Карташунослик фанидан мавзусида курс иши


II BOB. DUNYO, MAMLAKATLAR VA REGIONLARNING MAJMUALI ATLASLARI


Download 417.07 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi417.07 Kb.
#1497484
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dunyo,mamlakat va regionlarning kompleks atlaslari

II BOB. DUNYO, MAMLAKATLAR VA REGIONLARNING MAJMUALI ATLASLARI.
2.1. Regionlarning kompleks atlaslari.

Milliy atlas, deb birorta mamlakatni turli sohalarini, ya ’ni tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi, sotsial-iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi va ekologik holatini aks ettiruvchi kartalaming tizimli to ‘plamiga aytildi. Milliy atlaslar davlat kartografik korxonalarida nashr qilinib, hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida yaratiladi. Milliy atlas mamlakatning ma’lum bir davridagi iqtisodiy jihatdan rivojlanishini, ilmiy tafakkur asosida yaratilgan asar bo‘lib, kartografik jihatdan yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan yaratiladi. U mamlakatning milliy iflixori hisoblanadi. Atlasda kartalardan tashqari zarur ma’lumotlar beruvchi matnlar, ma’lumotnomalar, diagrammalar va grafiklar, suratlar ham beriUb, ular atlas mazmunini boyitadi. Odatda milliy atlas davlatning ko‘rki bo‘lib, u imkoni boricha zamonaviy dizayn bilan jihozlanadi. Milliy atlas bitta yoki bir qancha 102 jildda nashr qilinishi ham mumkin. U vaqti kelganda yangilab, qayta nashr qilinadi. Birinchi milliy atlas 1899-yilda Finlandiyada, Finlondiya geografiya jamiyati tomonidan chop etilgan. Undan keyin Misr, Chexoslovakiya va boshqa mamlakatlarning milliy atlaslari chop etildi. Milliy atlaslarni yaratish asosan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlandi. Bu sohaning rivojlanishida Xalqaro geografik Ittifoq qoshida tashkil qilingan Milliy atlaslar komissiyasining xizmatlari katta. Bu komissiyaga birinchi bo‘lib, yirik kartograf professor K.A. Salishshchev rahbarlik qildi, uning dastlabki prezidenti etib saylandi Uning rahbarligida bir necha marotaba kartografiyaning dolzarb muamrnolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar bo‘lib, unda Milliy atlas tuzishning dasturi ishlab chiqildi, atlasning asosiy mazmuni aniqlanib berildi. Shu komissiya rahbarligida bu sohaga bag‘isblanib yirik kartografik asar — «Нацональные атласы» (1967-yilda) chop etildi. Bu asar hozirgacha Milliy atlaslar yaratuvchilarga dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. Milliy atlas yaratish — geograf va kartograflami milliy madaniyatni rivojlantirishda qo'shgan katta hissasi hisoblanadi. Milliy atlas yaratishga turli xil sohalarning eng yirik olimlari va mutaxassislari jalb etiladi, hattoki ba’zi mamlakatiarda Milliy atlas yaratish institutlari tashkil qilingan. Kartografiya sohasi rivojlangan mamlakatiarda (AQSH, Kanada, Fermaniya, Avstriya, Vengriya va boshqa mamlakatlar) milliy atlaslardan tashqari, bir qancha regional atlaslar ham nashr qilingan. Loyihalashtirilayotgan O‘zbekiston Milliy atlasi. Kartografiyada geografik atlaslarni o‘mi nihoyatda katta bo‘lib, ulardan geografiya, ekologiya, tarix va boshqa fanlami o'rganishda o‘quv quroli sifatida foydalaniladi. Atlaslar tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi. Ayniqsa, mamlakatlarning tabiiy sharoiti va ularning resurslarini hamda sotsial iqtisodiy jihatdan erishilgan muvaffaqiyatlarini ko‘rgazmali qilib ko'rsatishda eng zaruriy manba bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik mamlakatiarda ma’lurn bir vaqt o‘tgandan so‘ng mamlakatdagi, tabiiy jarayonlardagi va siyosiy iqtisodiy o‘zgarishlarni ko‘rsatish maqsadida kompleks atlaslar chop etiladi. Masalan, O'zbekistonda 1963, 1982, 1985-yillarda kompleks atlas va 1999-yilda 0 ‘zbekistonning geografik atlasi yaratilgan. 1999- yilda chop etilgan 0 ‘zbekistonning geografik atlasi asosan umumta’lim maktabiar uchun chop etilib, unda mamlakatimizni tabiiy sharoiti 103 va tabiiy resurslari va iqtisodiy sohada erishilgan muvaffaqiyatlari o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi o‘zgarishlarini keng jamoatchilikka ochiq-oydin kartografik usulda ko‘rsatish uchun 0 ‘zbekiston Milliy universiteti kartograflari, geograflar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning Milliy atlasini yaratishga kirishdilar. Rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Milliy atlasi mazmunan kompleks atlas bo‘lib, unda mamlakatimizning tabiati va uning resurslari, aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va tarixi o‘z ifodasini topadi. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston Milliy atlasining dasturi, kartalar ro‘yxati, maket komponovkasi ishlab chiqilgan. Atlas kartalaridan yuzga yaqinrog‘ining dastlabki nusxalari yaratilgan. 0 ‘zbekiston Milliy atlasi 2 jilddan (22 bo‘lim, 400 ga yaqin karta va bir qancha varaq matn) iborat bo‘lib, 50 bosma taboq hajmida bo‘lishi kutilmoqda.
I — jildi. 0 ‘zbekiston Respublikasining tabiiy sliaroiti va tabiiy resurslari, deb nomlanadi va 2 bo‘limdan tashkil topadi.
II — jildi. Respubhkamizning aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va tarixiga bag‘ishlanib, 10 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi. Atlasda mamlakatimizning tabiiy sharoiti va uning resurslari bilan birga, mustaqillikdan so‘ng respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohada erishilgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi. Ayniqsa, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi katta o‘zgarishlar keng yoritiladi. Aholi bo‘yicha bir qancha yangi kartalar tuzilmoqda. Masalan: aholining nikohi va ajralishi, tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish, aholining yoshi, tashqi va ichki migratsiya, aholining ish bilan ta’minlanishini, ishsizlik va ish bilan bandligi; ijtimoiy sohada: fermer xo‘jaliklari va ularning yer maydonlari hamda ixtisoslanishi, fermerlarga berilayotgan pul kreditlar, yerlami kadastrlash, yer soliqlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topadi. Sanoat va transport sohasida ham yangi kartalar kiritish mo‘ljallangan. Bu sohada chet el investitsiyalarining o‘mi va ularning sifat, miqdor ko‘rsatkichlari alohida o‘z ifodasini topishi kerak. Maishiy xizmat: savdo sohalari, ahoUning gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanishi va ularning narxi va boshqalar. Ta’lim sohasidagi kartalarda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, yangi maktablar va ularga sarf qilingan xarajatlar, oliy maktablar va ulardagi o‘zgarishlar o‘z aksini topadi. Sogliqni saqlash bo‘yicha tasvirlanadigan kartalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bulardan bolalar bilan bog‘liqbo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalari va ularning shifokorlar, hamshiralar bilan ta’minlanishi va sport, televideniye, gazeta va jurnallar nashr qilishga alohida e’tibor beriladi. Aholining dam ohshi bilan bog‘liq bo‘lgan oromgohlar va rekreasiya hamda turizm masalalari alohida kartalarda o‘z o‘rnini topadi. Atlasda O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan kartalar soni 30 dan ortiq bo‘lib, arxeologik kartalar, o‘zbek davlatchiligi bilan bogiiq bo‘lgan kartalar, Amir Temur saltanatiga tegishli kartalami berish rejalashtirilgan. Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekiston Milliy atlasi mamlakatimizning mustaqillikdan so‘ng erishgan muvaffaqiyatlarini ko‘rgazmali ravishda ham poligrafik yo‘l bilan ham, elektron variantida ham yaratish rejalashtirilgan. Atlaslar geografik tizimlar modeli. Atlas shunday kartografik asarki, undagi har bir karta o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan birga o‘zaro bog'iangan va biri ikkinchisini to‘ldiradi. Shuning uchun ham kompleks atlasni geografik tizimning (geotizimni) modeli deb yuritiladi. Atlas kartalari — alohida bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, kichik kichik tizimlarni tashkil qiladi. Kartalarning asosiylari va qo‘shimcha kartalari bo'lib, ular yana analitik kartalarga bo‘linadi. Atlas kartalari komponentlar bo‘yicha joylashtirilib, tizim doimo saqlanadi. Masalan, geologiya, relyef, iqlim, tuproq, o‘simlik va h.k. Har bir bo‘lim o‘z navbatida bir qancha analitik va sintetik kartalardan tashkil topadi. Masalan, iqlim kartasi bo‘limida uning tarmoqlari, harorati, yog‘in-sochin miqdori, shamollar va boshqa iqlim ko‘rsatkichlari joylashtirilgan bo‘lib, ular ham analitik kartalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan harorat bo‘limida, oylik, sutkalik haroratlardan tashkil topadi. Har bir bo‘lim kartalari biri ikkinchisini to‘ldirib mazmunini kengaytirishga yordam beradi. Atlas kartalarining legendasi birmuncha boshqacharoq tuziladi. Hamma kartalar uchun ishlatiladigan shartli belgilar atlasning bosh qismida beriladi. Undan tashqari har bir karta uchun alohida maxsus legenda tuziladi. U bevosita karta mazmuniga tegishli bo‘ladi. Geosistemalar elementlari integratsiya (qo‘shilib) qihnib, sintetik kartalar yaratiladi. Masalan, landshaftni rayonlashtirish, ekologik holatni baholash va bashorat qilish kartalari, iqtisodiy rayonlashtirish va h.k.lar. Atlas kartalarida ma’lumotlar dinamikada (o‘zgaruvchanligi) berilishi mumkin. Masalan, havo massalari o‘zgarib qolishi, voqea va hodisalarning tez o'zgarib turishi va boshqalar. Atlas kartalarida bahoiash va bashoratlash kartalari beriladiki, ular ilmiy tadqiqot ishlarida va rejalashtirishda keng foydalaniladi. Shunday qilib, kompleks atlasiarda asosiy geotizimlar modellash tirilib tasvirlanadi. Atlas geoinformatsion tizim makoni bo‘lib, GIS ning ikkinchi ko‘rinishi desa boladi. Shuning uchun ham ba’zi GISlar atlaslar asosida yaratiladi (GIS bo‘yicha ma’lumot XIV bobda berilgan)


Download 417.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling