Bino vа sаnoаt inshootlаr qurilishi


Download 69.61 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1337400
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy pedagogik ishi hisobot












OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
TOSHKENT DАVLАT TRАNSPORT UNIVERSITETI
BINO VА SАNOАT INSHOOTLАR QURILISHI” KАFEDRАSI

Ilmiy pedagogik ishi hisoboti


I- semestr 2021-2022 oʼquv yili

Bajardi:




MBI-4 guruh magistranti
Teshabayeva M.B.

Ilmiy rahbar:






t.f.n., prof. Karabayev A.M.



“Bino va sanoat inshootlar qurilishi” kafedra mudiri:






t.f.n., prof.. Turg’unbayev O’.J.



Toshkent-2022 y.


Ilmiy pedagogik ishlarning 2021-2022 oʼquv yili 1-semestr rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
HISOBOTI

Kirish
1. Pedagog kadrlarga “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da koʼzda tutilgan talablar


2. Oʼquv uslubiy ishlarning faoliyat turlarini oʼrganish, tahlil qilish
3. “Bino va sanoat inshootlar qurilishi” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan “Qurilish materiallari” fanidan oʼtkaziladigan labaratoriya darslarini olib borishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʼquv jarayonida qoʼllanilishi yuzasidan kuzatuv olib borish
4. “Bino va sanoat inshootlar qurilishi” kafedrasida oʼquv uslubiy ishlarga yordam berish
Xulosa.

Kirish

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan soxasi boʼyicha mustaqil faoliyat koʼrsata oladigan, oʼz bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni toʼgʼri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.


Maʼlumki, axborot va bilimlar doirasi tez surʼatlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha maʼlumotlarni faqat dars mashgʼulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni koʼrsatadiki, talaba mustaqil ravishda shugʼullansa va oʼz ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur oʼzlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, koʼnikma va malakalari mustaqil taʼlim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat koʼrsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo boʼladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil taʼlim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashgʼulotlarida talabalarni oʼqitish bilan bir qatorda ularni koʼproq oʼqishga oʼrgatish, bilim olish yoʼllarini koʼrsatish, mustaqil taʼlim olish uchun yoʼllanma berish oliy taʼlim muassasasining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.

Oʼqishning boshlangʼich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bogʼliq. Аyniqsa, birinchi kurs talabalarining taʼlimning navbatdagi turi - oliy taʼlim talablarga koʼnikishi qiyin kechadi. Chunki ular taʼlim olish jarayonida oʼz mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Maʼlumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, oʼz fikrini aniq va yorqin ifodalash, oʼz vaqtlarini toʼgʼri taqsimlash, shuningdeq aqliy va jismoniy imkoniyatlarini toʼgʼri baholash ular uchun katta muammo boʼladi. Eng asosiysi, ular mustaqil taʼlim olishga ruxan tayyor boʼlishmaydi.


Shuning uchun xar bir professor-oʼqituvchi dastlab talabada oʼz qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uygʼotishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni toʼgʼri tashkil qilishga oʼrgatib borishi lozim boʼladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda oʼzlashtiriladigan bilim va koʼnikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini xisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil taʼlimga koʼnika boshlagan talaba faqat oʼqituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, oʼzining extiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, oʼzi zarur deb xisoblagan qoʼshimcha bilimlarni xam mustaqil ravishda tanlab oʼzlashtirishga oʼrganib boradi.



Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling