Mundarija Kirish I bob. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o‘rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari


Download 108.69 Kb.
bet5/10
Sana26.02.2023
Hajmi108.69 Kb.
#1232728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekiston tarixini o\'rganishda manbashunoslik fanining o\'rni

Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-so’z boyligi tarkibidagi uzoq o’tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj- o’rta asrlarda ah’olidan, asosandeh’qonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig’i; ushr– daromadning o’ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot– chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; cuyurg’ol– shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida ko’rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er-suv;tansuqot – kamyob, etiborga molik buyum, mato; podshoh’lar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik- qo’shin; qorovul- qo’shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bo’linma; xalifa –Muh’ammad payg’ambarning o’rinbosari, o’rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig’i; mirishkor – to’g’risi – miri shikor, podshoh’ va xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi –shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig’-o’rta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan rasmiy h’ujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan yer - suv haqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda ko’p uchraydi. Bu va shunga o’xshash atamalar shubh’asizqimmatli tarixiy material bo’lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy h’ayotini o’rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o’rganadi.
Xalq og’zaki adabiyoti
Og’zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi bo’lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Masudiy, Beruniy, Firdavsiy, İbn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To’maris va Shiroq h’aqidagi qissalar shular jumlasidandir.
Urug’chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal – munosabatlarini o’rganishda “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlar,shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo’shiqlari, matal va topishmoqlarning roli h’am benih’oyat kattadir. Bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish – turmushi, manaviy qiyofasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq o’tmishda h’ukm surgan ijtimoiy munosabatlar h’aqida qimmatli malumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem. Folk – xalq, lore – bilim; donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi.
Yozma manbalar
YOzma manbalar tarixiy manbalarning muh’im va asosiy turidir. İnsonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog’i kishilarning o’zaro munosabatining natijasi o’laroq yaratilgan va o’sha zamonlarda sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o’zida aks ettirgan manba sifatida o’rta asr (U1-X1X asrlar) tarixini o’rganishda muh’im o’rin tutadi. YOzma manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:

Download 108.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling