Kasbiy ta’lim tamoyillari va pedagogik jarayonni loyihalash
Umumdidaktik tamoyillar bilan pedagogik jarayon qonunlari о‘zaro aloqada bо‘lib, mazkur aloqa о‘zining speо‘ifik xususiyatlariga egadir. Ularning asosiylarini kо‘rib chiqamiz.
Politexnik tamoyil Politexnik bilim zamonaviy ishlab chiqarish tizimining ilmiy asoslarini egallashni nazarda tutib, shu bilimlar asosida umumkasbiy politexnik va maxsus bilimlar shakllantiriladi.
Politexnik tamoyillarni о‘qitishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim.
a) Asosiy yо‘nalishdagi rivojlangan texnika va ilmni о‘qitish
b) bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan о‘quv materiali tizimini tashkil etish.
v) О‘rganilayotgan fan asoslari borasidagi bilimlarni amaliyotda qо‘llash.
g) Ta’lim berishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish.
d) Ta’lim oluvchilar qiziqishlarini qondirirish.
ye) Kasbiy bilim berish umumta’lim bilimlariga tayanish.
j) О‘quv materialining turg‘un bо‘lishiga erishish.
z) О‘quv mavzularining ketma-ketligiga erishish.
Tartibli ketma – ketlik tamoyili
о‘quv materallarini о‘zaro bog‘liq holda tartibli berib borish.
deduktiv о‘qitish metodlarini qо‘llash;
umumiy ta’lim bilimlarini tayanch qilib olish;
о‘quv jarayonida ketma – ketlikga amal qilish;
о‘quv jarayonini rejalashtirish
Loyihalash obyekti va muammolari. Loyihalash hozirgi kunda pedagogik jarayonning muhim jihatdan biri bо‘lib, malakali pedagogik jarayon texnologiyasi va boshqa obyektlar о‘qituvchiga ta’lim oluvchilarni shaxs sifatida shakllantirish hamda ular tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni yо‘qotib, har bir ta’lim oluvchi uchun individual pedagogik sharoitlar yaratadi.
Ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatini tashkil etish
Ta’lim oluvchilarning asosiy о‘quv faoliyati bilimlarni о‘zlashtirish bо‘lib, u quyidagi komponentlarni о‘z ichiga oladi. О‘quv materialini qabul qilish, fikrlash, egallab qolish va qо‘llash. Bu komponentlar bir – biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, о‘quv jarayonida ketma-ket qо‘llanilib, butun bir о‘quv jarayonini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |