Kasb etikasi haqida tushuncha
Download 0.99 Mb.
|
kasb etikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir.
- Muomala madaniyati
Madaniyatli tadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak: ishbilarmon hamkor-yaxshi odam.
Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor. Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir. Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson. Obro’ qozonishda hamma narsa muhim: nutq madaniyati, kiyinish, xulq-atvor, ofis interyeri va h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi. Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish. Muomala madaniyati Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi. Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog’liqdir. Masalan, agar suhbat mobaaynida ish beruvchining ko’zlariga qarashga tortinsangiz, u sizni o’ziga ishonmaydigan odam deb o’ylaydi. Muloqotlarda passiv emas, balki faol qatnashuvchi bo’lishga intiling va savol-javob qilishni o’rganing. Shu sabab bilan siz ritorika usullarini, imo ishoralarva mimikalar yordamida suhbatlashishni o’rganing, suhbat davomida o’zingiz4ni tutib turishni, xulqingiz yaxshi bo’lishini ta’minlang shunda siz qay ishda bo’lmang, qay lavozimni egallamang, sizga doim muvaffaqiyatlar hamroh bo’ladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling