab - nima oyi - deb beixtiyor balandiroq gapirdim. Uyalganimdan uyga qanday kirganimni bilmay qoldim. Ular izimdan kulib qolishdi va mening xonamdan keyingi xonaga kirishdi. Men dag‘-dag‘ titrab jahlim chiqib, ko‘zimdan yosh to‘kib bir sovchilardan,bir ota-onamga raxmim kelganidan ko‘zim uchun yig‘layman, ammo shunda xonamdan bir yigitning ovozi eshitildi, uning gaplari shundangina iborat edi: ERTA bahorning tong shamolini yoqtiraman deng”. Shunda qo‘llarim yanada qattiq titrar, ammo yuragim yorishib ketdi.Uning so‘zlariga nima so‘z deyishni bilmay,oxirgi so‘ziga javob topa oldim xolos. - Lekin men ko‘rman. Bu so‘zlardan so‘ng men sukutni kutdim, ammo u bu so‘zdan, bu o‘ydan oldin titroq qo‘limni ushlaganini sezmabman. Men esa qo‘rquv va hayajon ichida tinmay yig‘lardim.Men toshoynaga tiqilib misoli o‘zimning chiroyimni ko‘rgandagi hisni tuyardim… Oldimdagi ko‘zguga qarab.


Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling