Mavzu: Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatlari va afzalliklari Reja: Kredit-modul tizimining vazifalari


Download 4.51 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi4.51 Kb.
#1527032
Bog'liq
kredit modul tizimi


Mavzu: Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatlari va afzalliklari
Reja:

  1. Kredit-modul tizimining vazifalari

  2. Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimining ahamiyati

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Bu tizimda o’qish uchun talaba o’z ustida ko’proq ishlashi kerak. Agar o’z ustida ishlamasa uning kursdan qolish ehtimoli oshadi va o’qishni tugatishi uchun 8 yil muddat beriladi.
Bizda OTM ga kirdingmi bitirib ketishing shart degan fikr singib qolgan. Bu notog’ri va endi bunday bo’lmaydi. Hozir OTM larda talabalar soni yetarlicha. 5-6 yil oldin talabani haydasa, shtat qisqarib ketadi, degan fikrlar bo’lgan. Endi talabalar ham, ota-onalar ham OTM ga kirgandan so’ng faqat diplom olishni emas, kelajakda yaxshi mutahassis bo’lib chiqishni o’ylashi kerak. Diplom yaqin kelajakda hech narsani hal qilmaydi. Sababi kadrlar soni ko’paygach raqobat ham oshib boradi.
Anʼanaviy oliy taʼlim tizimimiz ­dunyoda tan olinmaganidan keyin, biz ilgʻor standart va tizimlarni oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etishga majburmiz. Shunday ekan, yangilikka intilish, oliy taʼlim tizimini tubdan qayta isloh qilish boʻyicha boshlangan harakatlarni davom ­ettirish har tomonlama toʻgʻri qarordir.
Download 4.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling