“Касбий педагогик фаолиятга кириш” фанидан


Download 100.01 Kb.
bet2/3
Sana03.01.2023
Hajmi100.01 Kb.
#1075895
1   2   3
Bog'liq
25-Mavzu

Eslab qolish.
3. Qaror qabul qilish. Rahbar qaror qabul qilayotib, tabiiyki, oʼzining bilim va tajribasiga suyanadi. Bunda aql - zakovat, yetuklilik, idrok qilish qobiliyati, fikrlash, xotira, eʼtibor va tasavvur asosiy rolь oʼynaydi. Talab yuqori boʼlganda aql - idrok maksimal darajada koʼrinishda boʼlib, eng avval oʼtkir aqlni, aktual professional bilimlarni mantiqiy rivojlantirishni nazorat qilish mavjud holat va faoliyatini aniq va tez baholay olish qobiliyatini ifodalaydi.
4. Аxborotni «yuqoridan» qabul qilish. Normal sharoitlardagi faoliyatda rahbarda koʼrsatma, yoʼl - yoʼriq topshiriqlarni koʼrib chiqish «muhit norozilik»ning oldini olish uchun ularning ijrosini qoʼl ostidagilarga aniq yetkazib bera olish talab qilinadi. Murakkab vaziyatlarda jamoada epchillik va isteʼdod namoyon qilish muhim, zarur boʼlganda rahbariyat oldida oʼz fikrini yoki qoʼl ostidagi odamlarning nuqtai-nazarini himoya qilishi lozim.
6. Buyruqni amalga oshirish. Har qanday sharoitda buyruqni amalga oshirishning sharti topshiriqning mantiqiy ifodasi, aniqlikdir. Аmmo faoliyatning eng murakkab vazifalarda ham, undan tashqari, sovuqqonlik, vazminlik, oʼz – oʼzini nazorat qila olishlik xislatlarini ifoda etishi lozim.
7. Boʼysunuvchilarga talabchanlikni namoyon qilish. Harakatning har qanday sharoitida rahbardan pedagogik odob, tadbirkorlik, jamoa aʼzolaridan har bir shaxsning oʼziga xosligini hisobga olib, oʼz talabchanligini ifoda eta olish, ammo shu bilan birga qiyin vaziyatlarda u printsipli, qatʼiy, mustahkam xarakterli ekanligini koʼrsata olishi zarur. Chigal, oʼzaro munosabatlarda bu fazilatlar rahbarda, alohida oʼziga xos qobiliyat tugʼdiradi. Bu pedagogik printsipiallik boʼlib, shaxsga nisbatan xurmat bilan munosabatda boʼlishni, tarbiyalovchi maqsadni va talabning izchilligini oʼz ichiga oladi.
8. Boʼysunuvchilarning fikrlash qobiliyatini ragʼbatlantirish. Bunda rahbarning qobiliyati chiqargan qarorlarida, boʼysunuvchilar tashabbuskorligida, reja, topshiriqni muhokama qilishda qulay fursat yaratganligida, tashabbuskorlikka va ixtirochilikni rivojlantirganligida, iqtisodiy manbalar, materiallar va xokazolarni qidirib topganligida koʼrinadi. Rahbar tomonidan alohida kuch – gʼayrat talab qiladigan sharoitlarda fikrlash faoliyatini rivojlantirish faqat uning faolligi orqali roʼyobga chiqavermaydi. Rahbar yordam soʼrab murojaat qilgan har bir odamning yoki jamoaning fikr yoʼnalishini qandaydir darajada oldindan oʼqiy olishi lozim (koʼra bilishi).

Download 100.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling