Mundarija Kirish I bob. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o‘rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari
Download 108.69 Kb.
|
O\'zbekiston tarixini o\'rganishda manbashunoslik fanining o\'rni
Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli yo’q yoki juda kam.
Til bo’yicha manbalarni o’rganish yomon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni o’rganganda, faqat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o’quv yurtlarida o’qitilgan “CCJM tarixi manbashunosligi” va “O’rta asrlar tariximanbashunosligi” darsliklari mana shu qoidaga asoslangan. B. A. Ah’medov “O’zbekiston tarixi (o’rta asrlar) manbalari”ni (yozma manbalarni) quyidagi uch turga bo’lib o’rganishni tavsiya qilgan: 1) Ashyoviy manbalar, yani arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o’rganish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiluvchi manbalar asosan arxeologiya fani tomonidan o’rganiladi va biz uchun qo’shimcha yoki yordamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston tarixi yozma manbalarini asasan ikki turga bo’lib o’rganish maqul ko’rinadi. 1) rasmiy h’ujjatlar – yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshqalar. Umuman, tarixiy h’ujjatlarning o’ttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siyosiy h’ayotni bevosita qayd etishlari, yani feodal eregaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o’xshash masalalar bo’yicha daliliy malumotga boyligi bilan tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular asosan h’ujjatshunoslar tomonidan maxsus o’rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta. 2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va to’la yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi ko’zga tashlanadi. YOzma manbalarni faqat zikr etilganlaribilan cheklab bo’lmaydi. Xususan, badiiy adabiyotlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar to’g’risidagi malumotlar bayoni mavjud bo’lib, faqat ularning o’ziga xos bayon uslubi, badiyatini nazardan qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni yozishi kerak bo’lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to’qima, bo’rttirish, mubolag’aga yo’l qo’yish, yani o’z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan,Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan, uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida İzzat Sulton “Navoiyning qalb daftari” nomli kitob yozib, unda Alisher Navoiy biografisini tiklashga h’arakat qilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi to’g’risida juda qimmatli malumot mavjud. YOzma manbalardagi o’ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan voqea, h’odisalarga subektiv yondoshuv, ayrimlarini xaspo’shlash yoki buzib talqin h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga tanqidiy yondoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va printsiplaridan biridir. Download 108.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling