Mundarija Kirish I bob. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o‘rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish
Download 108.69 Kb.
|
O\'zbekiston tarixini o\'rganishda manbashunoslik fanining o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Amaliy manbashunoslik yo’nalishi
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nih’oyat uni ilmiy tah’lil qilish h’ar qanday katta kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi h’isoblanadi. Tanlangan mavzuning ilmiy h’amda nazariy jih’atdan to’g’ri h’al etilishi ko’p jih’atdan h’ar qanday tadqiqotningasosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog’iga, yani mukammalligiga va faktik materialga boyligiga bog’liqdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy h’ujjatlar, solnomalar, geokosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi malumotlarqiyosiy solishtirilib tah’lil etilsa ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo’lib, uning ilmiy ah’amiyati h’am katta bo’lishi shubh’asizdir. Tadqiqot uchun yozma manbalarning qaysi biriasosiy va qaysilari yordamchi rol o’ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog’liqdir. Masalan, iqtisodiyijtimoiy masalalarni o’rganishda rasmiy h’ujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o’taydigan bo’lsa, siyosiy h’amda madaniy h’ayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralarh’amda adabiy-badiiy asarlar etakchi o’rinda turadilar. Lekin shunga qaramay,ilmiy tadqiqot olibborishda faqat asosiy h’isoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni h’am tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar h’amda madaniy h’ayotga oid qimmatli malumotlarga boy bo’ladi. Rasmiy h’ujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid qimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo’q malumotlarni uchratish mumkin. 2.2 Amaliy manbashunoslik yo’nalishi Amaliy manbashunoslik yo’nalishi bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o’rganish, izlab topish, tavsif etish va o’zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli malumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Amaliy manbashunoslikda tadqiqotchi o’zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning h’ar birini tashqi yoki moddiy –texnik belgilari va ichki mazmuniga ko’ra guruh’larga ajratib ilmiy tah’lil etishi lozim. Manbalarni tashqi belgilari yoki moddiy-texnik malumotlari deganda qo’lyozma kitob yoh’ud h’ujjat bitilgan qog’ozning o’lchami,qog’ozi, varaqlar soni, muqovasi,matn o’lchami, xati, siyoh’i, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi malumotlar nazarda tutiladi. Bu malumotlar asar yozilish sabablari, uning yozilgan joyi va o’sha vaqtdagi texnik taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy muh’itni o’rganishda muh’im ah’amiyatga ega. Bu malumotlarni aniqlamay turib, asarda bayon etilgan voqealar h’aqida, umumanasar h’aqida to’g’ri va to’la tasavvurga ega bo’lish, uning xususidafikr bildirish mumkin emas. Qo’lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin. Chunki qadimgi qo’lyozmalarda bugungi kundagikitoblardagi kabi muqovaning o’zidayoq asar nomi, muallif nomi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy malumotlar keltirilmagan. Bazi h’ollarda asar oxiri-xotimada uning ko’chirilgan vaqti va joyi h’amda kotibning nomi qayd etiladi, xalos. Malumotlar keltirilmagan taqdirda, asarning matni, yozilish va kitobati tarixi, qog’ozi, xati h’amda tili va til uslubiga qarab tah’minan aniqlanadi. Bunday malumotlarni aniqlash tadqiqotchidan katta h’ayotiy tajriba va yuksak malakani talab qiladi va bu ancha qiyin va masuliyatli ishdir. Bunday masalalarni mashh’ur kitob bilimdoni İbodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, qiyoslash asosida h’al qilishi mumkin. Asar muallifi va uning shaxsini aniqlash qo’lyozma kitobning ilmiy tah’lil etishda katta ah’amiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy muh’itni aniqlab olish uchun h’am zururdir. Odatda, qadimgi qo’lyozma asarlarda ko’p h’ollarda muallifning ismi malum va ko’zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida qayd etilmaydi. Bazan u muqaddima qismida, yoki asar o’rtasida, voqealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko’p h’ollarda esa muallif o’zining h’aqiqiy ismini aytmay, “faqiru h’aqir”, “ojiz va xoksor”, “bu g’arib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday h’ollarda asar varaqma-varaq, satrma-satr, aloh’ida etibor va sinchkovlik bilan o’rganilishi lozim. Shunday h’am bo’ladiki, asarning biron erida muallif o’zi, otasi yoki yaqinlari h’aqida bir-ikki kalima aytib o’tadi. YOki bayon etilayotgan vlqeaga o’zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o’tirgan vaqtda kamina Hofizi Tanish ibn Mir Muh’ammad 33 yoshda edim”) bildiradi. Asar muallifining shaxsi, yani uning qaysi ijtimoiy guruh’ga mansubligi, uning dunyoqarashini aniqlash uchun asarning umumiy g’oyaviy yo’nalishini to’g’ri belgilab olish uchun muh’im ah’amiyat kasb etadi. Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish deganda qo’lyozma asarning tarkibi va mazmunini tah’lil qilish, tushuntirish, g’oyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi. Qo’lyozma asarning ilmiy qiymatini unda nimalar bayon etilganligi, voqea -h’odisalarga muallifning xolismunosabati, keltirilgan dalil va malumotlarning to’g’riligi va oldinga surilgan fikrva g’oyalar bilan belgilanadi. Tarixiy asarning asl nusxa, original bo’lishi yoki kompilyativ – yani boshqalar malumotlarni terib yoki aynan keltirishi, to’la va noqisligi, qisqaligi, voqealarning qay tarzda bayon etilishi h’am muh’im ah’amiyat kasb etadi.5 İlmiy tadqiqotlarda original va mo’tabar qo’lyozmalarga tayanib ish olib borish h’ar bir dalil va malumot, raqamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan malumotlardan saqdanish lozim. O’tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko’pincha o’zlari keltirayotgan dalillardan to’g’ri xulosa chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik h’am uchraydi. Bu tabiiy h’ol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muh’itning o’zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi. YOzma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qatorda xolisona muloh’azalar h’am uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko’pincha o’z fikr va muloh’azalarini pardozli iboralar va istiorali so’zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tug’ilganda uning taqdirini yoki biron ulug’ shaxs ishtirokida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muh’im voqeaning natijasini sayyoralarning o’sha paytdagi h’olati va o’rniga qarab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko’p asr avval bo’lib o’tgan va aynan muallif bayon qilmoqchi bo’lgan voqeaga o’xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yo’li bilan bayon etganlar. Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiytah’lil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muh’im va qimmatli tomonlarini aniqlash, unda keltirilgan dalillarning ishonchliligi va to’g’risini boshqalaridan ajrata olish h’amda eng muh’imi asarda bayon etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtai-nazaridan turib bah’olay olishdan iboratdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani faqat uning bir o’zida keltirilgan dalil va malumotlarga qarab bah’olab bo’lmaydi. Bazi h’ollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan bo’lishi h’am mumkin. Shuning uchun h’am biron asar h’aqida qatiy bir fikr aytishdan avval uni o’ziga o’xshash boshqa asar bilan solishtirib ko’rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va tekshirish zarur. Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha malum darajada tajriba to’pladi. Ko’plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada-faksimilesi, tanqidiy matni, tarjima va izoh’li tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli qo’lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi fih’rist-kataloglarda elon qilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik soh’asidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi. Xullas, manbalarni o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun eng qulay va istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga qo’llashni tavsiya etish zarur. So’nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadqiq etish imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Buo’rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to’ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yo’nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo’lib xizmat qiluvchi dalillarni yig’adi. Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida manbashunoslikning konkret, muayyan soh’asi, bo’limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o’rganib, eng qimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, keng jamoatchilikmanaviy mulkiga aylantiradi. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayoni uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’tmishni o’rganish esa davrimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Uni o’rganmay turib, kelajakka nazar tashlab bo’lmaydi. Tarix va arxeologiya aslida o’zaro chambarchas bog’liq, bir-birini to’ldiruvchi yagona fanning ikki sohasidir. Chunki, arxeologiya ham tarix fani hal qilishi lozim bo’lgan masalalarni yoritishda teng ishtirok etadi. Shuning uchun ulardan birini boshqasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mazkur fanni tarix va arxeologiya, olimlarni esa arxeologlar va tarixchilarga ajratish shartlidir, xolos. Shu narsa ravshanki, tarixning asosiy manbai yozuv va uning manbalari bo’lib, uning paydo bo’lishi miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarga borib taqalsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan juda qadimiydir va manbalarning paydo bo’lishi insonning hayvondan ajralib chiqa boshlash davri, ya‘ni 2.5-3 million yil qadimiy davrga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati butun tarixini 24 soat deb faraz qilsak shundan 23 soatu 56 daqiqa ibtidoiy-yozma manbalarsiz davrga, qolgan 4 daqiqasi esa yozma tarixga to’g’ri keladi. Kishilik jamiyati tarixining juda katta davri arxeologik manbalarga tayangan holda qayta tiklab, talqin etiladi. Zero, arxeologiyani tarixdan ajratib, yordamchi fan tarzida ikkinchi o’ringa surib bo’lmaydi. Keyingi bir asrda arxeologiya sohasida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlar bu fikrni to’la-to’kis tasdiqlaydi. Arxeologiya insonning o’tmish tarixini o’rganishda arxeologik ekspedisiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga tayanadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, arxeologik yoddgorliklarning bir qismi yer ostida va boshqa bir xillari yer ustidadir. Arxeologlar u yoki bu yodgorliklarni qazir ekan, shubhasiz madaniy qatlamlarga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda insoniyatning turmushi, xo’jaligi va g’oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Chunonchi, g’or-makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy qoldiqlarning jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq holda joylashishi madaniy qatlamni ifodalaydi. Bu qatlam yillar, asrlar va ming yillar osha asta-sekin vujudga keladi. Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o’n madaniy qatlamdan iborat bo’lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlar qancha vaqt yashaganligiga bog’liq. O’rta Osiyo yuksak madaniyat o’chog’i bo’lib, qadimgi Sharq dunyosining ajralmas qismini tashkil etadi. Bu ajoyib o’lkaning qulay tabiiy sharoiti – boy o’simliklar va hayvonot dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat e‘tiborini 25 o’ziga jalb qilgan. Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Janubiy Qozog’istondan topilgan ilk tosh asri makonlari buning isbotidir. Ilk tosh asridan keyingi mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davrlariga kelib, ibtodoiy va qadimgi odamlarning o’lka bo’ylab ancha keng tarqala boshlaganini topilmalar to’la tasdiqlaydi. O’rta Osiyoning tog’lik va tog’ oldi, vodiy va hatto Qizilqum va Qoraqum sahrolarida tosh asri makonlari va manzillari (xumdonlar, ilk temir davri) eneolit va bronza davri qishloqlari va shaharlari, suv inshootlari va mudofaa devorlarining qoldiqlari, shuningdek turli davrga mansub qoyatosh rasmlari ko’plab topilgan. O’rta Osiyoda topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda quyidagi ikki turga bo’lish mumkin. 1. Tabiiy manzaralar – inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar. 2. Inson tomonidan yaratilgan manbalar bo’lib, ular mehnat qurollari, aslahalar, sopol idishlar, san‘at va zebu-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozuvdir. Hususan yozma manbalarni o’rganish bilan tarixchilar, moddiy manbalarni o’rganish bilan arxeologlar shug’ullanadilar. Olimlar kishilik o’tmishini o’rganishda arxeologik moddiy buyumlar va yozma manbalarga tayanib ish ko’radilar. Odamlar yashagan joylar – ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug’orish inshootlari arxeologik yodgorliklar deb ataladi. O’rta Osiyoda topilgan barcha turdagi yodgorliklar va ulardan olingan ashyoviy buyumlarning saqlanishi hammasi ham yaxshi darajada emas. Ularni chuqur o’rganish, davrini aniqlash, ya‘ni tarixiy manba darajasiga ko’tarish arxeolog, tarixchi va boshqa fan mutaxassislarining muhim vazifasi hisoblanadi. O’rta Osiy qadimgi Sharq tarixining ajralmas qismini tashkil etadi, kishilik madaniyatining ilk markazlaridan biri hisoblanadi. O’rta Osiyo tabiiy sharoiti asosan xilma-xil, o’simlik va hayvonot dunyosi boy, iqlim sharoiti asosan mo’tadil bo’lganligidan insonning yashashi uchun juda qulaydir. Bu hol ibtidoiy qadimgi kishilar diqqat-e‘tiborini tortmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli odamlar bu o’lkada juda qadim zamonlardan boshlab yashaganlar. Bu ajoyib, betakror o’lkaning hamma yerida ibtidoiy va qadimgi davr kishilari xilma-xil obidalar-tosh asri makonlari, g’orlar, bronza davri qishloqlari va mozorlari, temir davri qal‘alari va shaharlarning xarobalari, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar, sug’orish inshootlarining qoldiqlari, qadimiy mudofaaa devorlarining manzaralari juda keng tarqalgan. Ilk sug„orma dehqonchilikning paydo bo„lishi xususida. O’rta Osiyo hududi o’zinig tabiiy-geografik sharoitiga ko’ra, qadimgi dehqonchilik va chorvachilik 26 yodgorliklari keng tarqalgan o’lkalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur xudud qadimgi dehqonchilik madaniyatining paydo bo’lishi va rivoji uchun qulay imkoniyatlarga ega. O’rta Osiyoning mintaqaviy rivojlanishi asosida ibtidoiy urug’ jamoalarining o’zlashtiruvchi xo’jaligidan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tishi, ya‘ni dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklarining paydo bo’lishi va rivojlanishi bosqichi. Uning davriy sanasi mintaqaning tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib, turli tarixiy davrlarda, ya‘ni vohalarda bir davrda yuz bermagan. O’lkamizni tabiiy-geografik muhiti, tekislik yerlarda dehqopchilikni rivojlantirish uchun, tog’ va tog’ oldi hududlarda esa chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat mavjud bo’lgan. Dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichi ilmiy adabiyotlarda turlicha nomlar bilan atalib kelingan bo’lib, ular qayir, liman, qoq, qo’ltiq (motiga) dehqonchiligidan iborat bo’lgan. Azim daryolar va tog’ soylari quyi havzalarida keng tarmoqlarga bo’linib, asrlar davomida oqizib kelgan chirindi aralash loyqa hisobiga, keng va tekis maydonlarda ilk dehqonchilik paydo bo’lgan. Odatda, qalin va unumdor tuproq o’zida namlikni uzoq saqlash xususiyatiga ega bo’lgan va ibtidoiy ajdodlar ana shu yerlarga yovvoyi boshoqli donlarni sepib, dehqonchilikni boshlaganlar. Sababi qalin unumdor taqir yerlar tarkibida namlik uzoq saqlangan, shu bois, dastlab ekinlarni sug’orishga hojat qolmagan. Ana shunday qoq yerlar massivlarida katta va kichik ekin maydonlari paydo bo’ladi. Bu tarixda qoq dehqonchiligi, liman dehqonchiligi, qayir dehqonchiligi, qo’ltiq dehqonchiligi, ya‘ni urug’ jamoasi dastlab o’zlashtirgan chegarali maydonida paydo bo’lgan qo’ltiq dehqonchiligi deb nom olgan. Dastlab bunday dehqonchilik maydonlarini ekinga tayyorlashda hayvon kuchidan foydalanilmagan. Shoh Doro ayturki: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo’limga kiritib, ularning podshosi bo’ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Midiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang’iyona, Ar‘yo, Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona, Gandhara, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka: hammasi bo’lib 23 davlat». ...Men Bobilda bo’lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagadiya, Saka. ... Shoh Doro ayturki: «Marg’iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg’iyonalik Frada ismli bir odam o’zini viloyatning hokimi deb e‘lon qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, buysunuvchi odamimni fors Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: «Menga buysunmaganlarni tor-mor qilish kerak». Dadarshish qo’shinlari bilan otlanib, marg’iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko’rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening qo’shinlarim qo’zg’olonchilarni butunlay mag’lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23 chi kunida sodir bo’ldi. Shundan so’ng davlat mening qo’limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim. ... Podsho Doro xabar qiladi: «Bundan so’ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib bordim, ularning o’zlari cho’qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryoda kemalardan ko’prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, menim huzurimga keltirdilar. Men o’z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so’ng mamlakat mening qo’l ostimga o’tdi». Shoh Doro ayturki: «Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug’layman. Axuramazda irodasi va o’z xohishim bilan men ularni tinchitib qo’ydim». Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: «Men — Doro, ulug’ shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o’g’li, Ahamoniy. Shoh Doro ayturki: «Mana huzurimda bo’lgan podsholik: Sug’diyonaning narigi yonidagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha - bu podsholikni menga Axuramazda — xudolar o’rtasidagi ulug’ xudo, tortiq qilgan». Behistun yozuvlarida Doro I birinchi bo’lib Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlarini ko’rsatib bergan bo’lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro’yxati Midiya va Elamdan so’ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: «Men-Doro, ulug’ podsho, shahanshoh, ko’p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayhon yerlarning podshosi, Vishtasp o’g’li, Ahamoniy, fors, forsning o’g’li, ariylar urug’idan kelib chiqqan ariy. Shox Doro ayturki: «Fors viloyatidan tashqari quyidagi mamlakatlarni men 32 bo’ysundirganman, menga xiroj to’lovchi bo’lgan, mening so’zimni ijro etgan, mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan: Midiya, Elam, Parfiya, Ar‘yo, Baqtriya, Sug’diyona Xorazm... Saka Xaumavarka, Saka Tigraxauda... dengizdan narigi yerdagi saklar». 1972 yilda Suza shaxrida topilgan Doro I haykalidagi yozuvlarda Baqtriya, Sug’diyona va Xorazmdan tashqari «balchiq va tuproq o’lkasi saklari» tilga olingan. Suza shahrida topilgan pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir qatibada Doro I (mil.av. 522-486 yy.) bunday e‘lon qiladi: «Suzadagi saroyni men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog’ochiGandxaradan, oltin-Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvardSug’diyonadan, firuza-Xorazmdan, kumush va bronza-Araxoziyadan, tosh ustunlari-Elamdan yetkazib berilgan». Ayniqsa, Perespoldan (520-450) topilgan yozuvlar va tabiiy suratlar (releflar) zo’r ilmiy qimmatga ega. Bunda Perespoldagi fors shohlari saroy devorlariga o’yib ishlangan manzarada Markaziy Osiyo xalqlari boshqalar qatori ahmoniylarga xiroj olib kelishi tasvirlangan. Sakkizinchi guruh – Sug’diylar. Ular yetti nafar, o’ziga xos oyoq kiyimida, qo’llarida qadah, mato va hayvon terisi, ular ikki bosh qo’yni yetaklab kelmoqda. O’n birinchi guruh – uchi o’tkir kigiz qalpoqli Sakatigraxaudalar. Ular ot yetaklagan va qo’llarida sarpo. O’n uchinchi guruh – parfiyaliklar, qo’llarida qadah, baqriya tuyasini yetaklaganlar. O’n birinchi guruh – baqtriyaliklar, yaktak kiyib, sholvorlarini himarganlar. Qo’llarida idishlar va tuya yetaklaganlar. O’n yettinchi guruh – Xorazmliklar. Kalta qilich va oybolta bilan qurollanganlar, ot yetaklaganlar. Shunday qilib, Ahmoniylar imperiyasiga tobe bo’lgan 23 satraplikdan (mamlakatlardan) o’lpon olib kelgan kishilar surati tasvirlangan. Ya‘ni Baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo’yna va tuya, sug’diyaliklar turli gazlamalar, teri va qo’ylar, saklar ot va chakmon, parfiyaliklar idishlar va tuya, Xorazmlar ot va qurol-aslaha bilan kengliklari tasvirlanadi. Persepoldan 6 milya (qariyb 5 km.) masofada, uning shimol tarafida Husaynko’h qoyalarida Ahamoniylaridan Doro I, Kserks I, Artakserks, hamda Doro III larning maqbaralari hamda ularga kiraverishda o’yib yozilgan yozuvlar bor. Shuningdek, Doro I ning 19 marta qilgan urushlari va u asirga olgan 9 podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada Ahamoniylar 33 imperiyasiga tobe bo’lgan 23 satralik va xalqlarning to’la ro’yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, sug’diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Bexustun yozuvlaridir. Bu yozuvlar (uzunligi 22 m., umumiy balandligi 7-8 m.) Shimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo’ylab o’tgan qadimgi yo’l yoqasida Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105 m balandlikda) Doro I ning amri bilan yozdirilgan g’alaba yodgorligidir. Yozuv Elam, bobil va qadimgi Eron tillarida bitilgan va 523-522 yillari Ahmoniylar imperiyasini larzaga keltirgan Gaumata (522 y. 24 sentyabrda halok bo’lgan), Frada (Marg’iyonalik 522 y. 10 dekabrda asirga olingan), Skunka (Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi. Forslarning saka – tigraxudalar ustiga yurishi haqida tarixchi Poliyen tomonidan (mil.av. II asr) keltirilgan boshqa rivoyat ham mavjud. U quyidagicha talqin etiladi: Forslar qo’shiniga sak qabilalaridan cho’pon Shiroq keladi. U ko’p joylaridan yaralangan, quloq – burni kesilgan edi. Shiroq o’z qabiladoshlarining uni o’ldirmoqchi bo’lganligini, buning uchun ulardan o’ch olish qasdida ekanligini bildirib, forslarni hech kim bilmaydigan yo’l bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. «Qo’shinlar Shiroq bilan yetti kunlik yo’lga tushdilar. Suvsiz qum sahrosi va bepoyonga kirib bordilar. Mingboshi Ranosbat quloqsiz (yo’lboshchidan) so’radi: «Buyuk qa‘riga boshlab borishga seni nima majbur etdi? Bu yerlarda qush uchsa qanoti, odam yursa oyog’i kuyadi. Na bir chashma, na bir jonzod uchraydi. Ilgari yurmoq yoki ortga qaytmoqning iloji yo’q». Shiroq qah-qah urib kulib, javob berdi: «Men yengdim. Saklarni halokatdan qutqazmoq uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim». Avesto. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda ―Avesto‖ ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e‘tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma‘lumotlar to’plangan. ―Avesto‖ da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e‘tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta‘limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e‘tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik 34 va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. ―Avesto‖ bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Mil.av. 1 ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini keng tarqaldi. Bu dinning asoslari ibtidoiy jamoa sharoitida odamlar tevarakatrofdagi tabiyatni ilohiylashtirgan bir davrga keldi. Zardushtiylar o’shanda olov (quyosh)ga, yer, suv, oy, yulduzlarga sig’inganlar va ularni muqaddas deb bilganlar. Zardushtiylik (turli tillarda zarashtira, zoroastr) ismidan olingan. Zardusht miloddan oldin 1 ming yillikning birinchi choragida yashagan. U 77 yoshida Zardushtiylik e‘tiqodi dushmanlari qo’lida halok bo’lgan. Keyinroq bu din targ’ibotchisini Zoroastr (yunoncha «astron» - yulduz) deb atay boshlaganlar. Shu nomdan kelib chiqib, uning ta‘limotini zoroastrizm deb yuritganlar. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi ―oltin tuchli‖, ―oltin tuya yetaklagan odam‖ ma‘nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma‘lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma‘lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Zardushtiylik yoyilayotgan davri ibodatxona ham, o’qib, unga sig’iniladigan maxsus kitoblar bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, guxgan yonida ado etilgan, keyinchalik kohinlari zardusht vazifasini yozib berganlar. Zardusht dini kohinlari bunday din matnlarini yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha asr o’tgach barcha marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirilgan. Avesto zoroastrizm (otashparastlik, er.av. VI – eramizning VII asri) dinining muqaddas kitobi (mil.av. VI – V asrlarda yozilgan), Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyatini (e‘tiqodi, tili, adabiyoti), qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Sharqshunoslar orasida ―Avesto‖ ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularnining ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik obrazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba‘zi matn va madhiyalar yakkahudolik e‘tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik ―Avesto‖ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita 35 Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she‘rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Har xolda ―Avesto‖da ajdodlarimizning eng qadimiy she‘rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq.6 XULOSA Марказий Осиё халқлари тарихини ўрганишда юқорида қайд этганимиз–манбашунослик йўналишини ҳал қилувчи соҳа сифатида алоҳида таъкидлаш лозим. Ҳаққоний тарихни манбалар асосида, далил ва исботли тарзда ўрганиш муҳим методологик талаб сифатида белгилаб қўйилган. Манбашунос кадрлар қадимги тиллар – юнон, классик араб, қадимий хитой, ўрта форс, суғдий, хоразмий, бохтарий, эски уйғур ва бошқа тиллардан хабардор бўлишлари муҳим. Шу мақсадларда кадрлар тайёрлашнинг бевосита амалий аҳамиятини баҳолаш учун бир мисол кифоя: ҳозир Марказий Осиё мустақил республикалари, Шарқий Туркистон (ХХР Уйғур автоном райони) ва бошқаларда сақланаётган юз минглаб қўлёзмалар, миллионлаб ҳужжатлар ўз тадқиқотчиларини кутмоқда. Фикримизча, бу тоифа кадрлар тайёрлаш ишида умумшарқшунослик, филологик ва тарих йўналишида таълим тизимини бевосита Тошкент давлат шарқшунослик институти доирасида махсус уюштирилгани ўзини тўла оқлаб келмоқда. Download 108.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling