Kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbirlarini o‘tkazish tartibi
1.Ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarni tabriklash tadbiri “Talabalikka bag‘ishlov” deb nomlanib, sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
2. “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari ta’lim muassasasiga qabul qilingan talabalar sonidan kelib chiqib o‘tkaziladi. Bunda, tadbirlar bir kunni ikki yoki uch qismga bo‘lgan holda tashkil etiladi.
3. “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirini o‘tkazishning ssenariysi joriy yil avgust oyining 28-sanasiga qadar ishlab chiqish va ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq.
4. Ssenariyda quyidagilar aks ettirilishi tavsiya etiladi: - tadbir o‘tkaziladigan joylarning bezatilishi, gullarning mavjudligi, shiorlarning joylashtirilishi; - mazkur joylarda ko‘rgazmalar tashkil etilishi (bunda avvalgi yillardagi tadbirlarning fotoal’bomlari va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi ko‘rgazmali vositalar aks ettiriladi); - ta’lim muassasasi tarixi va bugungi faoliyati haqida videorolik namoyish etilishi; - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining namoyish etilishi; - Tadbirning ochilishi; - Davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining tabrik so‘zlari; - hokimlik vakillariga so‘z berilishi; - ushbu ta’lim muassasasida o‘qib, ko‘p yillar tegishli sohada muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan faxriylar yoki akademiklarning chiqishi; - ta’lim muassasasini oldingi yillarda tamomlab, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sobiq talabalarning chiqishi; - ota-onalarga so‘z berilishi; - o‘qishga qabul qilingan talabalarga so‘z berilishi (shuningdek, mazkur ta’lim muassasasining faxriga aylangan talabalarga so‘z beriladi); - ta’lim muassasasini mazkur yilda tamomlagan bitiruvchilar tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga ta’lim muassasasining ramziy kaliti, ramziy reyting daftarchasi va talabalik guvohnomasining topshirilishi; - yakuniy qism va boshqalar. Ssenariy ta’lim muassasasining o‘ziga xos xususiyati, ko‘p yillik an’analari va ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi mumkin.
5. Tadbir o‘tkazilgan kunning o‘zida uning tafsilotlari turli shakldagi ommaviy axborot vositalarida yoritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |