Kasbiy munosabatlar psixologiyasi
Download 60.24 Kb.
|
kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Xizmat ko‘rsatish etikasi
Kasbiy munosabatlar psixologiyasiReja: 1. Guruh va jamoa shakllanishining psixologik tomonlari va ishchilarning motivlarini kuchaytiruvchi omillar2. Ishchi guruhda ishbilarmon muomalasi – muzokara tushunchasi3. Muzokara va suhbatlarga tayyorgarlik hamda o‘tkazish yo‘llari4. Ishontirish usuli va muzokaralar olib borishda muvaffaqiyatga erishish qonunlari5. Kasbdoshlar orasida axloq va odob (o‘zaro hurmat)6. Muomala, salomlashish va tanishish me’yorlari7. Kasbiy munosabatlarga kirishishda tanishuv, salomlashish va xayrlashish 8. Mijoz bilan muloqot9. Xizmat ko‘rsatish etikasi10. Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxs sifatlarining o‘rni1. Guruh va jamoa shakllanishining psixologik tomonlari va ishchilarning motivlarini kuchaytiruvchi omillarBugungi kunda ishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan korxona rahbarlarining mahoratiga va rahbar boshchiligida guruh va jamoalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Rahbarlar o‘zlarining qo‘l ostidagilarini (bo‘ysunuvchilar) xolisona va har tomonlama, ya’ni kasbiy hamda shaxsiy fazilatlarini, iqtisodiy foydaliligini va boshqa ko‘pgina munosib tomonlarini baholashda ilmiy yondashadi. Hali hamma tajribali rahbarlar ham bunday mahoratga ega emas. Jamoa rahbari ijtimoiy psixologik muhitga o‘zining shaxsiy fazilatlari va ish usuli orqali katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuzma-yuz suhbatlashish va nazorat qilish, shuningdek, adabiyotlardan keltirilgan ilmiy faktlar ko‘rsatadiki, jamoa a’zosi quyidagi shart-sharoitlar yaratilgan taqdirdagina rahbarning ishidan qoniqadi: Rahbarning ishchilarga xayrixohlik va hurmat ruhidagi munosabati. Insonga o‘sha yerda ishlash va nimaga iste’dod, qiziqish his etgan bo‘lsa, o‘shani amalga oshirishga imkoniyat yaratib berish. Har bir inson bajarayotgan ishining e’tiborga olinishiga va taqdirlanishiga umid qilish. Ishchi umummadaniy farovonlikning va o‘z kasbiy mahoratining o‘sishidan manfaatdorligi. Har bir vijdonli xizmatchi yuqori mansabga ko‘tarilishiga umid qiladi, bu faqat uning iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq emas, balki jamoada nufuzga ega bo‘ladi va nihoyat o‘z-o‘zini hurmat qiladi. Ishchi o‘zining rahbarini obro‘li, yuqori malakali, qat’iy va xolis, jamoaning haqiqiy murabbiyi sifatida ko‘rishni xohlaydi. Guruh va jamoa shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin, ya’ni bunda rahbar faoliyati asosiy rolni o‘ynaydi: aniq bir sohada rahbarning tashkilotchilik faoliyati, kasbiy omilkorligi, chuqur bilim va tajribaga egaligi; murakkab vaziyatlarda rejalashtirishni ijobiy hal qilish, yaqin va kelgusidagi maqsadlarni tuzish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishning samarali vositalarini topish qobiliyatiga egaligi; qaror qabul qilishda rahbarning aql-zakovati, yetukliligi, idrok qilish qobiliyati, fikrlashi, xotirasi, e’tibor va tasavvurining asosiy rol o‘ynashi; murakkab vaziyatlarda jamoada epchillik va iste’dod namoyon qilishi, zarur bo‘lganda rahbariyat oldida o‘z fikrini yoki jamoa a’zolari nuqtayi nazarini himoya qila olishi; guruh va jamoa a’zolarining gaplarini tezda tushunishi, ular aytayotgan fikrning asosini anglay olishi, agar kerak bo‘lsa qisqa, tushunarli, chegaradan chiqmasdan e’tiroz bildirishi; har qanday sharoitda buyruqni amalga oshirishi va jamoa a’zolarining ham bunga e’tiborli bo‘lishlarini nazorat qilishi; harakatning har qanday sharoitida rahbardan pedagogik odob, tadbirkorlik, jamoa a’zolaridan har bir shaxsning o‘ziga xosligini hisobga olib, o‘z talabchanligini ifoda eta olishi, ammo shu bilan birga qiyin vaziyatlarda u prinsipli, qat’iy, mustahkam xarakterli ekanligini ko‘rsata olishi; guruh va jamoa a’zolarining fikrlash qobiliyatlarining rahbar tomonidan rag‘batlantirib turilishi; rahbarning guruh va jamoa a’zolarini ishga qiziqtira olishi, talab yuqori bo‘lgan hollarda ishning eng qiyin qismida shaxsan namuna ko‘rsatishi; alohida qiyinchiliklar tug‘ilganda rahbardan tarbiyaning eng oliy insoniy tamoyillarini insonning yaxshi tomonlarini ko‘ra olishi jamoada xatti-harakati muhokama qilinayotgan, orqada qolayotgan o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlay olishi, uni o‘ziga ishonch tug‘dirish qobiliyatini namoyon qilishi. Download 60.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling