Kasb-hunar rang-barang, Har birida turfa rang


Download 196.74 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi196.74 Kb.
#1142959
Bog'liq
Kasb-hunar rang-barang PDF VARIANTI



Kasb-hunar rang-barang,
Har birida turfa rang. 
Inson zebu-ziynati bilim va odobdir. Ularni
shogirlariga sindirgan ustozlargina chinakam ustozdir 
A.Navoiy 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “ Yoshlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib 
tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi boshqichga ko’tarish chora-tabdirlari 
to’g’risidagi (2018-yil 14.08 PQ 3907) hamda farmonlar , murojaatnomalarda kasb –hunarga o’rgatishni 
kichik maktab yoshidan boshlashni alohida ta’kidlab kelmoqdalar. 
Chunki, insonning shaxs sifatida shakllanishi uning bolalik yilllaridan tartib, kamolga yetguniga qadar 
davom etadi. Uni kasbga to’g’ri yo’naltirish, eng avvalo kasbning mazmun mohiyatini tushuntirib berish 
boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy mahoratida bog’liq . Shuningdek, kasb-hunarga yo’naltirish yosh 
avlodni xohishi, layoqati va qobilyatiga mos holda bo’lmog’i lozim. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “ Kelajakda kim bo’lasan? ” Qaysi kasbni egallaysan?” kabi 
savollar bilan murojaat qilinganda ularning aksaryati kasb-hunarni emas,aksincha lavozimni nazarda tutadi va 
shunga qarab javob beradi. 
Birov o’z qiziqishiga tayanib, o’z yo’lini belgilasa, boshqa birov kimgadir havas tufayli tug’ilgan istaklar 
bo’ysinadi. Yana birovlar esa ota-onalarining xohishlariga bo’yin egadilar. 
Biroq, tanlanga kasb, eng avvalo, ko’ngilga yaqin bo’lmog’i kerak. Shu kasbning egasi emas, kasbning 
fidoyisi jonkuyari bo’lmoq darkor. Shu bois o’qituvchilarning bu borada ota-onalar bilar hamkorlik o’rnatishi 
bolaninig kelgusida kasb tanlashi hamda ijtimoiylashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Chunki, bola kelajakdagi kasb haqida qanchalik erta o’ylab, o’z oldiga aniq maqsad qo’ysa, bu 
shunchalik uning kelajakda ham o’z ishining mohir ustasi bo’lishiga muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam 
beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 61.08-2020 yil 6-noyabr Farmoniga ko’ra 2021-2022 o’quv 
yillaridan boshlab “ Kasbga yo’naltirish tizimi ” joriy etiladi. Ya’ni 7- sinf o’quvchilari bilan “ Kasblar 
olamiga sayohat ”, 8-sinf o’quvchilari bilan “ Mening kelajakdagi kasbim ” mavzularidagi so’rovnoma olib 
chiqilib, 9-sinf o’quvchilari bilan esa pedagogik-psixolik suhbat, testlar orqali kasbga yo’naltirish ishlari olib 
boriladi. O’quvchilarni kasbiy moyilligi aniqlanadi. 
Men 33-yillik tajribamdan kelib chiqib kasbiy moyillikni boshlang’ich sinflardan boshlashni ma’qul 
topdim. O’zim ta’lim-tarbiya beradigan 2-“D” sinf o’quvchilari bilan 40 ta kasblar bo’yicha “ Kasb-hunar 
rang-barang, har birida turfa rang ” nomli festival tashkil qildim. O’quvchilar o’zlari tanlagan kasb va 
hunarlariga mos kiyinib, o’z kasblarini ifodalovchi buyum jihozlarni ko’targan holda sahnaga chiqishlari 
bilan ajralib turdi.


Festivalga mohir kasb egalari, hunarmandlar, sobiq o’quvchilarim, ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lgan 
nafaqadagi faxriylar, ustozlar, tadbirkorlar, kasb-hunar maktabi o’qituvchilari, ota-onalar taklif etildilar. Sinf 
xonasi festivalga mos buklet, banerlar bilan bezatilgan. 
Har bir o’quvchi o’zi tanlagan kasbini she’riy yo’l bilan ta’rifladi. Tib ilmining sultoni Ibn Sino og’itlari, 
she’r, qo’shiqlar,turli xil sahna ko’rinishlari maqollar, hadislar, hikmatli so’zlar aytildi, kasbga oid 
krossvordlar yechildi. 
Tadbir qatnashchilari inson hayotida mehnati bilan to’kis va farovon bo’lishini, har bir ksbning 
mashaqqatli va faxrli tomonlari aytib hozirgi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishni
sport inshootlari, “ Barkamol avlod markazlari ” maktab to’garaklariga faol qatnashib turishni tushuntirib 
o’tdilar. 
Tadbir so’ngida Buxoro viloyati ichki ishlar bo’limi boshlig’i, padpolkonik Azim Bozorov, Buxoro 
aksiyadorlik jamiyati menejeri Baxtiyor Raxmonov, G’ijduvon tuman aholi bandligiga ko’maklashish 
markazi direktori Fayoz Mahkamov, G’ijduvon tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi direktor o’rinbosari Abbos 
Maxmudov. Qumoq MFY faoli Shokir Ergashov hamda ustoz va murabbiylarga o’quvchilarni qiziqtirgan 
savollar bilan murojaat qildilar va atroflicha javob oldilar. 
Maktab direktori Shavkat Hasanov tadbirni yakunlar ekan “ Biz yigitlarga 40 hunar oz ” deyishadi. Siz 
kelajakda shu kasblar egasi bo’lish uchun, hozirdan boshlab bilimlaringizni oshirib borishingiz kerak., deya 
maktabning faxri bo’lgan sobiq o’quvchilar tomonidan taqdim etilgan estalik sovg’alar, kitoblarni tadbirda 
faol qatnashgan o’quvchilarga hadya etdilar.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlaymanki, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan 5 tashabbus ijrosini 
ta’minlash, yoshlarni bo’sh vaqtidan samarali va oqilona foydalanish maqsadida maktabda bunday 
festivallarni o’tkazib borish o’quvchilarni jamoada o’zini kelajakda yetuk shaxs bo’lib ulg’ayishiga zamin 
yaratadi.
11-umumta’lim maktabi oliy toifali boshlang’ich ta’lim 
o’qituvchisi Mukarram Komilova. 

Download 196.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling