5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar


Innovatsiyalarning hayotiylik


Download 19.51 Kb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi19.51 Kb.
#1762807
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu. Milliy innovatsion tizimlar-fayllar.org

Innovatsiyalarning hayotiylik davri innovatsiya faol hayotiy
kuchga ega bo’ladigan va ishlab chiqaruvchiga (sotuvchiga) foyda yoki
boshqa real naf keltiradigan ma’lum bir vaqt davrini ifodalaydi.
Jarayon innovatsiyalari qatoriga resurslar belgilangan narxida
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’rtacha xarajatlarni kamaytiradigan
tovar (xizmat) ishlab chiqarishning texnologik usulini har qanday
takomillashtirish kiradi.
Mahsulot innovatsiyalari qatoriga esa tovarlar (xizmatlar) bozorida
yangi mahsulot yaratishga olib keladigan ilmiy-texnik faoliyatning
tijoratlashtirilgan natijalari kiradi.
maqsadga muvofiq.
Bazis innovatsiyalar qatoriga ishlab chiqarish tarmoqlari va
quyitarmoqlarida jiddiy, strukturaviy o’zgarishlarga olib keladigan yangi
avlod mashina va materiallari, tamomila yangi texnika va texnologiyalar
yaratish va o’zlashtirishga yo’naltirilgan innovatsiyalar kiradi.
Yaxshilaydigan innovatsiyalar o’zlashtirilgan avlod texnika va
texnologiyalarini tarqatish va takomillashtirish, mashina va materiallarning
yangi modellarini yaratish, ishlab chiqarilayotgan tovarlar (xizmatlar)
ko’rsatkichlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilashga
xizmat qiladi.
Soxta innovatsiyalar - eskirgan texnikani (texnologiyani) qisman
yaxshilash bo’yicha, jamiyat uchun samara keltirmaydigan yoki salbiy
samara beradigan faoliyat.
Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar
natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini)
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy
faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik
jarayonga, shuningdek, shu bilan bog’liq qo’shimcha ilmiy tadqiqot va
loyihalarga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayondir
Innovatsion jarayon biron-bir iqtisodiyot sub’ektining innovatsion
faoliyatini, ya’ni yakunlangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar yoki
boshqa fan-texnika yutuqlarining natijalarini bozorda sotiladigan yangi
yoki takomillashtirilgan mahsulotga, amaliy faoliyatda foydalaniladigan
yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, bu bilan
bog’liq qo’shimcha tadqiqot va ishlanmalarga joriy qilishga yo’naltirilgan
jarayondir.
Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o’zlashtirilgan innovatsiyani
yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy
sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi Diffuziya moliyaviy innovatsiya
tavsifnomasi yoki uni
harakatlantirish shartlarining o’zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit
muddati va h.k.ning o’zgarishi), yangi sotuv bozoralarini egallab olish va
h.k. bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi – innovatsion faoliyat
sub’ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar
Ilmiy-texnologik markaz bu – bir yerga zich joylashgan kompleks
bo’lib, umumiy ko’rinishda ilmiy muassasalar, oliy o’quv yurtlari, sanoat
korxonalari va kichik firmalarni o’z ichiga olishi mumkin 
http://fayllar.org
Download 19.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling