Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish


Download 86 Kb.
bet2/6
Sana15.11.2023
Hajmi86 Kb.
#1775772
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kasb ta’limida texnik vositalardan foydalanish

Doskaning afzalliklari:

  • arzonligi;

  • ma’lumotlarni taqdimot qilish uchun qо‘layligi;

  • yozuvlar yozish uchun ishlatilishi;

  • asosiy punktlarni tushuntirish uchun foydalanish mumkinligi;

  • chizma va grafiklarni chizib kо‘rsatish mumkinligi;

  • diqqatni jalb qilish uchun foydalanilishi.

Doskadan foydalanishdagi kamchnliklar:

  • doskaga diqqat bilan yozish ta’lim beruvchidan doskaga qarashini talab kiladi, buning uchun u ta’lim oluvchilarga teskari о‘girilishga majbur bо‘ladi;

  • doskadagi yozuv (tasvir) saqlanishi mumkin emas va shuning uchun uni kayta qо‘llash mumkin emas;

  • doskaga yozish kо‘p vaqtni talab qiladi.


Flipchart doska.
Flipchart doskaga juda о‘xshashligiga qaramasdan, kо‘pgina farqlar ham mavjud. Flipchartning eng asosiy qоulayligi - bu matnni о‘chirmasdan yozib ketaverish imkoniyatining borligi, ya’ni joy etishmasligidan yozilgan yozuvlarni o`chirishga hojat yо‘q faqat yetarlicha qog‘oz bо‘lishi talab etiladi. Shunday qilib, barcha fikr-mulohazalarni saqlash mumkin, hatto bir necha kundan sо‘ng bu qog‘ozni yana osib quyish va munozarani davom ettirish mumkin. Flipchartning boshqa qulayligi, sinfdagi devor yoki doskaga birin – ketin hamma varaqlarini yopishtirish imkoniyati hisoblanadi. Butun guruh ishining natijalarini bir paytda kо‘rish, taqqoslash va saqlab qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yо‘q.
Flipchartdan nima maqsadda foydalaniladi?

  • guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi tadbirlarda ishlatish uchun;

  • jarayonning bosqichlarini kо‘rsatish uchun;

  • taqdimotni tashkillashtirish uchun;

  • turli masalalar bо‘yicha asosiy qismlarini ajratib kо‘rsatish uchun.

Flipchartning afzalliklari:

  • flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi;

  • foydalanishning qо‘layligi;

  • taqdimot uchun foydalanish mumkinligi;

  • varaqalarni saqlab qо‘yib, kerakli vaqtda undagi ma’lumotlardan takror foydalanish mumkinligi;

  • turli rangli markerlardan foydalanish imkoniyati;

  • о‘quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalanish mumkinligi.


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling