Mundarija
Kirish..……………………………………………………………………………..3
I BOB. TARIX ILMIDA MANBASHUNOSLIK FANINING TUTGAN O‘RNI, UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI, PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI……………………………………………………………………..4
1.1. Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari………………………………………………………………4
1.2 O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni……………………………………………………………………………….12
II BOB. MANBASHUNOSLIKNING ASOSIY YO‘NALISHLARI. TARIXIY, NAZARIY VA AMALIY MANBASHUNOSLIK………………..20
2.1. Tarixiy va nazariy manbashunoslik yo’nalishlari va ularning manbalarni
o’rganishdagi o’rni …………………………………………………………..20
2.2. Amaliy manbashunoslik yo’nalishi.………………………………………….24
Xulosa……………………………………………………………………...…. ……39
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………40
KIRISH
O`zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bilan o`zbek xalqi tarixida tub burilishi sodir bo’ldi. Mustaqillik xalqimizning o’z huquqlari, milliy o’zligini tiklashga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma`naviy taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O`zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach manbashunoslik fanida yangi sahifa ochildi.
Boy tariximizni o’rganishda manbalarning xususan manbashunoslik fanining o’rni nihoyatda kattadir. Kurs ishimizda biz manbashunoslik fanining predmeti, vazifalari, yo’nalishlari, manbalar va ularning turlari, manbashunoslikning nazariy muammolari, O’rta Osiyo tarixini o’rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |