Diagnostik testlar - 17.Hayotda asosiy narsa-bu... a) ijod bilan shug‘ullanishga imkoniyat bo‘lishi; b) sog‘lom hayot tarzini olib borish imkoniyati; c) o‘z ishlaringni aniq rejalashtirish imkoniyati.
- 18. Davlat birinchi o‘rinda g‘amho‘rlik qilishi kerak... a) fuqoralarning huquq va manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida; b) fan va texnika sohasidagi yutuqlar to‘g‘risida; c) fuqarolarning moddiy manfaatdorligi to‘g‘risida.
- 19. Menga ko‘proq yoqadigan darslar... a) mehnat; b) jismoniy tarbiya; c) matematika.
- 20. Menga ko‘proq quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanish qiziq bo‘lar edi... a) mahsulotlarni tarqatish; b) buyum ishlab chiqarish; c) mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirish.
- 21. Men quyidagi mavzularda maqolalar o‘qishni yoqtiraman... a) taniqli olimlar va ularning yaratgan yangiliklari haqida; b) qiziqarli kashfiyotlar haqida; c) yozuvchilar, rassomlar va musqachilarning hayot va ijodi to‘g‘risida.
- 22. Bo‘sh vaqtimda men yoqtiraman... a) kitob o‘qishni, fikrlashni, mulohaza yuritishni; b) biror narsani yasash, tikish, hayvonlarni va o‘simliklarni parvarishlashni; c) ko‘rgazmalarga, konsertlarga, muzeylarga borishni.
- 23. Quyidagi yangiliklar menda katta qiziqish uyg‘otadi... a) fan olamidagi yangiliklar; b) badiiy ko‘rgazmalar haqidagi yangiliklar; c) iqtisodiy vaziyat to‘g‘risidagi yangiliklar. 24. Men ishlashni afzal ko‘rar edim... a) odamlar ko‘p bo‘lgan xonada; b) oddiy bo‘lmagan (noana’naviy, ekstremal) sharoitlarda; c) oddiy xonada.
Do'stlaringiz bilan baham: |