Kasbga yaroqlilik, qiziqishlar, moyilliklar va qobilyat mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.63 Mb.
|
Kasb hunarga yo'naltirish mustaqil ish
Kasblarning tiplari
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo‘linadi. 1. «Odam-tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urugshunos, meva-sabzavotchilik, davlat urug‘chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-analiz laboranti, zootexnik, agranom. «Odam-tabiat» tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: O’simliklar organizmi mehnat predmet bo‘lgan kasblar; xayvonlar organizmi mehnat predmeti bo‘lgan kasblar: mikroorganizmlar mehnat predmeti bo‘lgan kasblar. 2. “Odam-texnika”. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o‘xshashlar) materiallar, energiya turlaridan iborat bo‘ladi. Jonsiz tabiat obyektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlalari) ham ko‘p jihatdan shularga o‘xshagan bo‘ladi. Bu yerda xodimlarning mehnati faqat texnikagagina qaratilib qolmaydi, albatta. Chunonchi, xaydovchlar ish vaqtida yo‘lovchilar bilan muloqotga kirishadi, kran mashinisti (kranchi) qishloq xo‘jalik xahvonlari qamalgan qafaschani ortish bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkun va xokazo. Lekin baribir mazkur holatlarda xodimlarning g‘amxo‘rlik qiladigan yetakchi predmeti - texnika obyektlari va ularning xususiyatlarni bo‘lib qolaveradi. 3. «Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o‘quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o‘zingiz jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi. Makzur tipga kiradigan kasblar sotuvchi, sartarosh, kompleks qabul punktida buyurtmalarni qabul qiluvchi va boshqalar; axborot xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar, shaharlararo aloqa operatori, ma’lumotlar byurosi xodimi, ekskursovod va boshqalar. 4. «Odam-belgilar tizim». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo‘l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur. «Odam-belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar; sonlar, miqdoriy nisbatlar mehnat predmeti hisoblangan kasblar: hisoblash mashinalarining operatori, nazoratchi-g‘aznachi, dasturchi, hisobchi, texnik-rejalashtiruvchi va boshqalar. 5. «Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehmat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish bo‘yicha duradgor, toshga o‘yib gul soluvchi, poyabzal konstruktor-modelyeri, dizayner-rassom, musiqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: pianino va royallarni sozlovchi, bastakor va boshqalar; adabiy-badiiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: badiiy adabiyot muharriri, adabiy xodim va boshqalar; aktyorlik-sahna faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: teatr artista, estrada artisti va boshqalar. Kasblarning turkumlari Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularni uchta turkumga ajratib ko‘rsatish mumkin. 1. Gnostik kasblar. Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis» - bilim, bilish degan ma’noni anglatuvchn so‘zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya’ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug‘ullanish mumkin deb o‘zingizga odat bo‘lib qolgan tarzda o‘ylaydigan bo‘lsaniz, u holda bunday fikrdan yuz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bilish, o‘rganish mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar mavjud bo‘lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortiga ajratuvchilar, piromotristlar ana shunday kasbdagi kishilardir. Bu turkumdagi kasbga oid mehnatning maqsadi turlicha: mahsulotni navlarga ajratish, oldindan ma’lum bo‘lgan belgidarga qarab tekshirshi, baho berishdan iborat bo‘lishi mumkin. 2. O’zgartiruvchi kasblar. Juda ko‘p kasblar mehnat predmetlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning o‘zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o‘quvchilarni uyushtirdi va ular ko‘chat o‘tkazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu misolda faqat tabiatning o‘zgarganligi to‘g‘risida gapirish kifoya qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi va hokazo. O’zgartiruvchi kasblar turkumiga oid misollarni ilgari ko‘rib chiqilgan kasblarning besh tipidan istagan bittasida qo‘llab tonish mumkin. O’zgartiruvchi kasblar xodimdan muayyan fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shunchaki, talab qilibgina qolmay, shu bilan birga o‘sha fazilatlarni faol ravishda rivojlantiradi ham. Mazkur turkumga oid kasblarning yana bir o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish kerak. Mehnat predmetini amaliy ravishda o‘zgartirish xodimdan aqliy faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi. Mehnatning aqliy (intellektual) tomoni ko‘pincha tashqaridan kuzatganda ko‘zga ko‘rinmaydi. Kasb tanlayotgan vaqtda va keyinchalik o‘sha kasbni yaxshi egallab olinayotgan vaqtda mehnatning ana shu ko‘zga ko‘rinmaydigan, yashirin tomonini ko‘ra bilishni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. 3. Tadqiqotchilik kasblari. Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, giologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadqotlar bilan, albatta, bog‘liq kasb bo‘lsa kerak, deb o‘ylamaslik kerak. Bu yerda o‘zgartiruvchi turkumga yaqin bo‘lgan kasblar to‘g‘risida gap boradi. Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi qandaydir bir noma’lum narsani, buning ustiga ko‘pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo‘ladi. Buni biz poyabzal sirtini tayyorlaydigan bichiqchi ustaning ishi misolida tasvirlab berishga harakat qilamiz. U bir parcha charmni qo‘liga olib, uni pressning plitasi ustiga qo‘yadi, material ustiga qirqish asbobi keskichni joylashtiradi, udarnikni ish ustiga shunday yaqinlashtiradiki, u shundaygina keskich ustiga kelib qoladi va shundan keyingina stanokni yurgizadi. Sirtdan qaraganda, hammasi oddiy ishga o‘hshab tuyuladi. Lekin har bir charm parchasi o‘zining shakli, o‘lchovi, yaqqol ko‘zga ko‘rinib turgan va ko‘rinmay turgan sifatlari bo‘yicha boshqa hech bir shunday charm parchasiga o‘xshamandigan darajada betakrordir (charmning turli joylari qalinligi bilan bir-biridan farq qiladi, turlicha deformasiyalanadi, unda yorilgan, kesilgan joylar va boshqa shunga o‘xshash nuqsonlar mavjud bo’ladi, materialning turli kesishlari poyabzalning muayyan detallarini tayyorlash uchun yaroqli bo‘ladi. Charm - qimmatbaho material, shuning uchun undan juda oz darajada chiqindi chiqadigan qilib bichish ayniqsa muhim ahamnyatga egadir. Har bir material parchasi qo‘lga olinganda bu haqda uzoq o‘ylab o‘tirish uchun vaqt yo‘q. Shunday bo‘lgach, har safar ayni mana shu charm parchasi bichig‘ining qanday qilib eng yaxshi variantini topish mumkin, qanday qilinganda eng tejamli va eng sifatli variant bo‘ladi, degan murakkab vazifa ko‘ndalang bo‘lib turadi.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling