Kasbga yo’naltirish va uning ahamiyati


Kasb tanlashga yo‘llashda o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining vazifalari


Download 117.45 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi117.45 Kb.
#1777533
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 mavzu

2. Kasb tanlashga yo‘llashda o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining vazifalari.
O‘quv muassasasi rahbarining (direktorning) o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalari quyidagilardan iborat:


  • maktabda kasb tanlashga yo‘llashga rahbarlik qiladi, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, uslubiy (metodik) birlashmalarining kasb tanlashga yo‘llash ishlari rejasini qarab chiqadi va tasdiqlaydi.

  • maktabda tashqil etiladigan o‘quv uslubiy birlashma yig‘ilishlarida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash masalalarini muhokama etilishini nazorat qiladi.

  • maktabdagi kasb tanlashga yo‘llash ta’limi va qo‘shimcha mashg‘ulotlar jarayonini to‘g‘ri tashqil etish;

  • o‘quv dasturini bajarishni ta’minlash;

  • darslarning holati bilan tanishib borish;

  • qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashqil etadi;

  • o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va o‘qituvchilarning uslubiy ishlariga rahbarlik qilish;

  • dars jadvali tizimida kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlar berish, dars va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni nazorat qilish;

  • kasb tanlashga yo‘llash ishlarini va fan to‘garaklarini boshqarish;

  • o‘qituvchilarning darslarida ishtirok etish hamda ko‘rsatmalar berish va boshqalardan iborat.

O‘quv muassasasi rahbarining (direktorning) tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalari quyidagilardan iborat:

  • maktabda sinfdan va maktabdan tashqari kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlar berish, dars va qo‘shimcha mashg‘ulotlarning sifat samaradorligini oshirish yuzasidan uslubiy yordam ishlarni bajarish;

  • ularga rahbarlik qilish;

  • maktabda ongli intizomni mustahkamlash;

  • davomatni yaxshilash;

  • kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlarni berib borish orqali ota-onalar bilan ishlashni tashqil etish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish.

Bundan tashqari maktab direktorining tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari quyidagi ishlarni ham amalga oshiradilar:
- turli sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga yo‘llash (ularga turli kasblar to‘g‘risida bilimlar berish) tadbirlarining taxminiy mavzuli rejasini ishlab chiqadi;
- maktab klublari tarmog‘ini o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali ishlari va ishlab chiqarish mehnatini rejalashtiradi va tashqil qiladi;
- o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalari, mehnat va dam olish oromgoxlari ishini takomillashtiradi;
- o‘quvchilar va ota-onalarga kasblar to‘g‘risida bilim va ko‘rsatmalar berishga doir sinfdan tashqari tadbirlarni amalga oshiradi;
- o‘quvchilar va ota-onalarga yakka holda maslahatlar tashqil etadi va o‘tkazadi;
- maktabning ishlab chiqarish otaliq korxonalari, ota-onalar qo‘mitasi va kasb hunar kollejlari, akademik litseylar bilan olib boradigan ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi;
- Kasb tanlashga yo‘llash ishi qator tomonlarni, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, meditsina-fiziologik tomonini o‘z ichiga oladi.


Download 117.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling