rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz
malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar
va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim.
O‘qituvchining 5 yilda 1 oy, ya'ni 144 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka oshirishi
va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o‘quvga jalb qilinmasligi ularning o‘z ustida
ishlamasligi, katta hajmdagi ta'limiy axborotlardan bahramand bo‘lmasligiga olib
kelmoqda. Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim
MDH mamlakatlaridagina saqlanib qolgan. Dunyodagi ta'lim rivojlangan
mamlakatlarda o‘qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan.
Masalan, Koreya Respublikasida o‘qituvchi har yili kamida 108 soat, Singapur va
Yaponiyada har yili 100
soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka oshirishi
belgilangan.
Shu bois, bizda ham soha xodimlarini davriy emas,
balki doimiy
ravishda o‘qitib borish, malaka oshirishni xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib
chiqib tashkil etish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-
sonli
“Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
Do'stlaringiz bilan baham: