Kasbiy munosabatlar psixologiyasi


Ishga oid suhbatlarni olib borish


Download 60.24 Kb.
bet10/18
Sana02.01.2022
Hajmi60.24 Kb.
#190400
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Ishga oid suhbatlarni olib borish.

Boadablik qoidalari rahbarga kishilarning gapini bo‘lmay, to‘xtatmay, boshqa ishlarga va boshqa kishilarga chalg‘imay eshitish zarur. Agar suhbat vaqtida har qalay boshqa narsa bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelib qolsa, kechirim so‘rash, majburiy tanaf fusdan so‘ng ayniqsa, bu paytda gap ish haqida ketayotganini eslatib davom etishini taklif qiling.

Iltifot ko‘rsata biling. Maqtov, qisinish, qiziqish, minnatdorlik nafaqat sizning boadabligingizni ko‘rsatuvchi, balki suhbatdoshga nisbatan hurmatingiz ramzi, umumiy ishning va suhbatning o‘zi ham muhimligini tan olish demakdir. Iltifot ko‘rsatayotib, samimiy va tabiiy bo‘ling.

Ish munosabatlariga kiruvchi tadbirkor sherikning milliy va ruhiy xususiyatlarini, o‘ziga xosliklarini bilishi muvaffaqiyatli aloqaning zarur sharti ekanligini yodda tutish lozim.

Ijobiy fikrlash inson fe’l-atvorini shakllantiradi, mana, ayrim istaklar:


  • «men» so‘zini ehtiyot bo‘lib qo‘llang;

  • faktlarga tayaning;

  • tafsilotlarga berilib ketmang, lekin tafsilot o‘z vaqtida va aytil-gan fikr o‘rinli bo‘lsa, sizning nuqtayi nazaringizni mustahkamlashi va uni yanada ishonchli qilishini ham hisobga oling;

  • nasihat qilishdan qoching;

  • murakkab muammoning keskinlashishini emas, hal etilish yo‘llarini qidiring;

  • dag‘al muomalaga moyil sherik bilan uchrashuv vaqtida zid-diyatlardan qoching.

Ish xatlari. Ish xatlariga nafaqat xizmat nomalari, balki turli xil iltimoslar, topshiriqlar, tabriklar, takliflar, hamdardliklarni yozma shaklda bayon etish, kasbga oid munosabatlarga taalluqli hamma narsalar kiradi.

Har qancha xat yoki qisqacha maktubni «hurmatli», «muhtaram» deb murojaat etish, alohida do‘stlik holatida esa qadrli so‘zlarni bilish kerak. Keyin ismi, otasining ismni yoki familiyasini aytish kerak. Familiyaning oldida albatta «o‘rtoq», «hamkasabamiz» yoki «janob» so‘zlarini qo‘llash zarur. Murojaat qila turib siz kimga murojaat etayotgan bo‘lsangiz, uning eng yuqori unvonini qo‘llang.

Umumqabul qilingan «marhamat», «marhamat qiling», «marhamat qilib» («agar malol kelmasa»), «oldindan minnatdorchilik bildiraman», «hurmat bilan», «ko‘rishguncha xayr», «uchrashguncha», «Sizning samimiy do‘stingiz» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar va iboralarni unutmang.

Rasmiy taklif xatlarida matndan so‘ng o‘ngda qisqartirilgan holda «Marhamat qilib javob qaytaring» deb yozib qo‘yish mumkin.

Konvertlarni umumqabul qilingan namunalarga muvofiq rasmiylashtiring. Yuboriladigan manzil tepasida jo‘natilgan usuli ko‘rsatiladi:


  • buyurtma;

  • shoshilinch pochta bilan va hokazo.

Qarama-qarshi manzil konvertning old tomonining ustki qismida, ba’zida esa uning orqa tomoniga yoziladi.

Ish xatini konvert ichiga ikki martadan ko‘p buklamay solish (matnni ichkariga qilib) tavsiya etiladi. Eng muhim xabarlarni bukmasdan katta konvertlarda jo‘natgan ma’qul.

Xatlarga iloji boricha tezroq (besh kundan oshmagan holda) javob yozish kerak. Kechikish hollarida kechirim so‘rang va o‘z vaqtida javob bo‘lmaganligining sababini tushuntiring.


Download 60.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling