2. Kasb tanlashga yo‘llashda o‘quv ishlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining vazifalari.
O‘quv muassasasi rahbarining (direktorning) o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabda kasb tanlashga yo‘llashga rahbarlik qiladi, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, uslubiy (metodik) birlashmalarining kasb tanlashga yo‘llash ishlari rejasini qarab chiqadi va tasdiqlaydi.
maktabda tashqil etiladigan o‘quv uslubiy birlashma yig‘ilishlarida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash masalalarini muhokama etilishini nazorat qiladi.
maktabdagi kasb tanlashga yo‘llash ta’limi va qo‘shimcha mashg‘ulotlar jarayonini to‘g‘ri tashqil etish;
o‘quv dasturini bajarishni ta’minlash;
darslarning holati bilan tanishib borish;
qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashqil etadi;
o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va o‘qituvchilarning uslubiy ishlariga rahbarlik qilish;
dars jadvali tizimida kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlar berish, dars va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni nazorat qilish;
kasb tanlashga yo‘llash ishlarini va fan to‘garaklarini boshqarish;
o‘qituvchilarning darslarida ishtirok etish hamda ko‘rsatmalar berish va boshqalardan iborat.
O‘quv muassasasi rahbarining (direktorning) tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabda sinfdan va maktabdan tashqari kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlar berish, dars va qo‘shimcha mashg‘ulotlarning sifat samaradorligini oshirish yuzasidan uslubiy yordam ishlarni bajarish;
ularga rahbarlik qilish;
maktabda ongli intizomni mustahkamlash;
davomatni yaxshilash;
kasb tanlashga yo‘llash va kasbga oid ma’lumotlarni berib borish orqali ota-onalar bilan ishlashni tashqil etish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Bundan tashqari maktab direktorining tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari quyidagi ishlarni ham amalga oshiradilar:
- turli sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga yo‘llash (ularga turli kasblar to‘g‘risida bilimlar berish) tadbirlarining taxminiy mavzuli rejasini ishlab chiqadi;
- maktab klublari tarmog‘ini o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali ishlari va ishlab chiqarish mehnatini rejalashtiradi va tashqil qiladi;
- o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalari, mehnat va dam olish oromgoxlari ishini takomillashtiradi;
- o‘quvchilar va ota-onalarga kasblar to‘g‘risida bilim va ko‘rsatmalar berishga doir sinfdan tashqari tadbirlarni amalga oshiradi;
- o‘quvchilar va ota-onalarga yakka holda maslahatlar tashqil etadi va o‘tkazadi;
- maktabning ishlab chiqarish otaliq korxonalari, ota-onalar qo‘mitasi va kasb hunar kollejlari, akademik litseylar bilan olib boradigan ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi;
- Kasb tanlashga yo‘llash ishi qator tomonlarni, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, meditsina-fiziologik tomonini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |