Kasbiy kompetensiyasi tizimi
Download 43.76 Kb.
|
6-7-ma\'ruza
Kommunikativ kompetensiya – o‘qituvchidan to‘laqonli muloqotchanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda talaba va jamoa a’zolari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.
Ta’limiy mazmundan, vaziyatdan, holatdan kelib chiqib, har qanday o‘qituvchining maqsadi auditoriyada “Rivojlantiruvchi muhitni” yaratishdan iborat. Ya’ni: talabalarga faoliyatga undovchi motivatsiya berish; talabalarni mustaqil ishlatish, o‘quv faoliyatiga undash orqali tushuncha va tasavvur va ko‘nikmalarni shakllantirish. Kerakli ma’lumotlarni qidirish, o‘z faoliyati loyihasi va uning amaliyotga tatbiq etish, ish maqsadini anglash va natijaga mas’uliyat bilan yondashish; talabalar tomonidan mavzuni, maqsad, vazifalarini murakkablik darajasini, shakl va usullarni mustaqil ravishda tanlash; talabalarni loyiha ustida guruhlarda ishlashga o‘rgatish mavzu va muammolarni aniqlash, vazifalarni taqsimlash, rejalashtirish, bahs- munozara natijalarini muhokama qilish va baholash. talabalarni turli xil shakldagi munozaralardagi ishtiroki. talabalarda o‘z harakatlarini tartibga solishni shakllantirish. baholash tizimi orqali talabalar o‘z bo‘lg‘usi natijalarini takomillashtirish, o‘z darajalariga va natijalariga baho berib, ularni yanada takomillashuviga erishish. O‘qituvchilarda “Rivojlantiruvchi muhit”ni yaratishga yo‘nalti rilgan harakatlar imkoniyatlari. Mustaqil ravishda biror narsa qilmoqchi bo‘lganlarning harakatini rag‘batlantirish. Qo‘yilgan maqsadga yetmoqchi bo‘lgan talabalar yutuqlarini namoyish etish va ularning yutuqlari bilan qiziqish. Aniq qo‘yilgan, mukammal, lekin amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maqsadlarga undash. Atrofdagilarning qarashlariga nisbatan o‘z qarashlarini ifodalashga o‘rgatish. Boshqacha xulq va fikrlash usullariga undash. Talabalarni turli xil rivojlantiruvchi faoliyatga o‘rgatib borish. Turli motivatsiya shakllarini yaratish va talabalar faoliyatini yanada faollashtirish. Madaniy namunasi va tushunchasi negizi asosida o‘z dunyosini tasvirlash. Shaxsiy tasavvurlari asosida yangi faoliyat sharoitlarini yaratish. Muammolarni hal qilishni o‘z tushunchasi bo‘yicha qo‘rqmas dan bayon qilishga o‘rgatish. Savol berishga va o‘z fikrini bayon qilishga o‘rgatish. O‘zgalarni tinglash, ular fikrini tushunish, lekin ular bilan kelishuvchanlik qoidasiga amal qilish. Qiziqishi va qobiliyati yuqori va o‘zgacha bo‘lgan talabalarni tushunishga o‘rgatish. Muhokama qilinayotgan muammoga o‘z nuqtayi nazarini bildi rish va guruhda o‘z o‘rni bo‘lishiga o‘rgatish. Talabalarga ish natijalarining baholarini to‘liq tushunarli yetkazib berish. O‘z faoliyatini va uning natijalarini aniq manbalar asosida o‘zini-o‘zi baholashga o‘rgatish. Agar talabalar xato qilsalar ularni qo‘llab-quvvatlash va xatolarini tuzatishlariga yordam berish. Talabalarga qanday qilib mustaqil o‘qish mumkinligini ko‘rsatish va yangicha narsalarni o‘ylab topish. Talabalarga “Bilmayman”, “Bajara olmayman”, “Tushuna olmayman” tushunchalari uyat emasligi, ularning o‘rniga esa, dastlab, “Bilaman”, “Bajara olaman” va “Tushuna olaman” iboralarini tushuntirish. Talabalar o‘z tengdoshlari bilan muhokama qilinayotgan mavzu va muammolarni, o‘z fikri va kechinmalarini o‘rtoqlashishlari yoki fikr almashishlariga imkoniyat yaratish. Yakuniy va ijobiy natijalarga erishish uchun talabalarga mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga o‘rgatish. Download 43.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling