5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar


 Fan va jamiyat innovatsion o’zgarishlar oqimida


Download 19.51 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi19.51 Kb.
#1762807
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar-fayllar.org

5.2. Fan va jamiyat innovatsion o’zgarishlar oqimida.
Innovatsion hamkorlik g’oyasini innovatsion o’sishni amalga
oshirishda hal qiluvchi rol unga tegishli bo’lgan davlat va tadbirkor
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilangina bog’lamaslik kerak.
Konservatizm, istiqboldagi manfaatlar zarariga joriy manfaatlarga
bo’ysunish amaldorlarga ham, tadbirkorlarga ham xos. Bu hamkorlikning
yana ikkita doimiy qatnashchisi: innovatsiyalar bosh manbasi va ularni
amalga oshirishning faol agenti hisoblangan fan hamda davlat va
tadbirkorlar uning manfaatlarida va nazorati ostida ularning dastur va
loyihalarini amalga oshiradigan innovatsion strategiya ishlab chiqadigan
va bajaradigan, innovatsion xarajatlar va olingan natijalarni taqsimlaydigan fuqarolik jamiyati mavjud.
Ilmiy-texnik ijodiyotda olimlar, ixtirochilar, konstruktorlar, texniklar,
ishchilar, menejerlar, shuningdek, talabalar, aspirantlar ,maktab
o’quvchisi, nafaqaxo’r va h.k. ishtirok etadi. Ijodkorlikka moyilligi
bo’lgan shaxsda uni amalga oshirish istagi (daromad olish istagi ijodiyot
romantikasidan ustun kelmasligi lozim), olingan natijani baholash va
rasmiylashtirish uchun zaruriy bilimlar va ko’nikmalar, olingan natijaga
egalik va undan iqtisodiyotda foydalanish natijasida olingan foydada
ishtirok etish huquqining yuridik kuchga egaligi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ijodkor shaxs sifatida intellektual mulkni yaratish va undan
innovatsiyalarda foydalanishda qatnashuvchi har bir shaxs: olim,
muhandis, konstruktor, texnik, ishchi, menejer, shuningdek, makta
o’quvchisi, talaba, aspirant, nafaqaxo’r va hokazolar ishtirok etishi
mumkin. Muhimi, ijodkorlikka moyil shaxsda buni amalga oshirish uchun
istak, olingan natijalarni baholash va rasmiylashtirish yetarli bilim va
qobiliyat, olingan natijalarga qonuniy rasmiylashtirilgan egalik huquqi
bo’lsa bo’lgani.
Fan bilimlarni oshirish va ulardan innovatsion faoliyatda foydalanish
usullariga yo’naltirilgan bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Innovatsion ijodkorlik jarayonida fuqarolik jamiyati va uning
institutlari – fan-texnika va muhandislik jamiyatlari, ixtirochilar ittifoqlari,
professional birlashmalar va hokazolarning ham ishtiroki muhim ahamiyat
kasb etadi. Fuqarolik jamiyati innovatsion faoliyat uchun qulay sharoitlar
yaratish maqsadida u tomonidan saylangan markaziy va mahalliy hukumat
organlari vakillariga ta’sir ko’rsatishi lozim.
O’sib kelayotgan yangi avlod o’rta maktabning yuqori sinflaridayoq
ijod va uni huquqiy tartibga solish xaqida boshlang’ich bilimlar olishi,
ijodiyot romantikasini egallashi lozim. Bu bilim va ko’nikmalarni oliy
o’quv yurtlarida kengaytirish va olingan ixtisoslikni hisobga olgan holda
differensiyalash zarur. Bu bilimlarni uzduksiz ta’lim tizimiga, olimlar,
muhandis-texnik xodimlar, menejerlar va davlat xizmatchilarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish talab etiladi.ITI, OO’Yu, KB va
korxonalar xodimlarining ijodiy tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-
quvvatlash va rag’batlantirish kerak. Fan, oliy o’quv yurtlari va
innovatsion faol korxonalarning haqiqiy integratsiyasi o’sib kelayotgan
avlodga ta’lim berishda ijodiy izlanishlar muhitini yaratishga xizmat
qiladi.
Innovatsion jarayonda fuqarolik jamiyati va uning institutlari –
ilmiy-texnik va muhandislik jamiyatlari, ixtirochilar birlashmalari, fanlar
akademiyalari, professional birlashmalar va h.k. ishtirokining ahamiyati
ham kam emas.
Ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio, televidenie,
shuningdek, internet fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan bo’lib,
ular texnik ijod uchun qulay muhit shakllantirish va uning natijalaridan
foydalanish, innovatsion o’sish g’oyasini targ’ib etishda faol ishtirok etish,
bunday o’sish borasidagi ilg’or tajribalarni qo’llab-quvvatlash va keng
tarqatish, bu yo’ldagi byurokratik va boshqa to’siqlarni qattiq tanqid
qilishga xizmat qilishi mumkin. Televidenieda ta’lim dasturlarini qayta
tiklash va ularni innovatsion faoliyat xaqidagi to’liq bilimlar va
ko’nikmalar bilan to’ldirib, masofadan o’qitish tizimiga joriy qilish
(shuningdek, maxsus tashkil etilgan o’quv portallari va internet saytlar)
zarur. Davlat bu tendensiyalarni mamlakatni texnologik ijod romantikasiga
qaytarish, milliy innovatsion tizimni shakllantirishning zaruriy elementi
sifatida faol qo’llab-quvvatlashi lozim.

Download 19.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling