Dastur nomi
|
Ishlab chiqarish amaliyoti.
|
Ajratilgan soat
|
324
|
O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni
|
28
|
Dasturning maqsadi
|
Amaliyotni o‘tash kasb-hunar maktablari bilan avtokorxona va birlashmalar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq avtokorxonalarda o‘tkaziladi.
Amaliyotning maqsadi:
“Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlash” fanlarini o‘qib tugatilgach uni amaliyot orqali mustahkamlash va korxonalardagi ish uslubi hamda tajribalarni o‘rganishdan iborat.
Amaliyotni o‘tish davrida talabalar avtokorxonaning bo‘limlari bilan tanishadilar.
Tasarruf xizmati ishini chuqurroq o‘rganadilar. Xarakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi bo‘limlari ishini o‘rganadilar. Amaliyotning vazifasi:
Talabalar avtokorxonada bajargan ishlarini o‘z kundalik daftariga qayd qilib boradilar.
Amaliyot davrida o‘rgangan bilimlari va
ishlarini xisobot tariqasida yozib amaliyot so‘ngida kollejga toshiradilar. Amaliyot
xisobotini talaba, kollejdan amaliyot rahbari, avtokorxonadan amaliyot rahbari o‘z familiya va imzosi bilan tasdiqlaydilar va avtokorxona muxri qo‘yiladi. Amaliyot hisobotini kollejdagi amaliyot rahbari qabul qiladi va kollej arxiviga topshiradi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga tashxis qo‘yish;
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga servis xizmat ko‘rsatish;
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarni joriy ta'mirlash;
-yengil avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |