Касалланишни ўрганиш услуби
Download 215.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №7
Mavzu № 7
Axoli kasallanishi va jismoniy rivojlanish Kasallanish deganda - aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklar tushuniladi.
Ayrim joylarda va ma'lum vaqt oralig'ida kasallanishlarni o'rganish sog'liqni saqlash muassasalari uchun katta ahamiyatga ega.
Aholi orasida kasallanishlarni o'rganishning boshlang'ich va asosiy manbalaridan biri bemorlarni davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy yordam olish maqsadidagi murojaati hisoblanadi. Umumiy kasallanishlar haqidagi ma'lumot barcha kasallanishlarni joriy ro'yxatga olishga asoslangan. Har bir kasallik bo'yicha joriy yildagi birlamchi murojatlar kuzatuv birligi sifatida qabul qilinadi.
Surunkali kasallik bo'yicha bemor yil mobaynida davolash- profilaktika muassasalariga bir necha marta murojaat qilishidan qat'iy nazar, u kuzatuv birligi qilib bemorning birinchi murojaatida hisobga olinadi.
Ushbu kasallikni qaytalanishi natijasida joriy yildagi takroriy murojaatlar kasallanishlarga qo'shilmaydi. Bemor o'tkir kasaliklar bilan yil davomida bir necha bor kasallanishi mumkin. Bunday hollarda u har doim yangi kasallik sifatida qayd etiladi.
Download 215.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling