Echki-jon, qassob- moy qayg’usida
Download 20.31 Kb.
|
Pechat uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak parvozi
- O’nta bo’lsa…
- Birovning baxti
- Quvvat manbai
- Buxoro o’rmonlari-ko’nglim armonlari
- Quljuqtov qismati
Bahor yolg’onlari
Seni ilk gulbahorda guldek chog’ingda uchratdim. Yolg’onchi bahor o’tdi-yu ketdi. Sen esagulligingcha qolding. Keyin yozda uchrashdik. Jaziramaga qaramay, gulday barq urib turarding. Mahzun-dilxun kuzda yuz ko’rishdik. Hali o’n gulingdan bir guling ochilmagandek taassurot qoldirding o’shanda. Keyin… oradan ko’p yillar o’tgach, qishning qora bir kunida diydor ko’rishish nasib etdi. Sen hamon o’sha-osha guldek eding. Yillar shamoli barglarini to’kkan, qaddini dol etgan esada, hamon yal-yal yonayotgan atirgulga monand eding. Faqat ko’zlaringda cheksiz mung, g’am-andux bor edi, so’nmas-so’nmas gulim. Qilich yalang’ochlagan qora qish qahratonidan badaning junjikib, o’yga tolaman. O’shanda gulbahorlar rost so’zlagandimi, yoinki, endi qora qish sovuq yolg’on so’zlayotirmi? Hayhot, qay biriga ishonay? Bahorgami, qishgami? Axir, ular tabiat hodisasi, odamlardek yolg’on gapirmaydi-ku! Ha, darvoqe bu ilk sevgi yolg’onlari bo’lsa, ne ajab ?.. Yurak parvozi Sevgi- yurak parvozi. Ana shu parvoz yuksak bardavom bo’lishi uchun qanot juft, hamjihat bo’lmog’i kerak. Muhabbat va nafrat Sevgi- kuchli, mardona, yaratuvchi tuyg’u. Sevvgan inson suyukligi uchun fido bo’lishga, kerak bo’lsa, qurbon bo’lishga tayyor turadi. Nafrat-jiz, mahv etuvchi hissiyot. Qalbda kimdadi hsad ba nafrat tuyg’usi juda oshib ketsa, o’z xojasini mahv etishi mumkin. O’nta bo’lsa… O’zbeklar-bolajon xalq. O’nta bo’lsa, o’rni bo’lak, qirqta bo’lsa-qilig’i, degan maqol shu xalqqa mansub. Ammo, bolajonlarimizning qirq birinchi, bir yuz qirq birinchi, boringki, xurmacha qiliqlari ham borki, bular ham xalq og’zaki ijodida aks etgan. “Farzand shirin onaning shirin dushmani…”- Bunday maqollar uncha ko’p emas. Nuroniy otaxon va onaxonlar go’dakni qo’llariga olar ekanlar “dardu balongni olay” deydilar. Biz baribir juda bolajon xalqmiz. Birovning baxti Birovning hisobidan erishilgan baxt aslida ko’rgulikdir. Ulug’ mehnat Sevgi- insoniyatning eng ulug’ mehnati bo’lib, fido bo’lishini istaganlar hech qachon tom ma’nodagi muhabbatga sazzovor bo’lmaydilar. Quvvat manbai Ijodkor yuragi, ong-shuuri o’ziga bitmas-tuganmas quvvat yig’uvchi moslamaga o’xshaydi. Uchrashuvlar, suhbatlar, o’qish, o’rganish, kuzatish, his-hayajon, qisqasi jo’shqin hayot ana shu quvvat manbai asosidir. Shular bo’lmasa, yozuvchi ham, yaxshilar ham, kitobxon ham yo’q…. Buxoro o’rmonlari-ko’nglim armonlari Ushbu sarlavhani yozdim-u sira nariga o’tolmadim. Hayotda bo’lmagan narsa haqida yozish juda azobli ekan. To’g’ri, Buxoroda o’rmon xo’jaliklari bor, ammo shovullagan ko’zni quvontiradigan yam-yashi o’rmonlar yo’q. O’rmonchilar olgan maoshlarini oqlash uchun qo’l uchida yaratgan g’aroyibona daraxtzorlar, saksovulzoru, butazorlarni “o’rmon” deyishga til bormaydi. Quljuqtov qismati Nega necha yillardan beri shoiru yozuvchilar, jurnalistlar “Buxoroda tog’ yo’q” deya bong urishyapti. Bu afsus emas, balki maddohlik, yaltoqlikdir. Chunki maddohlar “Buxoroda to’g bo’lmasa-da, mard paxtakorlarimiz tog’dan-da baland xirmon tiklashdi, deya ko’krak kerishadi. Aslida esa, sira bunday emas, Buxoroda Qizilqum ko’ksida Quljuqtov tizma tog’lari bor. Maddohlar jo’g’rofyadan hatto, ikki ham ola bilmaganlar andak berkitish uchun viloyat xaritasiga tashlasalar yaxshi bo’lur edi. Axir, Quljuvtovni “tog’ emas” deyishganida qanday bunga haddi sig’adi?! “Jo’g’rofiya bilimdonlari’ sanalmish maddohlarning bunga haddi sig’adimi, endi Olloh va ona tabiatdan kechirim so’rasalar yaxshi bo’lardi. YO’L Men juda ko’p kitob o’qidim. Shunchalar ko’p o’qidimki, oqibat “ko’zlarim ayrilish darajasiga” yetdi. Gazetalar tahririyatlarida ko’p yillar mobaynida ishladim. Shunchalar ko’p ishladimki, kun kelib sog’ligim tufayli ishdan ketishga majbur bo’ldim. Kitob o’qishishlari bilan bir vaqtda juda ko’p yozdim. Shunchalar ko’p yozdimki, nechaminglab yorug’ kunlar qop-qora tunga aylanganini, qorong’u kechalar oppoq tongga aylanganini, necha minglab oq sahifalar yozuvchilardan qop-qora bo’lishini sezmay qoldim. Bu mashg’ulotdan katta kuch, lazzat, cheksi ranju alam oldim. Mashg’ulotimdan olgan kuch va lazzat boisi so’z qudratini ozgina bo’lsa-da sezish, his etish quvonchdir. Topgan, totgn ranju alam boisi- Dunyoning, Hazrati insonning naqadar nomukammalligini bilib, his etib turishdir. Kun kelib kimlardir meni adib sanay boshlashadi. Hamkasblarim esa “Siz qanday qilib yozuvchi bo’lib yetishganingizni bilmay qolibmiz’, deyishardi. Kaminangiz ularga shunday javob qilardim: Bir o’zim ham qanday yozuvchi bo’lib qolganimni bilmayman. Faqat yuragimda, ong-shuurimda jabru-sitamlar, xiyonatlar, har xil zarbalarning son-sanoqsiz izlarini his qilaman, xolos. Ko’nglim bo’m-bo’sh, huvillagan. Zar burkangan ozurda ko’ngil-yolg’iz, faqat o’zi bilan o’zi kelgan. Unda na do’st, nada dushman, hissi yo’q. Bor gap shu: Adibning, Adabiyotning men bilan eng qisqa va eng uun yo’li shu. Boshqa yo’l yo’q! So’z san’ati- o’z-o’zingni yengish, ezgu maqsad oldida qurbon bo’la olish san’ati hamdir… Download 20.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling