Kasbga yo’naltirish va uning ahamiyati
Sinf rahbarining kasb tanlashdagi o‘rni
Download 117.45 Kb.
|
2 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinf raxbari tomonidan
3. Sinf rahbarining kasb tanlashdagi o‘rni.
Sinf rahbarining vazifalari avvalo o‘quvchining shakillanayotgan taxtini, uning mayllari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va xar tomonlama o‘rganishdan iborat. Bu sohada unga fan o‘qituvchilari, ota-onalar bilan suhbatlar, kasb tanlash varaqasini to‘ldirish va o‘quvchining shaxsiy varaqacha-tavsifnomasini to‘ldirgan holda uni muntazam ravishda kuzatishga yordam beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashda muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga yo‘naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, qo‘shimcha mashg‘ulotlardan va ekskursiyalardan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirish ishi o‘quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam aloqada o‘tkaziladi. Sinf raxbari tomonidan: -maxsus sinf mashg‘ulotlari, yig‘ilishlar, kechalar, kasblarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati haqida o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkaziladi; -anketalar tarqatish, kuzatish va shaxsiy suhbatlar yo‘li bilan 9-sinf o‘quvchilarining qaysi kasbni tanlash niyatida ekanligini aniqlaydi; -o‘quvchilarni turli xil mehnat sohalari va eng ko‘p tarqalgan kasblar, shu jumladan, o‘zi yashab turgan tumandagi kasblar bilan tanishtiradi, bu ishga ota-onalar, korxona mutaxassislarini jalb qiladi; -o‘quvchilarni to‘garak yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlarga, kasblar bo‘yicha o‘quvchilarni turli guruhlarga jalb qilish yo‘li bilan xar bir o‘quvchining qiziqish va mayllarini rivojlantirishga doir sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishiga erishadi, -o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali ishlarini tashqil etadi va rejalashtiradi, ishlab chiqarish guruhlari mehnat va dam olish oromgohlarini tashqil etadi, kasb tanlashga yo‘llash maqsadida 4-9-sinf o‘quvchilarining qiziqishi, mayllari va qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘rganadi, kuzatish natijalarini qayd qiladi; -to‘garak rahbarlari, turli xil fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar guruhlarining rahbarlari kasblar bo‘yicha birgalikda 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar o‘tkazadi. Ularning maqsadi xar bir o‘quvchining kasblarni ongli tanlashi va ma’lumot olishni davom ettirish yo‘llarini belgilashiga yordam ko‘rsatishdan iborat. O‘quvchilar yiliga bir marta kasb tanlash varaqasini to‘ldiradilar. Bundan maqsad-o‘quvchilarning xayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari kasb tanlash varaqasi asosida o‘quv yili oxirida kasbga yo‘naltiruvchi maktab kengashiga topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka darajasi bo‘yicha kasb egallagan hamda o‘qish va ish xususidagi o‘z istaklarini bildirgan 9 sinf o‘quvchilarining ro‘yxatlarini tuzadilar. Demak, o‘quvchilarni ishchi kasblari bilan tanishtirishda sinf rahbarining roli benihoya katta bo‘lib, u o‘quvchilarning ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqishlarini, ayniqsa, fan o‘qituvchilarining o‘quvchi haqidagi ma’lumotlarini hamda o‘quvchilarning qobiliyati va sog‘lig‘i tanlaydigan kasbiga mos kelish-kelmasligini hisobga olib ish ko‘rishi kerak. Sinf rahbarining o‘quvchilarni ishchi kasblari bilan tanishtirishdagi vazifasi juda murakkabdir, chunki uning oldida o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini aniqlash va tarkib toptirish, kelajakda ongli va adashmay kasb tanlashi uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar turadi. Sinf rahbarining kasb tanlashga yo‘llash bo‘yicha olib boradigan ishlari oldindan o‘ylab qo‘yilgan va rejada ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Quyida sinf rahbarining kasb tanlash ishi bo‘yicha yarim yilga tuzilgan taxminiy rejasi keltirilgan. Download 117.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling