Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yo‘llari, usul va vositalari Reja


hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari


Download 172.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.12.2022
Hajmi172.92 Kb.
#1067389
1   2   3   4
Bog'liq
clcM1ZVKxJTSC0UMgq8KCqFvtPQTKw68mOWxuPUO

hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar xalq ta’limi sohasida yangi 
islohotlarni boshlab berdi. 
Islohotlar yangicha yondashuvlarni taqozo qilyapti. 
Davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq, xalq ta'limi sohasidagi muammolarni 
ilmiy tadqiq qilish va istiqboldagi islohotlarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash 
uchun Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis 
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tashkil etildi. 
Mazkur muassasa A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va 
istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Institut faoliyati davr 
talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilindi: u faqat pedagog-xodimlar 


malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, tom ma'nodagi ilmiy-tadqiqot 
dargohiga aylanadi. Bu, o‘z navbatida, institut zimmasiga yanada ko‘proq mas'uliyat 
yuklaydi: raqobatbardosh va samarali milliy ta'lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik 
va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari 
va standartlarini optimallashtirish, ta'lim muassasalari rahbar va pedagog-
xodimlarini kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq qilish va 
echimini topish – institutning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi. 
Xalq ta'limi vazirligiga Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar 
xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” 
tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish 
asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini 
oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish jarayoniga 
kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma-
bosqich joriy etish vazifasi yuklatildi. 
Malaka oshirish — ta'lim tizimining diqqat markazida bo‘ladi. 
Har qanday ta'lim jarayoni samarali bo‘lishi uchun u ta'lim oladigan shaxsning 
qiziqish va ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta'lim oluvchilarga 
xos bo‘lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog-
xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o‘qitishning yangi metod va 
texnologiyalarini o‘zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boradi. 
Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo‘ladi. Bu — tabiiy hol. Bitta 
auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o‘tiladigan mavzu kim uchundir 
qiziqarli bo‘lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi, qolganlarga esa umuman hech 
narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o‘tilgan dars yoxud malaka oshirish kursi 
tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi. Buning uchun xalq ta'limi 
xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini o‘rganish, ularning har biri uchun 


individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini tuzish va malaka oshirish o‘quvlarini 
ana shu asosda tashkil etish lozim. 
Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq ta'limi 
xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi va 
individual kasbiy rivojlanish traektoriyasidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka 
oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An'anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda, 
kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, 
masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib, xalq ta'limi xodimlariniing 
individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv 
dasturlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularning elektron portfoliosiga kiritiladi. 
Malaka oshirishda kredit-modul tizimi joriy etiladi. 
Pedagog-kadrlar ehtiyojlariga asoslangan kasbiy rivojlanish ta'limi 
natijalarini baholash yangicha yondashuvni talab qiladi. Amaldagi tartibga binoan 
tinglovchi malaka oshirish kursini tugatganidan so‘ng test sinovlari va malaka ishini 
himoya qilishdan iborat yakuniy baholash jarayonidan o‘tadi. Baholashning ushbu 
shakllari yagona o‘quv reja hamda o‘quv dasturlari asosida tashkil qilingan malaka 
oshirish kurslari uchun qo‘llaniladi. Biroq turli individual traektoriya va o‘quv reja-
dasturlari asosida o‘qigan tinglovchilar erishgan natijalarni yagona baholash vositasi 
— test va malaka ishi himoyasi bilan baholab bo‘lmaydi. 
Xalq ta'limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta'lim olish 
natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish belgilanmoqda. Unga ko‘ra, 
xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar (akademik soatlar)ning 
eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd etilgan “Uzluksiz 
kasbiy ta'lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv modullarini 
o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar xodimning 
shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini yiqqan xodim 
shu yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi. 


Baholashning kredit-modul tizimini joriy etish xodimlarning muqobil malaka 
oshirish shakllarida ham olgan natijalarini baholash imkoniyatini yaratadi. 
Shuningdek, xodimning Coursera kabi internet tarmog‘idagi elektron resurslaridan 
foydalanib, o‘z saviyasini oshirishi, respublika va xalqaro olimpiadalarga 
o‘quvchilar tayyorlagani, chet ellardagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop 
etgani, ilmiy daraja olish uchun dissertasiya himoya qilish kabi holatlarni ham 
kreditlarda baholash belgilangan. 
Sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi. 
Xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish jarayonlariga pedagogika 
yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarini ham 
jalb etish, pirovardida sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilanmoqda. 
Bugungi kungacha xalq ta'limi muassasalari xodimlari malakasi institut va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta xalq ta'limi 
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida 
oshirilayotgan edi. 
Oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida xalq ta'limi xodimlarini malakasini 
oshirish fakul’tetlarini tashkil etish, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universitetini xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish vakolati berilgan oliy ta'lim 
muassasalari uchun tayanch ta'lim muassasasi etib belgilash, xalq ta'limi xodimlari 
malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va 
boshqa hujjatlarini ishlab chiqish belgilanmoqda. Shuningdek, kurslarning o‘quv-
uslubiy ta'minotini doimiy yangilab borish choralarini ko‘rish, malaka oshirishning 
samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini 
ishlab chiqish nazarda tutilgan. Pedagog-xodimlarda o‘quv jarayonini tashkil 
etishning zamonaviy uslublari ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalq ta'limi xodimlarida 
Internet jahon axborot tarmog‘i, mul`timedia tizimlari va masofadan o‘qitish 
usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikasiya va 


innovasion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalari nazarda tutilgan. 
Endi xalq ta'limi xodimlari faqat Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi malaka 
oshirish tashkilotlarida emas, balki o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, hududlarda joylashgan 
istagan davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida ham o‘z malakalarini oshirishlari 
mumkin bo‘ladi. 
Mazkur tartib malaka oshirishda mavjud monopoliyaga barham beradi, 
tanlash imkoniyatini taqdim etish orqali malaka oshirish sohasida sog‘lom raqobat 
muhitini yaratadi. Xodimdan qaerda malaka oshirishidan qat'i nazar, joriy yil uchun 
belgilangan kredit ballarini yig‘ish talab qilinadi. 
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, 
seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, soha uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni 
tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va metodistlarning kasbiy 
darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, sohaga oid ilg‘or 
tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi 
etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, umumiy o‘rta 
ta'limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab 
chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat 
yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sohasi muammolarini tadqiq qilish bilan 
shug‘ullanadigan institutlar ta'lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib 
kelmoqdalar. Masalan, Koreya Respublikasida Koreya ta'limni rivojlantirish 
instituti (KEDI) 1972 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadi. Uning 
zimmasiga Koreya milliy an’analarini aks ettiruvchi yangi ta’lim tizimini yaratish, 
bu borada keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovasion ta’lim tizimini 
ishlab chiqish, sohadagi islohotlar siyosati uchun platforma vazifasini o‘tash, kelajak 
ta'lim qadriyatlarini ilgari surish va innovasion ta'limning ilmiy salohiyatini mus-
tahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan. Mazkur institut bugungi kunda nafaqat 


Koreya Respublikasi, balki xalqaro maydonda ham o‘z nufuziga ega ilmiy 
tashkilotga aylangan. 
Muxtasar aytganda, oldimizda xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy 
qilish bilan bog‘liq muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar 
turibdi. Institutimiz mamlakatimiz xalq ta'limi sohasini yangi rivojlanish bosqichiga 
olib chiqishga munosib hissa qo‘shishga harakat qiladi. Zero, bugun mamlakat 
hayotining barcha sohasi qatori ta'lim-tarbiyada ham yangi davr boshlandi. Bu davr 
bizdan hamjihatlik, fidoyilik va samarali mehnatni talab etadi. 

Download 172.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling