Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish asosiy vazifamiz ekan ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir etadigan barcha omil va mezonlarni tahlil qilib, ularning ma’naviyatimizni yuksaltirishdagi o’rnini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiqdir
Ular quyidagilardan iborat.
1.Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhum omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
MADANIYBOYLIKLAR
MADANIY BOYLIKLAR
QADUMIY TARIXIY YODGORLIK-LAR
MANAVIY MEROS
“AVESTO” DAGI AHLOQ-ODOB QOIDALARI
- EZGU SO’Z
- EZGU AMAL
- EZGU FIKR
Xalq og’zaki ijodi, jumladan “Alpomish” dostoni milliy davlatchiligimizning badiy ifodasi, azamat o’g’lonlarimizni ma’naviy jihatdan kuchli etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. “ Alpomish” eposini kuylab, uni qalbiga, shu urniga joy qilgan millatni esa hech qanday kuch enga olmaydi.
2.Milliy ma’naviyatimizni shakllanishida, bugungi kunda yanada yuksalishida milliy bayramimiz –Navro’z ayyomi muhim omil hisoblanadi. Navro’z falsafa xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat va himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanadi. Navro’z bayrimi yoshlarimizni ma’naviy kamol topishida muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
3. Ma’naviyatning yuksalish bilan bog’liq bo’lgan yana bir omil, mezon-muqaddas dinimizdir.
4. Buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning bemisol ilmiy-ijodiy kashfiyotlari, ilmiy faoliyati bugun ham jahon ahlini hayratga solmoqda, insonlarni ma’naviy yuksaltirmoqda.
5. Har qaysi millatning o’ziga xos madaniyatini shakllantirishi va yuksaltirishda oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir
6. Ma’naviyat hayotimizni yuksaltirish borasida mahallaning roli va ta’siri muhim omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |