Shaxsning individual – psixik hususiyatlari turli-tumandir. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter hislatlari 2 ta katta gruppaga bo’linadi: - Shaxsning individual – psixik hususiyatlari turli-tumandir. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter hislatlari 2 ta katta gruppaga bo’linadi:
- Xarakterning ma`naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo’ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar;
- Xarakterning irodaviy hislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat`iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o’z-o’zini tuta bilish kabilar.
- Xarakter tugma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog’liq holda tarkib topib, o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta`lim-tarbiya ta`sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin.
Ish joyi va unga qo`yiladigan psixologik talablar. - Mehnatni ilmiy tashkil etish bu mehnatni shunday tashkil qilishdirki, unda muayyan tadbirlar amaliy joriy etilishi uchun oldin mehnat jarayonlari va ularning bajarilish sharoitlari obdon ilmiy tahlil qilinadi, amaliy tadbirlarning o`zi esa hozirgi zamon fani va ilg`or tajribaga asoslanadi. Mehnatni tashkil etishga ilmiy yondashish – ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish uchun doim intilish va ishning yangi, eng qulay usullarini qo`llashdir.
Ishda yangi eng foydali tomonlarni izlash – fanda nimaiki erishilgan bo`lsa, o`quv va ishlab chiqarish mehnatida qo`llanish va foydalanish, shuningdek, ilmiy metodlardan foydalanib ishlab chiqarishdа ilgari bo`lmagan narsalarni yaratish demakdir. - Ishda yangi eng foydali tomonlarni izlash – fanda nimaiki erishilgan bo`lsa, o`quv va ishlab chiqarish mehnatida qo`llanish va foydalanish, shuningdek, ilmiy metodlardan foydalanib ishlab chiqarishdа ilgari bo`lmagan narsalarni yaratish demakdir.
- Ergonomika boshqa fanlar ma`lumotlaridan foydalanib hamda jamoa va insonning atrof-muhit bilan o`zaro harakati yuzasidan o`z tekshirishlarini o`tkazib, inson mehnatiga ijobiy va salbiy ta`sir etuvchi barcha omillarni o`rganadi. Mehnat gigienasi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatkashlar sog`ligi va ish qobiliyatiga noqulay ta`sir etishi mumkin navbatdagi omillar klassifikatsiyasidan foydalanib, ergonomika bu omillarning zararli ta`sirini yo`qotish yoki pasaytirish imkoniyatlarini izlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |