Kartagrafiya
Download 23.62 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartaning tashqi ko’rinishi,ramkasi va komponovkasi Bajardi: Geodeziya 1-S-22 guruhi o’quvchisi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA KOLLEJI “KARTAGRAFIYA” FANIDAN M U S T A Q I L I SH Mavzu : “ Kartaning tashqi ko’rinishi,ramkasi va komponovkasi Bajardi: Geodeziya 1-S-22 guruhi o’quvchisi Ochilov Dostonbek Davir o’g’li __________________________ Tekshirdi:___________________________ ___________________________ Toshkent 2023 Reja: 1. Kartaning tashqi ko’rinishi 2. Uzbekiston Respublikasi kartasi 2 xil komponovkada 3. Dunyo kartasining 2 xil komponovkada ko’rinishi. KIRISH Respublikamiz oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida geodeziya, kartografiya va kadastr hamda boshqa yer bilan bog’liq Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalari uchun O’qitiladigan fanlar orasida kartografiya alohida o’rin egallaydi. Chunki geografik karta va kartografik bilimlar talabalarning dunyoqarashini shakllantirishda, borliqni makon va zamon bilan bog’lab tushuntirishda, geografik jarayonlarning tabiiy qonu-niyatlarini o’rganishda, geografik tadqiqotlarni mukammal olib borishda juda qo’l keladi, ta’bir joiz bo’lsa, u geografiyaning ikkinchi tili hisoblanadi. Geografik karta Yer yuzasidagi tabiiy va ijtimoiy voqea - hodisalarning ma’lum bir vaqtdagi holati maxsus belgilar modellar yordamida, matematik yo’l bilan kichraytirilib tasvir-langan ko’zgudir. Geografik kartasiz biron-bir hududning tabiati, Xo’jaligi, tarixi va boshqa xususiyatlari to’g’risida aniq ko’rgazmali Ma’lumot olib, tasavvur hosil qilish qiyin. O’z vatanini va uning hududlarini bilish, o’rganish uchun dastavval uning kartografik tasviriga ega bo’lish lozim. Shu sababli geografik kartalarga bo’lgan e’tibor bugungi kunda tobora oshib bormoqda. Geografik kartadan maktabda va kundalik axborot vositalarida (ayniqsa televideniyeda) eng yangi va ko’rgazmali informatsiya beruvchi manba sifatida keng foydalanilmoqda. Shuningdek, tarix fanini o’rganishda ham kartalardan keng foydalanilmoqda. O’z navbatida kartalar ham takomillashib,atrofimizni o’rab turgan borliqning universal modeliga aylanmoqda. Bugungi kunda respublikamizdagi o’rta maxsus ta’lim muas-sasalari, kasb-hunar kollejlari talabalari tayyorlanayotgan barcha O’quv yurtlarida kartografiya asosiy fan sifatida o’rganiladi. Lekin kartalarning va kartografik bilimlarning shunchalik zarurligiga qaramasdan, hozirgacha o’zbek tilida o’quv qo’llanma yoki darslik yaratilmagan edi. Qo’lingizdagi o’quv qo’llanma shu kamchilikni bartaraf etish uchun yozildi. 1 3.6. Kartaning tashqi ko’rinishi, ramkalari va komponovkasi Geografik kartaning nomi, ramkasi, tasvirlanayotgan hudud, vrezka (qirqim) kartalar, legenda, diagramma, sxema, profil, grafiklar, matnlar karta mazmunini boyitishga, o’qishni oson-lashtirishga yordam beruvchi boshqa qo’shimcha manbalarni joylashtirish tartibi kartaning komponovkasi deyiladi. Kartalar komponovkasi tayyorlanayotganda texnik sharoiti, estetik holati, karta mazmunini to’g’ri aks ettirishga qaratilgan barcha talablar e’tiborga olinishi kerak. O’quvchi kartani o’qish uchun uning komponovkasi haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Chunki bir xil hudud ikki xil komponovkada tasvirlanishi ham mumkin. Masalan, Uzbekiston Respublikasi kartasi 2 xil komponovkada (1-2-rasmda) Dunyo kartasi ham 2 xil komponovkada berilgan. 1-rasm 2-rasm 2 Dunyo kartasining 2 xil komponovkada ko’rinishi. 3-rasm 3 Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling