Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi 421-gruh talabasi
Download 0.65 Mb.
|
Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga
3.Nutqning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq, aks holda, ya'ni o‘qituvchi materialni faqat jadal tempda bayon qilsa, o‘quvchi axborotni o‘ziniki qilib olishga, axborot tarkibidagi muhim jihatlarni o‘z vaqtida ilg‘ashga, to‘la idrok etishga qiynaladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchining idrok sur'ati o‘qituvchining nugqi tezligidan orqada qoladi, unga "etib yurolmaydi". Zotan, o‘qituvchi nutqidagi me'yoridan ortiq jadal temp dars berish metodikasi qoidalari uchun ham begonadir. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlari, ayni dars paytidagi ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chiqqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o‘zgartirib tursa, ham pedagogik, ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
Nutq texnikasida diktsiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Har bir tovush, so‘zning to‘g‘ri va aniq talaffuz qilinishi, nutq oqimida so‘z shakllari va gaplarning "chaynalmasligi", ayniqsa, o‘qituvchi nutqi uchun jiddiy talablardandir. Taassufki, ba'zan o‘qituvchilar nutqida ham diktsiya noaniqligi bilan bog‘liq nuqsonlar kuzatiladi. Masalan, ba'zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshitdingis kabi. Bu va bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a'zolari)ning etarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a'zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashkdar yaxshi yordam beradi.Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling