Kasbiy ma’naviyat


Download 40.21 Kb.
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi40.21 Kb.
#1524121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kasb


1-SAVOL Kasbiy ma’naviyat fanining yangi o’zbekiston jamiyat taraqqiyotidagi o’rni
Fanning maqsadi – “Kasbiy ma’naviyat” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad, magistrantlarga o‘z mutaxassisiligi bo‘yicha mustaqil fikrlay olish, hamkasblari orasida muomala odobi, kasbiy etikasi, estetikasi hamda shaxsiy sifatlari rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kasbiy ma’naviyat fani shakllanishining taraqqiyot bosqichlari, xalqimizning tarixan boy madaniy, ma’naviy merosi, ma’naviy-ma’rifiy takomil bosqichlari, milliy ma’naviyatimizning umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unligi, uning o‘ziga xos betakror xususiyatlari, inson va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish yo‘llarini o‘rgatish hamda ularni amalda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- Kasbiy ma’naviyat fani rivojida jismoniy tarbiyaning uyg‘unligi, tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari, shaxs tarbiyasiga ijtimoiy muhitning ta’siri, zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari;
- Kasbiy ma’naviyat fanini rivojlantirishda axloqiy madaniyatni shakllantirishning dolzarb masalalari, magistralar fanni o‘zlashtirish orqali bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy tajribaga ega bo‘lishlari zarur;
Fanning vazifalari:
- magistrantlarning kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun puxta nazariy asos yaratish; ularda nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qila olish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; bo‘lajak magistrlardagi jahon ilmiy axborotlari (jumladan INTERNET tizimi)dan foydalanish, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish, ilmiy izlanishda echimlari eng qulay va sodda variantlarni topa bilish va amalga joriy etish qobiliyatini rivojlantirish; ularga axborot xurujlari, ma’naviy tahdidlar va ommaviy madaniyatning zararli oqibatlarini oldini olishda mutaxassislik fanlari yutuqlariga tayanish, uning ilmiy-nazariy-metodologik uslublaridan foydalanish metodlari, usul va vositalarini o‘rgatishdan iborat.


2-SAVOL Yoshlarning kasb tanlashini to`g`ri shakllantirishda SHarq mutaffakirlarning qarashlaridan foydalanish?
Kasb-hunar egalari qadimdan e’zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda o’zligimizni anglash tufayli bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma’naviyatli, mohir kasb egalari, tobora ko’proq talab qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumati qaror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Shu bilan birga tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga o’tish muammosi, g’oyasi ilgari surilmoqda.
Sharq mutafakkirlari ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy an’analarimizga binoan hunarmand va kasb, me’mor va naqqosh, dehqon va chorvador, to’quvchi va nonvoy ustoz-shogird munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Dono xalqimiz “Hunarli kishi aslo xor bo’lmas”, “Ta’lim bergan ustozingdan ayrilma” singari maqolalarni ijod etganlar va farzandlarimizning barkamol bo’lib ulg’ayishini orzu qilganlar.
Kasbiy-axloqiy ta’limotlar nafaqat qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, Rim va Gretsiyada, balki bizning vatanimizda ham juda-juda qadim zamonlardayoq paydo bo’lgan. Ildizi qadim zamonlarga borib taqaladigan axloqiy ta’limotlardan biri zardushtiylikdir.
Zardushtiylik dinining asoschisi eramizdan oldingi 589–512-yillarda yashagan Zardusht Spitama hisoblanadi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto”dir.
Jumladan, axloqiy va estetik qarashlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham ko‘rish mumkin. Avestoda yaxshilik, yorug‘lik va go‘zallik xudosi Axura Mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi Axriman o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi. “Avesto”da davlat xizmatchilarining axloqiy fazilatlari haqida shunday fikr bildiriladi: “Davlatni adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari kerak. Zolim podsholarni davlatni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymanglar”, “Haqiqat - baxt saodat manbaidir. Baxt faqat haqiqatni sevguchi insongagina mansubdir”, “Adolat tantana qilishi, yovuzlik yo‘q qilinishi kerak” kabi ko‘plab fikrlarni uchratish mumkin.
Xuddi shunday fikrlarni qadimgi Hindistondagi barcha ta’limotlarda hamda Xitoyda shakllangan konfutsiylik, daosizm ta’limotlarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Axloq va estetik fikrlar birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni qadimgi Gretsiya va Rimda yashab ijod etgan Suqrot, Aflotun, Arastularning asarlarida ko‘rish mumkin. Masalan, Suqrotning fikriga ko‘ra, jasurlik ayni vaqtda donolikdir, ya’ni xavf – hatarni va xavfsizlikni o‘z vaqtida bilib, anglab olishdir. Mardlik qo‘rquvni bartaraf qilish hamda mo‘‘tadillik o‘z hissiyotlariga erk bermaslikni, adolat yaxshilik qilishni anglatadi

Download 40.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling