5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar
Download 19.51 Kb.
|
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion jarayon bosqichlari bo’yicha MIT quyidagilarning optimal aloqada bo’lishini ta’minlashi zarur
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar 5-MAVZU. MILLIY INNOVATSION TIZIMLAR 5.1. Innovatsion tizimlar 5.2. Fan va jamiyat innovatsion o’zgarishlar oqimida. 5.1. Innovatsion tizimlar Milliy innovatsion tizimni (MIT) yaratish bosqichlari, tarkibi, maqsadi va mazmunini quyidagicha ifodalaymiz. MIT yaratishdan maqsad – shu hujjatda e’lon qilingan fan va texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion yo’lini ta’minlash hisoblanadi. 2. MIT mazmuni. Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda yaratilayotgan tizim ko’p darajali xarakterga ega bo’lishi hamda innovatsion jarayon bosqichlari va boshqaruv darajalari bo’yicha bir qator elementlarni qamrab olishi va ularni yakuniy natijalarga yo’naltirishi lozim. Innovatsion jarayon bosqichlari bo’yicha MIT quyidagilarning optimal aloqada bo’lishini ta’minlashi zarur: tabiat, texnika va jamiyat rivojlanishining yangi qonuniyatlarini ochish va ulardan dolzarb global va milliy muammolarni hal qilish, barqaror rivojlanishda tabiiy muhit bilan o’zaro aloqada foydalanishga yo’naltirilgan fundamental va izlanuvchan tabiiy-ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar; mahalliy tovar, xizmat va texnologiyalar raqobatbardoshligini ta’minlovchi ixtirolar va boshqa original fan-texnika yechimlari; istiqbolli fan-texnika g’oyalari va ixtirolarni yangi mahsulot sinov namunalari va sinalgan ilg’or texnologiyalar ko’rinishiga keltiruvchi hamda ularni innovatsiyalarga amalga oshirishda mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi amaliy tadqiqotlar va konstruktorlik loyihalari; yangi texnik g’oya va ixtirolarning paydo bo’lishi va asoslanishi, innovatsiyalar uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etuvchi OO’Yu; innovatsion loyiha va dasturlarni, ayniqsa, kichik biznes uchun amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion mfz tashkilotlari. 3.Bunday yondashuv milliy innovatsion tizimning ierarxik, funksional va ta’minot strukturasi yaxlitligini nazarda tutadi. Uning tarkibida quyidagi ierarxik pog’onalarni ajratib ko’rsatish mumkin: lokal – yirik hududiy birlashmalar, ilmiy-sanaot markazlari, ilmiy shaharchalar bo’yicha – ularning o’ziga xosliklari va salohiyatini hisobga olgan holda; mintaqaviy – innovatsion ustuvorliklar tizimini tanlash va amalga oshirishni ta’minlash uchun; mintaqalararo - mintaqalarning innovatsion ustuvorliklarini muvofiqlashtirish, hudud doirasida ustuvorliklar tor doirasini belgilash va ularni mamlakat miqyosidagi ustuvorliklar bilan bog’lash maqsadida; tarmoq - alohida tarmoq va tarmoqlararo majmualar doirasida; milliy – mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlaydi, mamlakatning global-innovatsion- texnologik makondagi rolini oshiradi, mahalliy mahsulotlarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshiradi; davlatlararo – MDH va yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida innovatsion o’sish strategiyasining integral jihatlarini kuchaytirish, birgalikda jahon bozoriga chiqish maqsadida; global – mamlakat barqaror rivojlanish global dasturlari, global energetika sektoridagi o’zgarishlar, global ekologik dastur va loyihalarda ishtirok etishi mumkin bo’lgan darajada. Milliy innovatsion tizimning funksional va ta’minot strukturasi quyidagi asosiy tizimlarni qamrab olishi mumkin: strategik ustuvorliklarni ilmiy-texnik va innovatsion bashorat qilish va tanlash; innovatsion-texnologik rivojlanishni strategik rejalashtirish va dasturlash; innovatsion o’zlashtirish uchun ixtirolar va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijalarini baholash va tanlash; xalq xo’jaligi (oziq-ovqat, energetika, uy-joy-kommunal, yuqori texnologiyali, transport va b.) majmualari va yirik hududiy majmualarda innovatsion o’zgarishlar; innovatsion infratuzilmani (ilmiy shaharchalar, innovatsion- texnologik markazlar, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion ko’rgazma-yarmarkalar, kichik innovatsion biznes uchun biznes- inkubatorlar) rivojlantirish; innovatsion rivojlanishning integratsion jihatlari, texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar eksporti va importi, davlatlararo innovatsion tizimlar yaratish; moliyaviy ta’minot; innovatsion jarayon barcha qatnashchilarining mamlakatdagi va dunyodagi ilmiy ixtirolar va innovatsiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanish haqida axborot ta’minoti; innovatsion menejment; innovatsion rivojlanishning kadrlar ta’minoti, ilmiy-innovatsion yo’nalishning ustuvor yo’nalishlari, muayyan dastur va loyihalar bo’yicha olimlar, konstruktorlar, muhandislar, ishchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o’rta va oliy ta’lim, masofadan o’qitish tizimida innovatsion yo’nalishlarga e’tiborni kuchaytirish Download 19.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling