Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari Reja: Kasbiy psixologiya maqsad va vazifalari


Bu o‘zgarishlami N.D. Levitov ko‘rsatganidek uchta guruhga birlashtirish mumkin


Download 30.31 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1612707
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasbiy psix

Bu o‘zgarishlami N.D. Levitov ko‘rsatganidek uchta guruhga birlashtirish mumkin:

  1. Birinchi guruh - motivatsion komponentlar bo‘lib, bu ijtimoiy ahamiyatlilik bilan bog‘liq bo‘ladi. Motivlarda insonni ma’lum bir kasbni egallashni xohlashi yoki xohlamasligi bilan bog‘liqtomonlar ochib beriladi. Motivlaming shakllanishi esa kasbni jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatliligi, ahloqiy tomonlarini hurmatlashi kabi tomonlar bilan o‘lchanadi. Shu bilan birga motivga mehnatga beriladiganhaq, kasbiy va kasbdan tashqaridagi hayot obrazi va shu kabilar ta’sir etadi. Bundan tashqari motiv bo‘lib oilasini ta’minlanganlik darajasi, tengdoshlarini fikrlari, ish joyini yaqin va uzoqligi, ota - onasining fikrlari va shu kabilar kiradi. Albatta motivga insonni o‘zini mehnatidan oladigan qoniqish ham kiradi.

  2. Ikkinchi guruhga - klassifikatsiya komponentlari kiradi. Deyarli hamma kasblar oldindan tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Bilish va uddalash qanday tarzda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, o‘qish orqali yoki amaliy otda egallanadimi u kasbga bo‘lgan munosabatda va unga bo‘lgan layoqatda ko‘rinadi. Insonni mehnatga bo‘lgan layoqati uning psixofiziologik imkoniyatlaridan, o‘zining xohishidan, ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqadi. Inson har qanday kasbni egallay olishi uchun eng awalo unda layoqat bo‘lishi, o‘zida bilimga va malakaga ehtiyoj sezishi muhimdir.

  3. Uchinchi guruhga -shaxsning individual- psixologik xususiyatlari kiradi. Albatta motivlami shakllanishida va uddalay olishda psixologik xususiyatlar muhim hisoblanadi. Lekin uni alohida о‘rganish obyekti sifatida qarash kerak. Bir kishini ikkinchisidan ajratib turadigan ko‘plab belgilardan doimiy yuz beruvchilariga e’tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Bu belgilar asosan biologik va tabiiyligiga bogiiq bo‘ladi. Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lgan “inson -kasb” munosabatlarida bu tomonlar uning o‘rganish predmeti sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaxsga xos bo‘lgan individual - psixologik xususiyatlar insonni o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari, ya’ni temperamenti, xarakteri, qobiliyati, dunyoqarashi kabi tomonlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi

TEST
1 Psixika nima ?



  1. yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi

  2. Insonni emotsional holati

  3. Insonni boshqarib bo`lmaydigan hislari

2 Psixologiya nima ?

  1. psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan

  2. Insonni harxil holatlarga bo`lgan javobi

  3. Affect holat

3 Kasbiy psixologiya fanining maqsadi nimadan iborat

  1. texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari

  2. inson va texnika o`rtasidagi munosabat

  3. texnika haqidagi fan

4 Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining nechta bosqichi mavjud?

  1. 3

  2. 5

  3. 2

  4. 4

5 Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya nechta tarmoqlarga bo‘linadi.

  1. 5

  2. 6

  3. 3

  4. 4

6 Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

  1. mulokot psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi

  2. muxandislik psixologiyasi, profilaktika faoliyati psixologiyasi

  3. inson-texnika munosabatlari psixologiyasi , kasbiy faoliyat psixologiyasi

7 … ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.

  1. Yosh davr psixologiyasi

  2. Pedagogik psixologiya

  3. Muhandislik psixologiyasi

8 Muloqot psixologiyasi …..

  1. SHaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi

  2. inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i

  3. shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi

9 Kasb psixologiyasining muhim jihatlari nimalardan iborat?

  1. faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi

  2. faoliyat, ish jarayoni, ishga talabchanlik

  3. Kasb tanlash, kasbga moyillik, uni predmetlarini o`rganish

10 Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos” so‘zidan olingan bo‘lib……

  1. «jon», «ruh» haqidagi fan

  2. «predment», «jism» haqidagi fan

  3. «jon», «tana» haqidagi fan



Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling