Oliy ta’limda kredit-modul tizimini joriy etishning metodik shart-sharoitlari


Download 277.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi277.77 Kb.
#1031129
  1   2   3
Bog'liq
oliy-ta-limda-kredit-modul-tizimini-joriy-etishning-metodik-shart-sharoitlari



Oliy ta’limda kredit-modul tizimini joriy etishning metodik 
shart-sharoitlari 
 
Shahodatxon Ro’ziboy qizi Noraliyeva 
Toshkent davlat pedagogika universiteti
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimining 
joriy etishning pedagogik va metodik asoslarining nazariy asoslari yoritib berilgan. 
Shuningdek, kredit-modul tizimining ta’limdagi ahamiyati haqida batafsil 
ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar: oliy ta’lim tizimi, ta’lim shakllari, kredit-modul, pedagogik va 
metodik shart-sharoitlar, ECTS. 
Methodological conditions for the introduction of credit-
module system in higher education 
Shahodatkhon Roziboy qizi Noraliyeva 
Tashkent State Pedagogical University 
Abstract: This article describes the theoretical basis of the pedagogical and 
methodological basis for the introduction of the credit-module system in higher 
education. It also provides detailed information on the importance of the credit-
module system in education. 
Keywords: higher education system, forms of education, credit module, 
pedagogical and methodological conditions, ECTS. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli 
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 
to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-
dekabrdagi 824-son qarori “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish 
bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini 
ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimi bosqichma 
bosqich joriy qilina boshladi. Kredit-modul o‘qitish shakli o‘quv moduli tarkibini 
yaratishga asoslangan, talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini 
muntazam ravishda baholab boruvchi, o‘quv jarayoni natijalari va yakuniy nazorat 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1018


ishlarini kuzatib borish orqali o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish 
tizimi hisoblanadi. Kredit (credit) - talabalarning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki 
dasturi (kurs) doirasida fanlarni o‘qib-o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan 
o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligi hisoblanadi. Kredit - talabaning 
me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va 
mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga 
kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan 
muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi. Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi 
va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun o‘quv yillarida o‘tib borilga 
majuriy hamda tanlav fanlardan kreditlarni yig‘ib borishi lozim. Kredit texnologiyasi 
ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali 
individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. 
Talabalarga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi 
beriladi. Modul esa bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir 
qismi hisoblanadi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-
mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar 
(kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, 
video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va 
nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘zi o‘rganadi hamda berilgan vazifa va 
topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 
Kredit-modul tizimi bu - ta’limni aynan kredit-modul asosida tashkil etish 
modelidir. Lekin uni tashkil qilish ko‘p jixatdan serqirra hamda murakkab tizimli 
jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy jixatga ahamiyat beriladi: 
talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida 
baholash. 
Kredit modul tizimining shakllanishi AQSh ta’lim tizimi bilan bog’liq. Dastlab 
o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini 
belgilab berish maqsadida yaratilgan. 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, 
Amerikada ko‘zga ko‘ringan ta’lim fidoyisi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” 
iborasini ilk marotaba qo‘llaydi. Shunday qilib, 1870-1880-yillarda kredit soatlari 
bilan o‘lchanadigan tizim joriy qilinadi.
1
Umuman olganda o'quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish oliy 
ta’lim muassalariga quyidagi afzalliklarni beradi: 
- o'quv dasturining modulli tuzilishini yaratish imkoniyati; 
- mexnat intensivligini baholash uchun kreditlardan foydalanish imkoniyati; 
- bilimlarni baholash uchun ball-reyting tizimlaridan foydalanish imkoniyati; 
-Individual o'quv rejasini shakllantirishda talabalarning ishtiroki; 
1
O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va 
qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1019


- ta'lim jarayonida o'z-o'zini ta'lim olish ulushini oshirish imkoniyati; 
- Ta'lim dasturlarining moslashuvchanligini oshirish imkoniyati. 
Kredit tizimi bilan o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish talabalarga o‘quv 
jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta’lim 
texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Kredit to‘plash 
o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda 
tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun akademik 
jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash 
tizimi va ta’lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi. Kredit modul 
tizimining rivojlanish siklini quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz: Garvard universiteti 
1872 yilda AQSh kredit tizimi (USCS), 1989-yilda Yevropa kredit tizimi yangi 
kredit-modul tizimi qoidalarini ishlab chiqadi va uni European Credit Transfer 
System (ECTS) deb nomlaydi. Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlari o‘rtasida 
talabalar almashinuvi rivojlana boshlaydi. 1999 yilga kelib Yevropada Bolonya 
protsessi deb atalgan Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlikni rivojlantirish xalqaro forumi ish boshlaydi. Bolonya deklaratsiyasida 
ko‘zda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan mustaqil ta’limga urg‘u qaratgani 
holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi: 
❖ birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim 
muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki 
ishni ko‘chirish)ni ta’minlaydi; 
❖ ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha 
barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama - kredit aniq hisoblab 
boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan dasturi bo‘yicha nimani qancha 
o‘zlashtirganligini namoyon etadi
2

Forumning maqsadi Yevropa davlatlarida oliy ta’lim standartlari va sifatini 
uyg‘unlashtirishga qaratilgan edi. Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat 
o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan 
mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori 
talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy 
ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur 
tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining 
butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va 
zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga 
qaratilgandir. 
Modul -bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir 
qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy 
2
2015 European Credit Transfer and Accumulation System (ECTS) User’s Guide, a Joint Project by the European 
Higher Education Area, the Bologna 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1020


mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) 
majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video 
hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat 
qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘qiydi va o‘rganadi hamda berilgan 
topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi. 
Xalqaro tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2-4 
tagacha moduldan tashkil topadi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik 
sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-
birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis 
bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat soxaga ta’luqli axborotlar, balki ularni qayta 
ishlash, ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab 
etiladi. 
Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va 
quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
➢ o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi; 
➢ talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim 
bo‘ladigan bilim va malakasiga qo‘yiladigan talablar; 
➢ modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni 
ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni 
baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar; 
➢ o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni 
baholashning usul va shakllaridan iborat. 
Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini 
baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv 
faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilim va 
ko‘nikmalari ball berish orqali baholanadi. 
Bizga ma’lumki, kundalik turmushda ko‘pgina narsalarning o‘z o‘lchov birligi 
mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi - sekund, uzunlik o‘lchovi - metr, og‘irlik- kilo, 
suyuqlik - litr, elektr kuchlanish o‘lchovi - amper. Shunda bir savol paydo bo‘ladi: 
ta’limning, jumladan oliy ta’limning ham o‘lchov birligi bormi? Aytishingiz mumkin, 
ha oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistratura va doktorantura deb. 
Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas balki uning bosqichlari hisoblanadi. 
Afsuski, hozirda mamlakatimizda oliy ta’limning talabalar progressini, ularning 
mutaxasis sifatida shakllanishini muntazam ravishda baholab boruvchi hamma uchun 
tushunarli bo‘lgan o‘lchov birligi mavjud emas.
Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning 
amaldagidan ko‘ra ancha mukammal, zamonaviy lekin hamma uchun tushunarli 
bo‘lgan o‘lchov birligini olib kiradi. Unga ko‘ra OTM o‘quv dasturlari muayyan 
o‘qish natijalarini ko‘zlovchi turli fan va modullarga bo‘linadi. Xar bir fan yoki 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1021


modul esa undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab muayyan miqdordagi kreditlarda 
aks etadi. Masalan har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki 7, 5 kreditlarda aks etishi mumkin. 
Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi va 
tegishli miqdordagi kreditlarni to‘plagandan so‘ng unga bakalavr yoki magistratura 
darajasi berilishi belgilanadi.
Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov 
fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok 
etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-o‘qituvchilarni ham 
tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy 
hol sanaladi. Bu o‘quv jarayonlarini baholashning o‘ziga xos qiymat ko‘rsatkichi 
bo‘lib ham hisoblanadi.
3
Talabaga fanlarni hamda professor-o‘qituvchilarni tanlash u yoqda tursin, 
zerikarli bo‘lgan mashg‘ulotlardan voz kechib, kutubxonada o‘qib-o‘rganishiga ham 
imkon berilmas edi. Talabaning dars mashg‘ulotlarini qoldirishiga jiddiy talafot 
sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa
talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va o‘qituvchi 
yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar talabga javob bermasligi, armisoqdan 
qolib ketganmi-ketmaganmi, auditoriyada o‘tirishi shart edi! Xullas, an’anaviy 
tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi, qanaqangi professor-
o‘qituvchilar dars berishi, yo‘nalish profili, fanlarning qisqacha mazmuni bo‘yicha 
hech qanday materiallar taqdim etilmasdi va OTM ni tugatib oily ma’lumotli diplom 
bilan chiqayotgan kadrlar talab dajasida raqobatbardosh emas. 

Download 277.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling