Mundarija Kirish I bob. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o‘rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari


TARIX ILMIDA MANBASHUNOSLIK FANINING TUTGAN O’RNI, UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI, PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 108.69 Kb.
bet2/10
Sana26.02.2023
Hajmi108.69 Kb.
#1232728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekiston tarixini o\'rganishda manbashunoslik fanining o\'rni

TARIX ILMIDA MANBASHUNOSLIK FANINING TUTGAN O’RNI, UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI, PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
1.1. Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial baho berish asos qilib olindi. Ўзбек халқининг неча минг йиллик тарихида қандай мураккаб даврлар, оғир синовлар бўлганини барчамиз яхши биламиз. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи ва биз эришган оламшумул ютуқлар мард ва матонатли халқимиз ҳар қандай қийинчилик, тўсиқ ва синовларни ўз кучи ва иродаси билан енгиб ўтишга қодир, деб баралла айтишга тўла асос беради.
Биз аждодларимизнинг ёрқин хотирасини асраб-авайлаб, қалбимизда, юрагимизда абадий сақлаймиз. Букилмас ирода, фидойилик ва жасорат намунасини амалда намоён этиб, ўз ҳаётини азиз Ватанимизнинг ҳар томонлама равнақ топишига бағишлаган устоз ва мураббийларимиз, замондошларимиз билан биз чексиз фахрланамиз1.
Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi to’g’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga h’arakat qildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin.
Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy ‘ujjatlar va solnomalarda qanday bayon qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi? Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va obektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz mumkin vakerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, anbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida h’am bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik faniyurtimiz tarixi to’g’risida xolis va obektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir.
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bo’lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o’rganish h’amda ulardan ilmiy foydalanishning nazariyva amaliy jih’atlarini o’rganadi.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning malum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar,manzilgoh’lar va mozarlar, shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi. Manaviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasidapaydo bo’lgan va uning xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o’rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soh’asida asosan ikki xil bo’lishi mumkin-tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o’rganishdir.
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to’la va obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiyotini o’rganishdagi ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikningasosiy vazifasi h’isoblanadi.
Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bo’lish mumkin.
Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan.
İlk tarixning ayrim lavh’alari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan. U joylarni biroz yumshatish uchun qo’l omochi qo’llanilgan. Shuning uchun qo’ltiq dehqonchiligi fanda motiga dehqonchiligi deb ham yuritiladi Dehqonchilik madaniyati o’z taraqqiyotida ilk, sug’orma, takroriy sug’orma va yuksak darajada 2rivojlangan madaniy xo’jalik bosqichlarini bosib o’tgan. Qachonki, ilk bobodehqonlar tomonidan dehqonchilik qilish uchun yer maydonlarini kengaytirilishi va bu yerlarga ishlov berish uchun hayvon kuchidan foydalanila boshlashii kashf etishgach, endi ekin maydonlarini sug’orish uchun ariqlar orqali suvlar olib kelish zaruriyati tug’iladi. Bu esa tarixiy manbalarda sug’orma dehqonchilik deb yuritilgan. Oddiy qilib aytganda, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo’lishi va rivoji mintaqaviy xususiyatning mazmun va mohiyatini tashkil qiladi. Bu ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi tub ma‘nodagi inqilobiy o’zgarishlar O’rta Osiyo mintaqasida, uning rang barang tabiiy geografik sharoitiga ko’ra, mil. avv. VII - V ming yilliklarda ro’y berdi, ya‘ni O’rta Osiyoda neolit davridan boshlab rivojlanishning mintaqaviy yo’li shakllanib bordi. Bu jarayonlarning 27 boshlanishidan dalolat beruvchi yirik va muxim yodgorlik Joytun yashash makoni bo’lib, aynan mana shu ob‘ektda O’rta Osiyo mintaqasining ilk bor qadimgi dehqonchilik madaniyati belgilari yaqqol ko’riladi. Shu kezlarda uning shimoliy sarhadlarida bu davrda ibtidoiy jamoalar hali ovchilik bilan kun kechirar edilar. Joytun madaniyati madaniy-xo’jalik an‘analari asosida tarkib topgan eneolit va bronza davrining Anov-Nomozga madaniyati O’rta Osiyo janubining shimolisharqiy mintaqalari tomon, shimoliy Kopetdog’ bo’ylab keng yoyildi. Eneolit va bronza davrining bobo dehqonlari Zarafshon vodiysiga, AnovNomozgoh madaniyatinig Nomozgoh V - VI bosqichlarida Murg’ob vohasiga, Qadimgi Baqtriyaga kirib boradi. Ularning iqtisodiy xo’jalik va etnomadaniy ta‘sirida bronza davriga kelganda qadimgi dehqonchilik madaniyatining qabilalari Ikki daryo oraligi (Movarounnahr) va unga tutash viloyatlarga keng yoyiladi. Zarafshon tog tizmalaridan bosh olgan Otchopar soy, Chumali soy va Sho’rnova soy etaklarida Oyim ko’l tarkib topgan va uni atrofida sug’orma dehqonchilik qilish uchun qulay unumdor yerlar hosil bo’lgan. Dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichlarida ushbu yerlar atrofida bobo dehqonlarning qishloq maskani paydo bo’ladi. Bu qishloq maskani Sarazm qishlog’ini hududida joylashganligi sababli shu nomda atalgan. Qadimgi sarazmliklarni paydo bo’lishini O’rta Osiyoning janubiy mintaqalaridan, ya‘ni Kopetdog’ tog’ etaklarida eneolit davrida tarkib topgan Nomozgoh madaniyati qabilalarining bu zaminga ko’chib kelishi bilan bog’lasada, A.A. Asqarov fikriga ko’ra, Janubiy Turkmanistonning qadimgi Geoksyur vohasidan ikki maqsadda, birinchisi dehqonchilik xo’jaligi uchun qulay yerlarni izlab kelgan bo’lsa, ikkinchisi, rangli metall ma‘dan konlari uchun kelib o’rnashganlar. Yodgorlikda qo’lga kiritilgai arxeologik topilmalarning ilmiy tahlilini ko’rsatishicha, Qadimgi Sarazm aholisining iqtisodiy asosini sug’orma, lalmikor dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil qilgan. Shu bilan birga hunarmandchilikning bir necha turlari hamda binokorlik yuqori darajada rivojlangan. Zarafshon vohasini o’rta havzasida mil.avv. II ming yillik o’rtalarida Sarazmda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy inqirozdan so’ng bu hududda ilk bor qad ko’targan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli Ko’ktepa yodgorligi hisoblanadi Zarafshon vohasini quyi oqimlarida ochib o’rganilgan Zamonbobo madaniyati soxiblarining iqtisodiy asosini xonaki chorvachilik va namli qoq yerlarga ekiladigan motiga dehqonchilik tashkil qilgan. Bu yerda topilgan mehnat qurollari kompleksida tosh yorguchoqlar, o’roqlar, tosh keli soplari, qorayib ketgan boshoqli o’simlik donlari, ya‘ni arpa, bugdoy, tariq va boshqa o’simliklarni qayd qilinishi dehqonchilik xo’jaligi mavjud bo’lganligidan guvohlik beradi. Kompleks materiallar tahliliga ko’ra, Zamonboboliklarda chorvachilik bronza davrida hali dehqonchilikdan alohida xo’jalik sifatida ajralib chiqmagan. Tadqiqotchi D. 28 Djurakulova Zarafshon vohasini quyi oqimlaridagi tabiiy-geografik omillarni e‘tiborga olgan holda, bu yerda to antik davriga qadar dehqonchilik xo’jaligi rivoj topmaganligini ta‘kidlaydi. 1968 yildan boshlab Surxondaryoda, Ulanbuloqsoy o’zanida joylashgan, mil. avv. II mingyillikka oid Sopollitepa yodgorligining o’rganila boshlanishi bilan O’zbekistonda ilk dexqonchilik madaniyati tarixiga oid ilmiy qarashlar va yondashuvlar tubdan o’zgardi. O’zbekistonning janubiy hududlarida sun‘iy sug’orma dehqonchilikni paydo bo’lishi so’ngi bronza davriga to’g’ri keladi. Buning asosiy sabablaridan biri hududning qulay iqlimi va uning subtropik kenglikda joylashganligidadir. Bu hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko’ra, so’nggi bronza davriga oid sun‘iy sug’orish ipshootlari ilk bor Ulanbuloqsoy va Bo’stonsoy atroflarida barpo bo’lgan. A.A. Asqarovni ta‘kidlashicha, Ulanbuloqsoy o’zanlari miloddan avvalgi 1700-1500 yilliklarda Sopollitepadagi istiqomat etgan aholi tomonidan o’zlashtirilgan. Sopollitepa va uning atrofida kengligi 5-6 metr va chuqurligi 1-1,5 metrni tashkil etgan sun‘iy sug’orish inshootining qisman saqlanib qolganligi bundan dalolat beradi. Bundan tashqari, ilk dehqonchilik madaniyatlarida sug’orma dehqonchilikni yuqori darajada rivojlanganligini bildiruvchi juda ko’plab mehnat qurollari topilgan. Bularga toshdan qilingan yorg’uchoqlar, hovoncha, o’g’ir dastasi va uchli motigalarni misol qilib keltirish mumkin. Sopollitepa manzilgohidan esa motigani eslatuvchi bir necha topilmalar o’rganilgan bo’lib, bular ikkita yirik o’lchamdagi uchli motiga va ikkita yer kavlashga oid motigaga o’xshash qilib suyakdan yasalgan mehnat qurollaridan iborat bo’lgan. Ularga ishlov berish tomoni yaltiroq ko’rinishda bo’lib, buning sababi qurollar yerlarni yumshatish uchun ishlatilgan. O’rta Osiyoning dehqonchilik madaniyatlarida yerga ishlov beruvchi mehnat qurollari qattiq materiallardan, ya‘ni tosh va bronzadan yasalgan, lekin tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, qo’shni madaniyatlarda dehqonchilik qilish uchun ajratilgan yerlarni yumshatish uchun qadimgi dehqonlar daraxtdan yasalgan mehnat qurollaridan foydalanilgan. Lekin Sopollitepa manzilgohida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, metalldan yasalgan mehnat qurollari uchrasada, lekin bu yerda yerni yumshatish uchun yog’och va suyakdan yasalgan mehnat kurollari hozircha qayd qilinmagan. A.A. Asqarov va T.Sh. Shirinovlarning Jarqo’ton yodgorligida olib borgan tadqiqotlari natijasida bu yerda o’troq dehqonchilik madaniyatining rivojlanganligi, dehqonchilikda sun‘iy sug’orish sistemasining kashf etilganligi, Bo’stonsoydan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarilganligi, yerni ishlashda omochdan va hayvon kuchidan foydalanilganligi isbotlab berilgan. 29 Sun‘iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikni har tomonlama rivojlantirgan va O’rta Osiyoda ortiqcha boylikning paydo bo’lishiga olib kelgan bir yer maydonida bir necha marotaba xosil olish usulini qo’llashgan. Shundan xulosa qilish mumkinki, sun‘iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’zbekistonning janubiy hududlarida bronza davridayoq shakllangan. Tadqiqotchilar ta‘kidlaganidek, har qanday dehqonchilik emas, balki ekinni ko’p marta sug’orish tizimi hosildorlikni oshirib, mehnat unumdorligining yuqori bo’lishiga olib kelgan. A.A. Asqarov fikriga ko’ra, Sopolli madaniyati yodgorliklarida har bir ko’p xonali uylarni bir xonasida zahira mahsulotlari, ya‘ni bug’doy, arpa saqlaydigan maxsus saqlash xonalari mavjud bo’lgan. Olib borilgan ilmiy tahlillarni guvohlik berishicha, bu yerda past bo’yli galla (zerno karlikovoy), yumshoq navli bugdoy va uzum urug’lari qoldiqlari uchragani aniqlangan. Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmiga kelib Jarqo’ton Sherobod vohasidagi dehqonchilik jamoalarining himoya qal‘asiga aylangan. Aftidan shu davrdan boshlab aholi soni, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi va aholining turli dehqon-chilik vohalariga tarqalib borishi sodir bo’lgan. Aholining ko’payishi o’z navbatida yangi vohalarni o’zlashtirishga va bu vohalarda sun‘iy sug’orish inshootlarining barpo etilishiga olib keldi. Mirshodi (Bandixon) sug’orish inshootlari ilk temir davriga borib yanada takomilashadi. Bu jarayonni biz Surxondaryo viloyatida yangi vohalarning paydo bo’lishidan ham kuzatamiz. Boshqa vohalarda, jumladan Xorazm, Toshkent, Farg’ona vodiysida ilk sug’orma dehqonchilik jaryonlari birmuncha kechroq, ya‘ni so’nggi bronza va ilk temir davrida sodir bo’la boshlagan. Sopolli madaniyati moddiy manbalarini o’rganish uning tadqiqotchilariga shunday xulosa chiqarishga imkon berganki, Sopolli davrida dehqonchilikdan ikkinchi mehnat taqsimoti -hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz bergan. Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma‘lum bir sohalariga dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ularning bir yerga to’planishi uchun imkoniyatlar paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi esa mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu davrda xo’jaliklarning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdosotiqni taraqqiy etishi natijasida jamiyat hastida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga olib keladi. Ushbu o’zgarishlar ilk shaharlarni va ilk davlatchilikni paydo bo’lishida asosiy poydevor bo’lib xizmat qildi. Yuqordagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, qadimgi sug’orma dehqonchilik uchta bosqichni bosib o’tadi: Birinchi bosqichda eng oddiy liman usulida sug’orishni paydo bo’lishi va uni rivojlanishi. Bunda mavsumiy suv 30 toshishidan tabiiy sug’oriladigan yerlarda dehqonchilik qilingan. Ikkinchi bosqichda tabiiy sug’oriladigan yerlardan hosil olish mobaynida dehqonlarda ularni tartibga solish ko’nikmalari asosida dastlabki irrigatsiya inshootlari bunyod etildi. Natijada irrigatsiya tizimidan foydalanib sun‘iy sug’orishga o’tildi va dastlabki magistral kanallar paydo bo’ladi. Uchinchi bosqichda esa rasman endi kanallardan ariq kovlab suv chiqarish boshlandi. Mamlakatimiz xududida ilk dehqonchilik belgilari Zarafshon xavzasida dastlab Sarazmda va Zamonbobo madaniyati zamirida va bir oz keyin Sopolli madaniyati yodgorliklarida yaqqol ko’rinadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, epigrafika dastlabki yozuv asorati sifatida o’rganadi. Epigrafika (grekcha epi – ustidan, tepasida, grafio – yozuv, biror predmet ustidagi yozuv), tosh, metall, buyumlar, yog’och va boshqa predmet ustida o’yib yozilgan qadimgi yozuvlarni o’rganadi. Bunday yozuvlar Ahmoniylarning qadimgi poytaxti 3Persepol, shuningdek Suza va Ekbotana (Hamadon) shaharlari va ularning atrofida topilgan. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatiga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar Markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini buysundirganlar. Sakmassagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I miloddan avvalgi 518 yilda istilo qilgan. Doro I davrida (miloddan avvalgi 522—486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblanadi. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma‘lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VIIV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilida turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshox va Xamadon shaxri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshda yozilgan. Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: «Men — Doro, ulug’ podsho, shaxanshox, mamlakatlar podshosi, 31 Vishtasp o’g’li, Arshan nevarasi, Ahamoniy.



Download 108.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling