Bino vа sаnoаt inshootlаr qurilishi


OʼQUV -USLUBIY ISHLАRNING FАOLIYAT TURLАRINI OʼRGАNISH, TАHLIL QILISH


Download 69.61 Kb.
bet3/5
Sana07.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1337400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy pedagogik ishi hisobot

OʼQUV -USLUBIY ISHLАRNING FАOLIYAT TURLАRINI OʼRGАNISH, TАHLIL QILISH

Ilmiy pedagogik ishimni “Bino va sanoat inshootlar qurilishi” kafedraning oʼquv jarayoni: oʼquv reja va yuklamalari bilan tanishib chiqishdan boshladim.Ishchi oʼquv rejadagi fanlar, oʼquv yuklamasida ajratilgan dars soatlari va taqsimoti bilan tanishib chiqdim


Oʼquv jarayonini boshqarishning muhim shartlaridan biri – taʼlim beruvchining har bir ishga maʼlum koʼnikma va malakalar majmui sifatida qarashi, talabalar tomonidan ulardan qaysi birining egallanganligi, va ularning qay biri taʼlim oluvchilar uchun yangi ekanligi, shuningdek oʼzlashtirishga nisbatan taʼlim oluvchilar qay darajada tayyor ekanligini aniqlashdan iborat.
Har bir holatda mazmuni talaba uchun yangi boʼlgan yoki u tomondan toʼliq oʼzlashtirilmagan usul, amal va jarayonlardan iborat boʼladi. Ilgari oʼzlashtirilgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirish uchun vosita boʼlib xizmat qiladi. Taʼlim mazmunini tashkiliy qismlarga ajratishda avvalo, mazkur mazmunning oʼzlashtirish nuqtai nazardan murakkabligini eʼtiborga olishi lozim boʼladi. Shu bois, talabaning tayyorgarlik darjasiga koʼra u oʼrganayotgan harakat ahamiyatini tushunmasa, uning maqsadi va mazmunini anglab yetmasa, bilim va koʼnikmalarning hosil boʼlishi talab darajasida boʼlmaydi.Taʼlim olish faqat oʼquv materiali mohiyatini chuqur anglash, materialni toʼlaqonli qabul qilish, mavjud sharoitlarda abstrakt fikrlay olish, ilmiy farazlarni ilgari surish, shuningdek ularni tekshirish kabi holatlardan tashkil topadi. Zero, taʼlim berish jarayonining maqsadi talabalarning aqliy harakatlarini eng maqbul, samarali usullar bilan boyitishdan iborat boʼlib, mazkur oʼrinda javob aloqaning vujudga kelishini taʼminlash, yaʼni, harakat natijalari toʼgʼrisida oʼz vaqtida va ishonchli maʼlumotlar olib turish muhim ahamiyatga ega boʼladi.
Boʼlajak mutaxassislarni talab darajasida oʼqitish uchun taʼlim beruvchi turli koʼnikma va malakalarni shakllantirish qonuniyatlarini bilishi lozim. Talabalarning murakkab amaliy malakalarini shakllantirish ongli va maqsadga yoʼnaltirilgan jarayondir. Olimlarning kasbiy malakalarini shakllantirish muammosiga bagʼishlangan ishlarning tahlili koʼrsatishicha bilim, koʼnikma va malakalarning shakllanish ketma – ketlik tizimini quyidagi koʼrinishga ega:
- boshlangʼich malaka;
- koʼnikma;
- murakkab koʼnikma.
Fanni oʼqitishda samarali bilim, malaka va koʼnikma olishdagi eng optimal yoʼllaridan biri dars mashgʼulotlarni interfaol usullar yordamida tashkil qilish hisoblanadi.
Interfaol oʼqitish “Taʼlim jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʼqituvchi, talaba va talabalar guruhi oʼrtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizgʼin bahs-munozara, oʼzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, oʼquv materiallarini oʼzlashtirishda talabalarning oʼzaro yaqinlarini yuzaga keltirish, ”oʼqituvchi – talaba-talabalar guruhi” ning oʼzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qoʼllab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda boʼlishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan taʼriflanadi”.
Interfaol taʼlim, oʼz mohiyatiga koʼra, suhbatning “talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki oʼqituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, koʼnikma, malakalar oʼzlashtirilishini anglatadi.



Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling