“Касбий педагогик фаолиятга кириш” фанидан
Download 100.01 Kb.
|
25-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvaffaqiyatli boshqaruv sirlari. Taʼlim va tashkilotlar boshqaruvidagi tafovutlar. Talabalarning boshqaruvchi shaxs sifatidagi tayyorgarlik darajalari
25-Mavzu:Taʼlimda boshqaruv faoliyatiga psixologik tayyorlash Reja:Muvaffaqiyatli boshqaruv sirlari. Taʼlim va tashkilotlar boshqaruvidagi tafovutlar. Talabalarning boshqaruvchi shaxs sifatidagi tayyorgarlik darajalari Rahbar psixologiyasiga xos xususiyatlar. Rahbarlik va liderlik. Boshqaruv uslublarining farqli va oʼzaro bogʼliq jihatlari. Shaxs imidjini yaratish. Oʼz oʼzini taqdim qilish texnologiyalari 1. Muvaffaqiyatli boshqaruv sirlari. Taʼlim va tashkilotlar boshqaruvidagi tafovutlar. Talabalarning boshqaruvchi shaxs sifatidagi tayyorgarlik darajalariBugungi kunda ishning muvaffaqiyati koʼp jihatdan korxona rahbarlarining mahoratiga bogʼliq. Ular oʼzlarining qoʼl ostidagilarini (boʼysinuvchilar) xolisona va har tomonlama, yaʼni professional (kasbiy) hamda shaxsiy fazilatlarini, iqtisodiy foydaliligini va boshqa koʼpgina munosib tomonlarini baholashda ilmiy yondashadi. Xali hamma tajribali rahbarlar ham bunday mahoratta ega emas. Jamoa rahbari ijtimoiy - psixologik muhitga oʼzining shaxsiy fazilatlari va ish usuli orqali katta taʼsir koʼrsatadi. Yuzma - yuz suhbatlashish va nazorat qilish, shuningdek, adabiyotlardan keltirilgan ilmiy faktlar koʼrsatadiki, jamoa aʼzosi quyidagi shart sharoitlar yaratilgan taqdirdagina rahbarning ishidan qoniqadi. 1.Rahbarning ishchilarga xayrixohlik va hurmat ruhidagi munosabati;
2.Insonga oʼsha yerda ishlash va nimaga isteʼdod, qiziqish his etgan boʼlsa, oʼshani amalga oshirishga imkoniyat yaratib berish; Z.Har bir inson bajarayotgan ishini eьtiborga olinishiga va taqdirlanishiga umid qilish; 4.Ishchi umummadaniy farovonlikning va oʼz kasbiy mahoratining oʼsishidan manfaatdorligi; 5.Har bir vijdonli xizmatchi yuqori mansabga koʼtarilishiga umid qiladi, bu faqat uning iqtisodiy ahvoli bilan bogʼliq emas, balki jamoada nufuzga ega boʼladi va nihoyat oʼz - oʼzini hurmat qiladi; 6.Ishchi oʼzining rahbarini obroʼli, yuqori malakali, qatьiy va xolis, jamoaning haqiqiy murabbiysi sifatida koʼrishni xohlaydi. Haqiqiy boshliq qanday boʼlishi kerak? - u faqat boshliq emas, balki yosh ishchilarning murabbiysi hamdir; - kutilmagan hollarda oʼzini ishonchli, ishchan va epchil xizmatchi sifatida namoyon etadi; - xayrixohlik bilan hamsuhbatini tinglay olishi, oʼzining sabrsizligini, ayniqsa, beparvoligini va yoqtirmasligini sezdirmasligi kerak; - ishchilar bilan xayrixohlik munosabatini oʼrnata bilish, ammo maʼlum ijtimoiy masofani saqlash, betakalluflik va oshna - ogʼaynigarchilikka yoʼl qoʼymaslik lozim; - har doim oʼz qoʼl ostidagilarning qiyinchiliklarini yechishga yordam berishi; - moliyaviy masalalarda haqgoʼy va begʼaraz boʼlishi shart; - yuqori lavozimdagi rahbarlik bilan muloqotda xushmuomalalik va odob bilan ish tutishga intilishi joiz; - tanqidga va sharoitning oʼzgarishga epchillik bilan tezkor javob qaytara olishi maqsadga muvofiq; - ishchilarga arzirli shaxsiy namuna koʼrsatishga intilishi kerak; - psixologik muhitni yarata olishi va jamoada hamkorlikni yoʼlga qoʼya olishi ayni muddaodir. Rahbar faoliyatining asosiy yoʼnalishi. 1. Boʼysunuvchilar faoliyatining tashkiloti. Faoliyatning bu turida rahbardan har qanday sharoitda birinchi navbatda aniq bir sohada, tashkilotchilik faoliyati professional omilkorlik, bilim va tajribaga ega boʼlish talab etiladi. Qatʼiy (yuqori darajadagi) talablarda rahbar uchun odatiy, hattoki, eng yuqori professional andozalardan foydalanish ham yetarli boʼlmaydi, undan tashabbuskorlik, qaror qabul qilishda mustaqil ish tutish, eng muhimi – ijodiy fikr yurgizish qobiliyati talab qilinadi. 2. Rejalashtirish normal sharoitlarda rahbar faoliyatining bu sohasi birinchi navbatda yaqin va kelgusidagi maqsadlarni tuzish, ularni muyaffaqiyatli amalga oshirishning samarali vositalarini topishni taqozo qiladi. Rahbar faoliyati eng murakkab vaziyatlarda rejalashtirishni ijobiy va salbiy natijalarini turli xil asoratli holatlarini hisobga olishga toʼgʼri keladi. Buning uchun u rejalashtirishning bosqichlari va maqsadlarini amalga oshirish, natijalarini oldindan koʼra olish qobiliyatini shakllantirishi lozim. Download 100.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling