Kasbiy manaviyat fanining predmeti maqsad va vazifalari Ma’naviyatni anglash


Download 0.9 Mb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1030892
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kasbiy manaviyat fanining predmeti maqsad va vazifalari


Kasbiy manaviyat fanining predmeti maqsad va vazifalari
Ma’naviyatni anglash
Ma’naviyat so’ziga har qaysi ma’rifatli inson o’zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib kelib chiqqan holda turli- cha ta’rif va tavsiflar beradi
“Ma’naviyat” tushunchasining mazmuni faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmaydi.
Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan , odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch. Insonning barcha qarashlarining mezonidir.
“Ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o’zida to’la mujassam etadi.
Insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg’ayishi ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydi.
Savol tug’iladi, inson o’z boyligini peshona teri to’kib, Olloh bergan aql-idrok va tafakkurini ishlatib topyaptimi yoki qing’ir- qiyshiq , harom-xarish yo’llar bilan orttiryaptimi? Bu savolga ikki xil hayotiy qarash, javob mavjud.
DUNYOQARASH
  • O’z nonini halol mehnat qilib topadigan, bugungi hayoti va oxiratini o’ylab yashaydigan, insonlarga xos hayotiy qarashdir.
  • Hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o’zini qiynamasdan, faqat nafs qayg’usi va o’tkinchi hayo yu xavasga, huzr-halovatga berilib, o’zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi

  • burchiga befarq bo’lib yashaydigan odamlarning fikr qarashlaridir.

Qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-asoyishta hayot kechirish, o’z ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsa, o’sha erda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’iladi. Dunyoda har bir insonning o’z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunishi, anglash uchun avvalo insonni tushunishi, anglash kerak. O’zligini , insoniy qadr-qimmatini anglash etgan harqanday odam bu haqda o’ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling