Картография ва географик хариталар
Xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 57.5 Kb.
|
1351072250 21517
Xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Shubhasiz, k a r t o g r a f i k a s a r l a r (plan , geografik xarita, atlas, globus, va boshqalar) i n s o n i ya t n i n g b u yu k i j o d m a h s u l i qatoriga tabiatni bilish va o`zgartirishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ularga muxandislar va tadqiqotchilar, geologlar va agronomlar, olimlar va xarbiylar murojaat etadilar va ularning hap biri o`zining qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni undan topa oladilar. Geografik xarita va atlaslar bugun bizni hayotimizdan mustakam o`rin olgan. Xaritalarni hap kuni gazetalarda, jurnallarda, oynai jahon ekranlarida ko`ramiz. Chunonchi xorij xabarlari, haftaning muhim voqealari, ob -havo bashorati, mamlakat ichidagi holat haqidagi xabarlar, dala ishlari va ulkan qurilishlarning borishi haqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga mo`ljallangan turistik safarlar haqidagi maslahatlar va boshqa shu kabi ma`lumotlarni xaritasiz tushunish qiyin. Shu sababli bunday xabarlar xaritasiz berilmaydi. Tarix, ayniqsa geografiya fanini o`qitishda xaritaning ahamiyati nihoyatda katta. Bu o`quv predmetlarini xaritasiz o`rganishni hatto tasavvur qila olmaymiz. Ular na faqat ko`rgazmali qurol, balki joy to`g`risidagi bilimlarning kitob kabi boy manbai hamdir. Zero, xaritalar bilan ishlash o`quvchilarga ijodiy tasavvur qilishni, yodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tahlil qilishni, taqoslashni, o`zaro borliqlikni urganishni, xulosa qilish yo`llarini o`rgatadi. Kartografik asarlardan maktabda o`quvchilarning faolligini oshirishda, geografiyani kundalik hayot bilan bog`lashda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy qurol sifatida foydalanish mumkin. Xar qanday geografik tadqiqot xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugallanadi. Xaritalar Ona sayyoramiz Yer haqidagi juda boy ma`lumotlarni qamrab olgan bo`ladi. Ular asosida quruqlik va okeanlarning o`zaro joylanishi, hududiy uyg`ynligi, kattakichikligi, balandligi, mamlakatlar orasidagi transport iqtisodiy, madaniy va ilmiy alqalarni, qushlarning bir joydan ikkinchi joyga uchib o`tishini va shuningdek boshqa shu kabi voqea va hodisalarni o`rganish, tahlil qilish va bilish mumkin. Binobarin, xaritalardan dunyo okeanining tagi, Yer qobig`ining tuzulishini, jangovor yurishlarni, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan hududlarni ko`rish mumkin va hatto kelajakka ham nazar tashlasa bo`ladi. Adabiyotlar: 1. Vaxrameyeva D. A. Kartografiya. –M:Izd-vo “Hedra”, 1981, 3-10 betlar. 2. Salishev KA Kartografiya. -M: Visshaya shkola, 1982. -1 bob. 4-16 bet lar. . З. Salishev K.A Kartovedeniye. -M.: Izd –vo MGU 1990. -1 bob. 4-12 betlar. 4 Spravochnik po kartografii. -M: Izd -vo «Hedra», 1988. -1 bob. 4 -39 betlar. 5. www.ziyonet.uz Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling