Echki-jon, qassob- moy qayg’usida


Download 20.31 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1211402
  1   2   3
Bog'liq
Pechat uchun


332
Keyin do’stimni yupatdim, gazeta hamma vaqt ham she’r chop etish imkonyatiga ega emasligini tushuntirdim. She’rni internetga qo’yishni maslahat berdim.
Haqiqatning ko’ziga tik qaraydigan bo’lsam, do’stim shu kecha kunduzning eng hayotiy, dolarb mavzusini qalamiga olgan, achchiq, alamli mulohazalarida bir emas, yuz karra haq edi. U dori-darmon narxini asossiz ko’tarib, bir necha o’nga pullayotgan dorishunoslarni “oq xalat kiygan bo’rilar”, dorixonalarni “borixona” deb atagandi. Keksa shoir o’zining nazariy odaticha “shaf-shafdomay”, “shaftoli” deb qo’yaqolgandi.
Aslida, hammamiz shundayligimiz, qabohatni, illatni o’z nomi bilan atashimiz,unga qarshi kurashishimiz kerak. Biz esa o’sha andishaga borib, pora oluvchini ”poraxo’r”, yulg’ichni “yulg’ich” deya atamaymiz. Oqibatida, illatlar gazak otaveradi g’amimiz oshaveradi.
Sezishimcha, Sattor aka she’rni internetga qo’ymadi, andisha qildimi, or qildimi, bunisini bilmayman.
O’zingiz xulosa qilishingiz uchun, she’rni e’tiboringizga havola etaman. Bo’lmasa, kaminangiz ham andisha qildi, deb o’ylashingiz mumkin.
Sattor aka ikkimiz o’zimizga kerak dorilarni qimmatga sotib olyapmiz. Narxlar esa kun sayin oshib boryapti…
To’xtatadigan mard bormikan?
Yoki oq xalatli bo’rilar o’sha libosda “xaloskor” qiyofasida yuraverishadimi?

Echki-jon, qassob- moy qayg’usida
O’zbekning ushbu maqoli shunchalar topib aytilganki, u dunyo turganicha tursa ajab emas.Shifokorlarga ba’zi-ba’zida ishi tushadigan bandai ojiz sifatida ayta olamanki, ular orasida o’z kasbining ustalar, fidoyilari qanha ko’p uchrasa, g’irt savodsizlari, ta’magir, poraxo’rlari ham shuncha uchraydi. Illat shu qadar ildiz otib ketganki, hech qo’yaverasiz. Oddiy va murakkab jarrohlik amaliyotlari, boshqa kata-kichik dardlarni davolashning aniq narxlari belgilab qo’yilgan. Qanchasi vrachga, qanchasi hamshira yoki boshqa ishingiz xodimga- hammasining tegishli bahosi bor.
Menga o’xshab anqovroq bo’lsangiz ham zarari yo’q. darhol ko’zingizni moshdek ochib qo’yishadi!
Kasalxona va shifokordarajasiga qarab, narxlar balandroq bo’lishi mumkin. Dori-darmon, hatto paxta, dokasigacha necha million so’m bo’lsa, hammasi bemor sho’rlik hisobidan.
Ogohlantirib qo’yay, gap davolanish bepul bo’lgan davlat shifoxonalari haqida ketyapti. Falokat bosib, xususiy korxonaga ishingiz tushsa bormi, Sizga to’zim bersin. Joningizdan umidingiz bo’lsa, ishlaringizning bir yillik daromadini to’lasangiz, sog’ayib chiqishingizga sal-pal ishonsa bo’ladi. Mabodo, pulingizning cho’g’i past bo’lib, doktorni qanoatlantirmasa, oq xalatli bo’rilardan faqat jon taslim etib qutilasiz. Boshqa yo’li yo’q.
Bu o’rinda kichik hikoya katta hajviy hikoyaga yoki felyetonga aylanb ketmasligi uchun ko’p misol keltirmayman. Faqat kamina bir ko’zimda jarrohlik amaliyoti uchun nega million narx, u shoir do’stim yuragiga stent qo’yish uchun necha million sarflaganini qulog’ingizga aytishim mumkin. Balandroq chaqirsam, asabi sustroq bemorlar shaytonlab qolishlari mumkin. Boz ustiga, toshbag’ir shifokorlar narxlarini yana oshirmaydilar, deb hech bir bandai ojiz kafolat bera olmaydi. O’z nafsi uchun insonlarning shirin jonini azobga qo’yayotgan oq xalat sohiblariichgan qusurlarini, oxiratni o’ylasalar edi…
Shapaloq
“Tojdor bobo” ofati loqayd, gunohkorligi uchun butun dunyo hamjamiyati yuziga urilgan shapaloq, desa bo’ladi. Xo’p,mayli, gunohlarimiz uchun ta’bir joiz bo’lsa,bir betimizga “tars” etib shapaloq tushdi. Xo’sh, endi ikkinchi betimizni shapaloq uchun tutib berishimiz kerakmi?
Yoki o’sha, birinchi tarsaki uchun chora izlash zarurmikan? Gap qaytarmay, tinchgina ikkinchi tarsaki uchun yuzni tutib berib, jon saqlash to’g’risida o’ylaydiganlar son mingta!
Biroq tozalanmagan qabohat ildiz otadi, u ikkinchi bu gal halokatli tarsaki tortib qolishi ham mumkin.
Unda nima qilamiz? Bo’g’izlangan qo’y holiga tushib qolamiz-ku! O’ylashimcha, insoniyat afkor ommasi oyoq kiygan kimsalar, albatta jazolanishi, yuziga tarsaki yeyishi kerak. Ana shundagina qabohat ildizga bolta urishga urish qilsa bo’ladi.

Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling