Касб-ҳунар коллежлари таълим жараёнида информацион технологияларидан фойдаланишнинг


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/44
Sana09.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#264003
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
servis xizmati yonalishi boyicha gosht va goshtli mahsulotlarni ozuqaviy qi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

68 


XULOSA 

 

O`zbekiston  respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so`ng  ta`lim  soxasiga 



ham katta e`tibor qaratildi. Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan 

orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo`lmaslik, bir 

so`z  bilan  aytganda,  ertangi  istiqbolimiz,  ertangi  iqbolimiz  barcha  ezgu 

niyatlarimizning  amalga  oshirilishida,  birinshi  navbatda  bizning  o`rnimizga 

kelayotgan  yosh  avlodni  har  tomonlama  yetuk  insonlar  qilib  tarbiyalashga  va 

barkamol  shaxs  qilib  voyaga  yetkazishga  chambarchas  bog`liqdir.  Maktablarda  

o`quvchilarning  go`sht  va  go`shtli  mahsulotlarni  ozuqaviy  qiymati,  ahamiyatiga 

oid  ko`nikma  malakalarini  shakllantirish,  hamda  pedagogik  va  psixologik 

tamoyillari olindi. 

Bu  o`zgartirishlar  rivojlangan  mamlakatlarning  pedagogika  sohasidagi 

tajribalarini,  to`plagan  bilimlarini  va  erishgan  yutuqlarini  har  tomonlama 

muhokama qilish va hozirgi zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlarining ta`siri 

natijasiga ko`ra amalga oshirilayotgan ishlardir. 

YUqoridagi  fikrlar  asosida  va  bitiruv  malakaviy  ishning  mavzusiga  oid 

adabiyotlarning  tahlili,  ishlab  chiqarish  iqtisodiyoti    jarayonidagi  tahlili  va  ilmiy 

izlanish natijasida quyidagi masalalarni hal qilishga harakat qilindi: 

―Go`sht va go`shtli mahsulotlarni ozuqaviy qiymati, ahamiyati‖ bo`limidan 

o`quvchilarni bilimini oshirishga oid uslubiy tavsiyalar yaratildi.  

Maktab ta`lim jarayonida pazandachilikga oid ma`lumotlardan foydalanishda 

amaliy  mashg`ulotlarini  tashkil  etishda  qo`llanilgan  ta`lim  metodlari  haqida 

tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Izlanishlar  shuni  ko`rsatadiki,  yo`nalishlar  asoslarini  o`rganish  jarayonini 

jamoa  bo`lib  muhokama  qilish,  har  bir  o`quvchi  o`zi  ko`rgan  va  ishlatgan 

texnologiyalarni  hamda  uni  tashkil  qilgan  jihozlarni  turlari,  tuzilishlarini 

tushuntirib berishi, ularning afzalliklari va kamchiliklarini bilgan holda foydalanish 

samarali hisoblanadi. 




 

69 


Mashg`ulotlarda  o`quv  maqsadlari  uchun  ma`lumotlarga  ega  bo`lgan 

xujjatlardan  foydalanish,  yo`nalishlar  asoslarini  yanada  takomillashtirish,  turli  xil 

taomlarni  tayyorlash  tajribalaridan  foydalanish  kabi  metodlarni  qo`llash, 

o`quvchilarni bilimlarini va dunyoqarashlarini rivojlanishiga asos bo`ladi. 

Mashg`ulotlarda  o`quvchilarga  o`rgatish  jarayonida  ularning    tushuna  olish 

qobiliyatlarini,  bilim  olish  darajasini  aniq  belgilash  uchun  o`qituvchi  psixologik 

bilimga ham ega bo`lishi kerak. O`quv jarayonini o`quvchilarning har tomonlama 

o`sishi  uchun  qo`llash  kerak.  YA`ni  zamonaviy  o`qish  va  o`qitish  jarayonlari 

o`qituvchi  va  har  bir  o`quvchi  o`rtasidagi  alohida  muloqotdan  iboratdir.  SHu 

jumladan, «YAngi pedagogik texnologiya» deganda, o`qituvchi va   o`quvchining 

bevosita  o`zaro  bog`lanishlarini  o`quvchi  ongiga  ta`sir  ko`rsata  olishlari  o`z  

aksini topishi deb tushuniladi.   

 

  

O`qitishni  izlanishlar,  o`zlari  uchun  qonunlarni  ochishi  bilan  birga  bilim 



cho`qqilarini  egallab  borishlariga  bog`liqdir.  Buning  uchun  o`quvchilarni  o`qishga 

bo`lgan  munosabatini  yaxshilash,  ularni  qiyinchiliklarni  yengishga  o`rgatish  va 

ijodkorlik tasavvurlari, o`y-fikrlarini takomillashtirish va iqtisodiy savodxonliklarini 

oshirish zarur.  

Bugun  biz  har  tamonlama  mukammal  darajada  bo`lgan  kadrlarni 

tayyorlashdan  oldin,  o`zimiz  mukammal  darajada  tayyor  bo`lishimiz  kerak. 

CHunki  hozirgi  zamonimiz  iqtisodiy  barqarorlik  asri  bo`lib,  rivojlana  bormoqda. 

Bu  albatta  mustaqil  yurtimizning  o`z  mustaqil  fikriga  ega  bo`lgan  farzandlarini 

tarbiyalashni taqozo qiladi. 

Malakaviy  ish    mashg`ulotlarni  pedagogik  texnologiyalardan  foydalangan 

holda  o`rgatishda,  ijodkor  yoshlarni  tarbiyalashga  qodir  bo`lgan  pedagog 

xodimlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishda  foydalaniladigan  didaktik 

hamda  metodologik  vositalardan  biri  bo`lib  xizmat  qiladi  va  o`quvchilarni 

rivojlanishiga asos bo`ladi deb o`ylaymiz. 

 

 

 




 

70 



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling