Ish aloqalarini tashkil etish. Rahbarning ortiqcha hammabop bo‘lishi normal ish vaziyati yaratishga xizmat qilmaydi, betakalluflikka olib keladi. Sizning xonangizga so‘roqsiz kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar sonini imkon boricha cheklang. Xonada kimdir bo‘lgan paytda (bunga ayniqsa qabul soatlarida qat’iy rioya qilish zarur) unga kirish mumkin bo‘lmagan tartibni tushuntirib bering. Siz bilan bevosita aloqa qilishi zarur bo‘lgan barcha shaxslar aniq tayinlangan tashrif vaqtlariga kelishlari va uning o‘z vaqtida amalga oshishiga ishongan bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Har qanday xodim yetarlicha qisqa muddatda va eng soddalashgan tartibda sizning qabulingizga kira olishi mumkin bo‘lgan tartibni ushlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |