Kasalliklari
Download 39.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASB KASALLIKLARI FANI VA UNING VAZIFALARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Sh. K. MAHMUDOVA KASB
KASALLIKLARI O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent
«Yangi asr avlodi» 2011
UMUMIY BO‘LIM I BOB. KASB KASALLIKLARI FANI VA UNING VAZIFALARI Hozirgi sharoitda Respublikamizda mavjud bo‘lgan turli muassasa, korxona, tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri hisoblanib, uning yechimi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy biologik va boshqa vazifalarni hal qilish bilan bog‘liqdir. Bu masalalarni yechishda kasb kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish katta ahamiyatga ega. Kasbiy patologiya – mustaqil klinik fan bo‘lib, o‘zining atamalariga, patogenezining taxmin va nazariyalariga, tashxislash, davolash va ularning oldini olish usullariga egadir. Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotinining ta’rifi bo‘yicha, kasb kasalligi – mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan zararli omillar ta’sirida kelib chiqadigan va rivojlangan kasallikdir. Kasbiy kasallik – kasbiy zararli omil sababli rivojlanadigan, kasb kasalliklari ro‘yxatiga kiritilgan, ya’ni ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan va ilmiy isbotlangan kasallikdir. N.F.Izmerov tadqiqotiga ko‘ra, ishlovchining sog‘lig‘iga xavf soluvchi, kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshiruvchi, ularning avj olishini va noxush tugallanishiga atrof-muhitning har xil kimyoviy, fizik, biologik, genetik, ekologik, iqlimiy, ijtimoiy (ovqatlanish, ichimlik suvi bilan ta’minlanish, turmush va dam olish sharoitlari, stress va boshqa holatlar) va boshqa omillari sabab bo‘lishi mumkin. Kasbiy zararli omillar ishlab chiqarish jarayoni uning texnologiyasi va asbob-uskunalari bilan (kimyoviy toksik moddalar, ishlab chiqarish changi, nurlanish manbalari, shovqin va vibratsiya, past va yuqori atmosfera bosimi, past va yuqori harorat, infraqizil, ultratovush, elektromagnit, lazer nurlanishlar va boshqalar) va shuningdek, mehnat jarayoni, uni tashkil qilish, og‘irligi va davomiyligi bilan (asab tizimi, ko‘rish a’zosi, eshitish a’zosi, ovoz boylamlarining zo‘riqishi, tez-tez bir xilda bajariladigan harakatlar, ma’lum bir guruhdagi mushaklarning zo‘riqishi, tananing majburiy holati va boshqalar) bog‘liqdir. 5
6 Ilmiy-texnikaviy progress, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya va avtomatizatsiyani joriy qilish, asbob-uskunalarni modernizatsiyalash, sanitar-texnik qurilmalarni ratsionallashtirish mamlakatimizning ko‘pchilik korxonalarida kasbiy zararli omillarning yo‘qolishiga yoki keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Respublikamizda qabul qilingan amaldagi qonunlarga ko‘ra, kasbiy zararli omillar ta’sirining ruxsat etilgan darajalari aniqlangan, bu o‘tkir hamda surunkali kasb kasalliklari rivojlanishining oldini oladi. Lekin har doim ham kasbiy zararli omillarni yo‘qotish mumkin emas, chunki fan va texnika bu sohadagi radikal yechimlarni to‘laligicha hal qila olmaydi. Sanoatda va qishloq xo‘jaligida yangi kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi yangi kasbiy zararli omillarning yangi profilaktik chora- tadbirlarini o‘rganishni taqozo etadi. Zararli omillarning ta’sirini sanitar-gigiyenik chora-tadbirlar yordamida himoyalash natijasida kasalliklar kelib chiqishining oldini olish mumkin. Texnologik progress, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash, asbob-uskunalarni modernizatsiyalash zararli omillarni yo‘qotish yoki ularni xavfsiz darajagacha pasaytirishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, sanoatga va qishloq xo‘jaligiga energiyaning zamonaviy turlarini, kimyoviy moddalarni, sintetik mahsulotlarni joriy qilish, mehnatni intensifikatsiyalash va informatsion zo‘riqishlarning oshishi kasb kasalliklarining yangi shakllari rivojlanishiga sharoit yaratadi. Profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqarish faoliyati jarayonida inson sezishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni, ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga olgan holda butunligicha o‘rganib chiqish zarur. Kasbiy omillar kasb kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lishdan tashqari mehnat faoliyati bilan etiologik bog‘liq bo‘lmagan yurak-qon tomir va asab tizimining, nafas olish a’zolari va me’da-ichak yo‘lining, qon hosil qilish a’zolari, tayanch harakat apparati, teri va boshqa kasalliklarning kechishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kasbiy patologiya boshqa klinik fanlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki zararli kasbiy omillar ta’sirida ishlovchining sog‘lig‘ida o‘zgarishlar aniqlansa, uning sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash uchun moddiy kompensatsiya ajratilishi zarur. Kasbiy patologiyaning sanab o‘tilgan asosiy nizomlari uni klinik tibbiyotning murakkab sohalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi va kasb 403 MUNDARIJA MUQADDIMA ................................................................................... 3 UMUMIY BO‘LIM I bob. Kasb kasalliklari fani va uning vazifalari ................................... 5 II bob. Kasb kasalliklari fani rivojlanishining qisqacha tarixi .............. 7 III bob. Kasb kasalliklarining tasnifi, diagnostikasi va davolashning umumiy tamoyillari ........................................................................ 11 IV bob. Kasb kasalliklarida tibbiy deontologiya asoslari .................. 18 V bob. Kasb kasalliklarida vrachlik – mehnat ekspertizasi ..................................................................................... 21 Kasbiy o‘tkir zaharlanishlarda vrachlik mehnat ekspertizasining umumiy tamoyillari ............................................. 22 Surunkali kasb kasalliklarining mehnat ekspertizasi umumiy tamoyillari ........................................................................ 23 Kasb kasalliklarida bemor mehnat layoqatini qay darajada yo‘qotganligining asosiy ko‘rsatkichlari ........................................ 27 VI bob. Kasb kasalliklarining asosiy profilaktik tamoyillari ............. 30 XUSUSIY BO‘LIM VII bob. Ishlab chiqarish changi ..................................................... 35 Ishlab chiqarish changining tasnifi ................................................... 36 Ishlab chiqarish changining fizik-kimyoviy xususiyatlari va uning gigiyenik ahamiyati ........................................................................ 37 VIII bob. Pnevmokoniozlar. Pnevmokoniozlar haqida qisqacha tarixiy ma’lumot ........................................................................................ 41 Silikoz va boshqa pnevmokoniozlar etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, davolash, vrachlik mehnat ekspertizasi va profilaktikasi 41 404 Silikoz ................................................................................................. 52 Silikatozlar .......................................................................................... 67 Asbestoz .............................................................................................. 67 Sementoz ............................................................................................. 69 Karbokoniozlar ................................................................................... 70 Antrokoz va antrosilikoz .................................................................... 71 Aralash chang ta’siri sababli paydo bo‘ladigan pnevmokoniozlar ............................................................................ 72 Elektropayvandchilar pnevmokoniozi................................................. 72 Silikoz va boshqa pnevmokoniozlarni davolash va oldini olish chora tadbirlari ............................................................................. 78 Bemorlarning mehnatga layoqatini ekspertiza qilish .......................... 82 IX bob. Changli bronxit .................................................................... 84 X bob. Kasbiy allergik kasalliklar....................................................... 94 Kasbiy bronxial astma ........................................................................ 96 Ekzogen allergik alveolitlar ............................................................. 108 XI bob. Terining kasbiy kasalliklari .................................................. 113 Terining kasbiy allergik kasalliklarining klinik shakllari .................. 114 XII bob. Fizik omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari .. 118 Mahalliy vibratsiya (tebranish) ta’sirida rivojlangan vibratsiya kasalligi ..................................................... 122 Mahalliy vibratsiya ta’sirida yuzaga kelgan vibratsiya kasalligining tasnifi ...................................................................... 125 Tekshirish usullari ............................................................................. 129 Umumiy vibratsiya ta’sirida rivojlangan vibratsiya kasalligi ....................................................................... 133 XIII bob. Shovqinning odam organizmiga ta’siri ............................. 139 Eshitish analizatoriga shovqinning ta’siri ......................................... 140 XIV bob. Infratovushning odam organizmiga ta’siri ........................ 148 XV bob. Lazer nurlarining odam organizmiga ta’siri ........................ 150 XVI bob. Elektromagnit radio to‘lqinlarining odam organizmiga ta’siri ....................................................................... 155 XVII bob. Ishlab chiqarish sharoitlarida odam organizmiga past va yuqori haroratning ta’siri ............................................ 161 Organizmga past haroratning ta’siri .................................................. 164 XVIII bob. Ishlab chiqarishning zararli va xavfli kimyoviy omillari ......................................................................................... 166 405 Kimyoviy moddalarning zaharliligi va xavfliligi, zaharlilikning asosiy mezonlari ........................................................................... 168 Kimyoviy moddalarning zaharliligi va xavfliligini aniqlovchi omillar .......................................................................................... 170 Zararli va xavfli kimyoviy omillarning ishlovchi xodimlarga ta’sirining oldini olish chora-tadbirlari ........................................ 171 XIX bob. Qo‘rg‘oshin va uning noorganik birikmalaridan zaharlanish ................................................................................... 172 Qo‘rg‘oshindan zaharlanishning differensial diagnostikasi .............. 181 XX bob. Simob va uning noorganik birikmalaridan zaharlanish ... 185 XXI bob. Marganesdan surunkali zaharlanish .............................. 192 XXII bob. Uglerod sulfiddan zaharlanish .................................... 198 XXIII bob. Uglerod oksididan zaharlanish ...................................... 203 XXIV bob. Organik erituvchilardan zaharlanish ............................ 207 Aromatik uglevodorodlardan ( benzol va uning gomologlari) zaharlanish ................................................................................... 210 XXV bob. Nafas olish organlarining toksik - kimyoviy moddalar ta’siridan zararlanishi ................................................................... 223 Zararlanishning o‘tkir shakllari ........................................................ 224 Nafas olish a’zolarining toksik kimyoviy moddalar ta’siridan surunkali zararlanishi .................................................................. 233 Surunkali toksik bronxit .................................................................. 233 XXVI bob. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlardan (o‘tkir va surunkali) zaharlanish ................................................. 235 Fosfororganik pestitsidlardan o‘tkir zaharlanish ............................ 239 Zaharlanishda tibbiy yordam ko‘rsatish ........................................ 246 Xlororganik birikmalar (XOB) dan o‘tkir zaharlanish ................... 247 Pestitsidlardan surunkali zaharlanish ............................................... 250 Surunkali zaharlanishga tashxis qo‘yish ........................................ 253 XXVII bob. Jismoniy zo‘riqish ta’sirida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklar ..................................................................................... 256 Yelka bo‘g‘imi periartriti ................................................................ 257 Yelka suyagi epikondiliti ................................................................. 260 Bilak tendovaginiti .......................................................................... 262 Koordinator nevroz .......................................................................... 264 Kasbiy bel-dumg‘aza radikulopatiyasi (KBDR) ............................. 268 Periferik asab tizimining kasb kasalliklari ........................................ 271 406 Ovoz apparatining kasb kasalliklari............................................... 273 Ko‘rish organi kasalliklari .............................................................. 277 XXVIII bob. Kasbiy onkologik kasalliklar ...................................... 281 Ilovalar .............................................................................................. 291 Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................ 401 Download 39.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling